2-мавзу. Daryo gidrouzellar tarkibidagi suv to‘suvchi grunt inshootlarini kuzatish Ko‘z bilan chamalash kuzatuvlar


Download 1.33 Mb.
bet1/9
Sana13.02.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1194592
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-маъруза Сув т.г.г.и.

2-мавзу.

Daryo gidrouzellar tarkibidagi suv to‘suvchi grunt inshootlarini kuzatish

1.Ko‘z bilan chamalash kuzatuvlar.

2. Reper, markalar va boshqa inshoot cho‘kishi, egilishi, gorizontal ko‘chishini kuzatish uchun qo‘llaniladigan asbob–uskunalar konstruksiyalari, joylashuvi va axamiyati.

3.Grunt to‘g‘onlardagi filtratsiya jarayonlarini nazorat qilish uchun pyezometrlar va boshqa qurilmalar joylashuvi va konstruksiyalari.

4.Grunt inshootlarining zo‘riqtirish holatini kuzatib borish.

Inshootlar ishlashi to‘g‘risida ko‘z chamali kuzatuvlar dastlabki taxmin, taassurot olish imkonini yaratadi, shu sababga ko‘ra ular amaliyot kuzatuvlarining tarkibiy qismi bo‘lib, barcha mas’uliyatidagi inshootlarda o‘tkaziladi. Ular asosida keyingi instrumental kuzatuvlar tarkibi belgilanadi. Ko‘z chamali kuzatuvlar shu maqsadga muvofiq tuzilgan instruksiyalarga asoslanib inshootlar va ularning elementlarini ko‘rib chiqishi yo‘li bilan bajariladi.

Aniqlangan defektlar, meyoriy holatdan chetga chiqishlar, buzilishlar ko‘z chamali jurnaliga yozib qo‘yiladi. Jurnalda har bir defektining aniqlangan kuni, ta’rifi, hajmi, o‘lchamlari, defektning joylashuvi, eskizi yoki rasmi, paydo bo‘lishining taxminiy sabablari, qabul qilingan chora yoki tavsiyalar yozilib ko‘rsatilishi lozim. Ko‘z chamali kuzatuvlarni odatda texnik-gidrotexniklar yoki kuzatuvchilar, maxsus o‘qitilgan va instruksiyalangan tajribali xodimlar olib boradilar.

Ko‘z chamali kuzatuvlarining barcha natijalarini kuzatuvchi xodim (regulirovshik) imzolaydi, shuning uchun u lavozimiga kirishda qabul qilish kuniga mavjud bo‘lgan inshootning haqiqiy holatini ko‘rsatadigan akti (hujjati) asosida inshootni qabul qiladi. Bu ko‘rsatmaning buzilishida kelajakda inshoot yoki uning alohida elementlari shikastlanishlarni, ba’zan muhim yemirishlarni bartaraf etuvchi qayta tiklash choralarini o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sabablarini odatda aniqlash qiyin. Kuzatilgan defektlar shartli belgilar shaklida maxsus tayyorlangan sxemaga kiritaladi. Kuzatuvchi xodimi inshootni paydo bo‘lgan shikastlanishlari yoki meyoriy ish holatidan inshoot elementlari chetga chiqishlari to‘g‘risida kechiktirmasdan foydalanish (ekspluatatsiya) xizmati bo‘limi rahbariga xabar berishi shart.


Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling