2-мавзу. Daryo gidrouzellar tarkibidagi suv to‘suvchi grunt inshootlarini kuzatish Ko‘z bilan chamalash kuzatuvlar
Download 1.33 Mb.
|
2-маъруза Сув т.г.г.и.
Yuqoridagi (ustki) qiyaliklarning mustahkamlanishi holatini toshlarning oraligidan, qoplamalar cho‘kishlari, plitalar shikastlanishi va deformatsiyalari, choklarning ayrilishi va deformatsiyasi, plitalarning siljishi yoki ko‘chirilishidan aniqlanadi.Pastki qiyaliklarining vaziyati o‘tloqlar holati, yer qazuvchi xayvonlar bilan shikastlanishi, yuvilishlar va deformatsiyalari kuzatilishidan aniqlanadi.Ko‘z chamali kuzatuvida jala suvlari oqimining tushiruvchi tizimiga e’tibor beriladi. Uning ifloslanishi, loyqalanilishi, o‘simliklar bilan qoplanilishi, buzililishi, novlar, ariqchalar va suv tashlovchi ariqchalarning ishdan chiqishi mumkin. Ochiq yoriqlar, siljishlar va boshqa deformatsiyalarning bo‘lishi hamda qiyaliklarda joylashgan novlarning ifloslanishi, jala paytida qiyaliklarga kuchli, yuqori tezlikda oqayotgan suv oqimlarining ta’sirida katta o‘lchamli yuvilishlariga, ba’zan inshoot elementlarining buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari, yon devorlari orqasidagi qayta to‘kilgan grunt (tuproq)lari, beton va grunt inshootlar qismlarini birikish joylari cho‘kishi mumkin.Kuzatuv va tadqiqotlash davrida foydalaniladigan daryo gidrouzel hududidagi nazorat o‘lchov asboblari (NO‘A) tizimini, piketlarini, stvor belgilarini, va boshqa nazorat tadbirlar va uskunalarini ko‘rikdan o‘tkazish, drenaj suvlarini olib ketuvchi ariqchalar, qirg‘oqlar, jarlar holatini aniqlash muhim ahamiyatga ega.Ayrim holatlarda bu joylarda mutlako kutilmagan holda inshootlarning ayrim elementlarini ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, odatda filtratsiya oqimi vujudga keltirgan hodisalar paydo bo‘ladi. Gruntli to‘g‘onlarning ayrim elementlarining mustahkamligi va barqarorligini taminlanishi nuqtai nazardan filtratsiya holatini kuzatilishi muhim javobgarlikka ega.Ko‘z chamali kuzatuvlarida eng muhim aniqlanishi mumkin bo‘lgan xavfli hodisalar qatoriga: qiyaliklarda, qirg‘oqlar birikmalarida, drenaj tadbirlaridan yuqoriroq bo‘lgan joylarida filtratsiya suvlarini chiqishidir; pastki qiyaligidan so‘ng inshoot ostidan gruntni burtib chiqishi; inshootning asosidan loyqalangan filtratsiyalangan suvini pastki byefga chiqishi; kuchli suffoziya zonalarida (joylarida) paydo bo‘ladigan sezilarli cho‘kishlari, suv otilib chiqishi, gruntdan fovvoralar, toshmasimon buloqlar va hokazolar shaklida kuchli filtratsiyani paydo bo‘lishi kiradi.Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling