2-mavzu. Davlat qarzi nazariyasi


Download 0.62 Mb.
bet13/34
Sana23.10.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1717183
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
Bog'liq
Davlat qarzi nazariyasi

Qarz bo‘yicha strategiya
Davlat qarzini boshqarish strategiyasi (qarz strategiyasi) qarz tuzilmasi to‘g‘risidagi qarorni anglatadi. Qarzning ehtiyotkor va barqaror strategiyasi har qanday suveren millat uchun nihoyatda muhim. Qarz strategiyasi negizida bir qarashda, oddiy g‘oya turadi. Navbatdagi moliya yili arafasida davlat qarzi va qarzning bir qismini qayta moliyalashtirishga zarur qarz mablag‘larga ehtiyojlar ko‘rib chiqiladi. Savol tug‘iladi, bu ehtiyojni qanday qondirish lozim? Eng oddiy strategiya yillik ehtiyojni davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha qarz mablag‘larga taqsimlash to‘g‘risidagi qarordan iboratdir. Masalan, Rossiya Moliya vazirligi 2006 yilga mo‘ljallangan davlat ichki qarz olish dasturini bajarish uchun 186 mlrd. rublgacha summani federal zayomi obligatsiyalari emissiyasi va 65,0 mlrd. rublni davlat omonat obligatsiyalari emissiyasi yo‘li bilan to‘plashni rejalashtirgan, davlat qisqa muddatli kuponsiz obligatsiyalar chiqarmaslikka qaror qilgan edi. Bunday strategiyani oldindan belgilangan deb atash mumkin, chunki u navbatdagi yil boshigacha ma’lum va bu yil o‘zgarishlar, yangiliklar kiritishni talab etmaydi. Oldindan aniq-taniq strategiyalar ancha ko‘p va davlat biron bir fundamental maqsadlar munosabati bilan ularni bir-biri bilan qiyoslay olishi kerak. Eng to‘g‘ri yondashuv – qarzga xizmat ko‘rsatishga minimal xarajatlarni talab etadigan strategiyani tanlashdir.
Xarajatlarni baholash ancha murakkab kechadi, chunki davlat asosan foizli, masalan, fedaral zayom obligatsiyalari kabi, obligatsiyalarni chiqaradi va ularning strategiyani amalga oshirish uchun qanchalik yaroqliligi kelajak foiz stavkalariga bog‘liq. Bu foiz stavkalari oldindan, hali ma’lum bo‘lmagani sababli, juda ko‘pi bilan qilinadigan ish – navbatdagi moliya rejasi uchun kutiladigan xarajatlarni baholashdir. Agar reja bir necha yillarni qamragan bo‘lsa, xarajatlar rejalashtirish davri uchun o‘rtachaga keltiriladi.
Kutiladigan xarajatlar variatsiyasi (aksariyat operatsion ma’noda xatar deb nomlanadi) ham muhim. Faraz qilamizki, X strategiya kamxarajatli deb tanlangan. Agar variatsiya yuqori bo‘lsa, X strategiyani bir qadar ma’qulroq deb qarash zarur. Bu “bir qadar” qanchalik? X strategiyasi boshqa strategiyalardan variatsiyalar bo‘yicha qanchalik orqada ekanligi darajasida. Ayrim hollarda amaldagi (“sodir bo‘lishi” ijobiy ehtimolga ega bo‘lgan) xarajatlar kutilganidan juda katta bo‘lib chiqadi, natijada byudjet “shok”ka uchraydi. Kutiladigan xarajatlar ko‘p variatsiyalarga ega bo‘lganda X strategiya xatarli deb hisoblanadi.
Xarajatlar va xatar zid fazada turishi sababli strategiyani tanlash yanada murakkablashadi. Bu ziddiyatni vaqtinchalik foiz stavkalari tuzilmasining tasodifiy o‘zgarishlari keltirib chiqaradi. Foiz stavkalari vaqtinchalik tuzilmasining chizma ifodasi bo‘lgan daromaddorlik egri chizig‘i, odatda, musbat og‘ishga ega bo‘ladi. O‘z “umri” davomida qisqa muddatli davlat qimmatli qog‘ozlari vaqt birligi hisobida uzoq muddatli qog‘ozlarga qaraganda kamroq daromad (davlatga arzonroq tushadi) beradi (-rasm).



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling