2-mavzu: Buxoro adabiy muhitining xos xususiyatlari. Reja


Download 98.69 Kb.
bet4/5
Sana26.03.2023
Hajmi98.69 Kb.
#1296843
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-maruza

Adabiy tazkiralar. Adabiy tazkira ma’lum bir davrda yashab ijod etgan shoir va adiblar, badiiy ijodga aloqador bo‘lgan shaxslar, ulaming faoliyatlari hamda yaratgan asarlari haqida ma’lumot beruvchi asarlardir. «Tazkira» arabcha «zikr» so‘zidan olingan bo‘lib, lug‘aviy jihatdan «eslatish», «yodga olish» ma’nolarini bildiradi. Tazkiralammg xillari ko‘p. Adabiy tazkiralarda unga kiritilgan ijodkorning ismi, taxallusi, nisbasi, qaerdanligi, tabiatidagi ba’zi xususiyatlar, iste’dodi qay darajada shuhrat topganligi, tazkira muallifi davrida hayot bo‘lmasa vafoti yili haqidagi ixcham, ba’zan kengroq biografik ma’lumotlar keltirilib, she’rlaridan namunalar (misra va baytlar) beriladi. Tazkiralar xronologik, shoirlarning hududiy-geografik joylashishlari (vatani) tartiblari bo‘yicha tuzilgan. Ba’zi adabiy tazkiralarda tazkiranavisning sharh va ma’lumotlari nasrda, ba’zilarida nazmda berilgan. Masalan, 1821 yili Qo‘qonda amir Umarxon—Amiriy, 1908 yili Xivada Muhammad Rahimxon Feruz topshirig‘i bilan tuzilgan «Majmuat ush-shuaroi», «Majmuat ush si shuaro Feruzshohiy» tazkiralari nazmda yozilgan. O‘rta Osiyo zaminida X asrlardan boshlab turli davrlarda yozilgan tazkiralar xususida akademik B.Valixo‘jaevning «O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi» asarida (Toshkent, «0‘zbekiston», 1993) keng ma’lumot beriladi.
Mutribiy va uning «Tazkirat ush-shuaro» asari. Bu tazkira 1605 yili Samarqandda shoir va tazkiranavis Sulton Muhammad Noyi Mutribiy tomonidan yaratildi. Mutribiy tazkira muallifining taxallusi bo‘lib, uning musiqaga, san’atga aloqador shaxs ekanligini ham ko‘rsatadi. Uning tazkirasida fors-tojik tilida O‘rta Osiyoning Axsikat, O‘ratepa, Toshkent, Sayram, Hisor, Qarshi, Andijon, Chorjo‘y, Shahrisabz, ko‘proq, Buxoro va Samarqandda ma’lum bo‘lgan 320ga yaqin she’riyat ahllari haqidagi biografik-adabiy ma’lumotlar keltiriladi. U shoirlarni abjad alifbosi asosida joylashtiradi, ulardan keltirilgan she’rlaming vaznlarini ham ko‘rsatib o'tadi. Ayrim o‘rinlarda esa, shoirlar she’rlarida qo‘llangan badiiy san’atlar haqida ham so‘z ochib, ularning sharhi, tahlilini keltiradi. Bu tazkirada uch tilda — turk-ozarboyjon, fors va arab tillarida erkin qalam surgan buyuk ozarboyjon shoiri Mavlono Fuzuliy haqida alohida zikr bor: masalan, bu o‘rinda Mutribiy «Fuzuliy Bag‘dodning kuchli turkigo‘y shoirlaridandir. Men uning turkiy devonini ko‘rib, juda latif va mazmunli she’rlarini mutolaa qildim, turli she’rlaridan birini tazkira uchun ko'chirdim (she’r) deb shoirning «Orzu» radifli g‘azali matnini keltiradi.
Mutribiy «Tazkirat ush-shuaro»dan tashqari, chet el safarlarida yiqqan boy adabiy materiallari asosida «Nusxayi zeboiy Jahongir» («Jahongir Mirzoning zebo kitobi»), o‘z sayohati taassurotlari haqidagi «Xotiroti Mutribiy» asarlarini ham bitgan. U «Nusxayi zeboiy Jahongir»da boburiylardan Jahongir Mirzo yig‘dirgan adabiy ma’lumotlar, shoirlar ham qamrab olinganligi hamda ma’rifatparvar, iste’dodli shoir bo‘lgan Jahongir Mirzo taklifi, homiyligida maydonga kelganligi tufayli tazkirani shu nom bilan atagan. Bu adabiy manbada Mutribiy Shimoliy Hindistonda shuhrat qozongan, ikki tilda asarlar yozgan shoirlar to‘g‘risida ma’lumotlar beradi. Asarning ikkinchi qismi «O‘zbek hukmdorlari (ya’ni boburiylar) davrida nom chiqargan shoirlar haqida» deb ataladi. Bu asar XVI asrning II yarmi —XVII asr boshida O‘rta Osiyo-Hindiston adabiy aloqalarini o‘rganishda ham muhim ahamiyatga ega.

Download 98.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling