2-Mavzu: crm tarkibi va turlari Reja: L. Tizimlarning asosiy turlari


-qaror qabul qilish tezligini oshirish


Download 203.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana02.04.2023
Hajmi203.21 Kb.
#1319000
1   2   3
Bog'liq
XOH2aRn04A7uBGaQ6DDnBHPMch2VfIR8PbfFIh1U

-qaror qabul qilish tezligini oshirish. Turli xil mijozlar ma'lumotlarini 
birlashtirish orqali ma'lumotlami qayta ishlash va tahlil qilish jarayoni tezlashadi. 
Natijada, mijozlar bilan o'zaro aloqalar uchun mas'ul bo'lganlar butun aloqa tarixini 
ko'rishlari, so'rovlarga tezroq javob berishlari va ular to'g'risida qaror qabul qilishlari 
mumkin.
-ish vaqtidan foydalanish samaradorligini oshirish. Crm tizimlari mijozlar 
bilan bog'liq muhim voqealarni avtomatik ravishda kuzatib borish va 
bildirishnomalar berish imkonini beradi. Xodimlar ushbu ma'lumotni tarqoq 
manbalardan izlashlari shart emas.
-marketing tadbirlarining daromadliligini oshirish. Chunki CRM tizimlari 
mijoz haqidagi barcha ma'lumotlami va o'zaro ta'sir tarixini saqlaydi, keyin 
marketing aktsiyalari mijozlarga yo'naltirilgan bo'ladi. Kompaniya har bir aniq 
mijozga qaratilgan marketing tadbirlarini tashkil qilish imkoniyatiga ega.
-hisobotlarning 
ishonchliligini 
oshirish. 
Axborotni 
tizimlashtirish 
hisobotlarning ishonchliligini va savdo prognozlarining aniqligini oshiradi.
-har bir mijozning qiymatini aniqlash. Tashkilotga ma'lum bir mijoz bilan 
ishlash uchun resurslarga bo'lgan ehtiyojni aniqlash va rejalashtirishga imkon 
beradi. Crm tizimlari mijozning qiymatiga qarab resurslarni jalb qilishning 
ustuvorligini belgilashga imkon beradi.
-qog’oz ish oqimini qisqartirish. Mijoz bilan o'zaro aloqa jarayonini 
avtomatlashtirish orqali barcha hujjatlar elektron shaklga o'tkazilishi mumkin.
-mijozlarning chiqib ketishini qisqartirish. Crm tizimidan foydalanish tufayli 
xodimlar mijoz bilan o'zaro munosabatlarning barcha tafsilotlariga kirish huquqiga 
ega. Bu iste'molchilar so'rovlariga xizmat ko'rsatish sifati va samaradorligini 
oshiradi.



Download 203.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling