2-мавзу. Daryo gidrouzellar tarkibidagi suv to‘suvchi grunt inshootlarini kuzatish Ko‘z bilan chamalash kuzatuvlar
Download 1.33 Mb.
|
2-маъруза Сув т.г.г.и.
Ko‘z chamali kuzatuvlari. Gruntli inshootlar ustidagi kuzatuvlar quyidagi: deformatsiyalar; qoplamalar va mustahkamlanishlar holati; inshootdan, uning asosidan va qirg‘oq bilan tutashgan joylaridan filtratsiyasi ustidan shartli kuzatuvlari yo‘nalishlariga bo‘linadilar.Gruntlik inshootlari deformatsiyasi kuzatuvi jarayonida ularning umumiy holatiga (yuvilishi, o‘pirilishi, cho‘kishi, ko‘chishi, yoriqlari, grunt massalari siljib ketishi, birikkan tutashgan joylari holati va hokazo) va mahalliy deformatsiyalarga e’tibor beradilar.Ushbu deformatsiyalar haqida kuzatuv jurnaliga yozishda quyidagi terminlar ishlatilishi zarur : o‘pirilishlar – qo‘shimcha yuklari ta’siri ostida alohida grunt massalarini uzilib tushishi; ko‘chishlar - odatda turlicha jinsli grunt qatlamlarini tutashgan joyi (kontakti) bo‘yicha suvlanib siljishi, ko‘chishi; suv bilan to‘yingan o‘pirilishlar - gruntning suv bilan kuchli to‘yingani ta’sirida gruntning o‘pirilishi, ko‘chishi; to‘kilmalar – qiyaliklaridan yoki tikka yon bag‘irlaridan quruq to‘kiluvchan gruntning to‘kilishi; yoriqlar – tashqi yuklari ta’siridan yoki o‘pirilishlar, ko‘chishlar, suv bilan to‘yingan o‘pirilishlar paydo bo‘lishi,notekis cho‘kishi sababidan inshoot yuzasidan gruntning yorilishi; egatlar – yog‘in oqimi suvlari bilan qiyaliklaridan gruntning yuvilgan joylari, cho‘kishlar - inshootning yuzasida gruntning mahalliy zichlanishi yoki uning suffoziyasi sababidan paydo bo‘lgan mahalliy chuqurlik joylari; cho‘kishi yoriqlari – umumiy yoriqlarga o‘xshash, lekin inshoot cho‘kishiga bog‘liq yoriqlar; burtib chiqishlari – inshoot bosimi va filtratsiya oqimi ta’siri ostida gruntlik inshoot tanasida yoki uning asosida gruntning mahalliy ko‘tarilishi joylari; Shishib chiqishlari – gruntning muzlashi va erishi sababidan suvga to‘yingan va zichligini yo‘qotgan gruntning mahalliy ko‘tarilishi joylari; yuvilishlari - suv oqimi harakati bilan qiyaliklardan yoki tekisliklardan gruntni yuvilish joylari; to‘lqinning chiziqlari – to‘lqinlar ta’sirida qirg‘oq gruntining yuvilish chegarasi; muz yoki suzuvchi jismlar ta’sirida yeyilishi chiziqlari – yon bag‘irlarda yoki qiyaliklarda muzlar yoki jismlar ta’sirida gruntning ko‘chishi.Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling