2-mavzu. Donli yem-xashak ekinlarning umumiy tavsifi
Download 48 Kb.
|
2-mavzu. Donli yem-xashak ekinlarning umumiy tavsifi
2-mavzu. Donli yem-xashak ekinlarning umumiy tavsifi Reja:
Xashaki donli ekinlarning em - xashaklik ahamiyati Donli ekinlarning rivojlanish davrlari. O‘zbekistonda oziqa myammosini donli ekinlar hisobiga O‘zbekistonda paxta va don yetishtirish qishloq xo‘jaligining asosi hisoblanadi. Keyingi yillarda mamlakatimizda 7 mln. t dan ortiqroq don yetishtirilmoqda, bu donning asosiy qismi sug‘oriladigan yerlardan olinmoqda. Sug‘oriladigan yerlarda don yetishtirishni ko‘paytirish muhim vazifa hisoblanib, bu ekinlar hosildorligini ko‘paytirish yo‘li bilan hal etilishi kerak. Har gektar maydondan olinadigan hosilni ko‘paytirishning ishonchli yo‘li har bir ekin uchun turli tuproq-iqlim sharoitlariga mos keladigan takomillashgan inten- siv texnologiyalarni joriy etish hisoblanadi. Quyidagilar inten- siv texnologiyalar asosi sanaladi:
ekinni almashlab ekish dalasida yaxshi o‘tmishdoshdan keyin joylashtirish; yuqori hosilli navlarni ekish; o‘simliklarni o‘suv davri davomida ozuqa moddalar bilan (ularning tuproqdagi miqdorini e’tiborga olib) yetarli ta’min- lash; sug‘orishni ekin talabiga muvofiq ma’lum va qisqa vaqtda o‘tkazish; o‘simliklarni kasallik, zararkunanda va begona o‘tlardan saqlashning eng maqbul usullarini qo‘llash; barcha texnologik jarayonlarni o‘z vaqtida va sifatli baja- rish; mehnatni tashkil etishning ilg‘or usullarini qo‘llash. Donli ekinlar - g‘alladon ekinlari va donli-dukkakli ekinlarga ajratiladi. G‘alladon ekinlariga qo‘ng‘irbosh (qo‘ng‘irbosh)lar oilasiga kiruvchi bug‘doy, javdar, arpa, suli, makkajo‘xori, tariq va sholi mansubdir. G‘alladon ekinlari jahon dehqonchiligida ahamiyati, ekin maydonlari va yalpi hosili jihatidan barcha ekinlar orasida birinchi o‘rinni egallaydi. Chunki don insonlar uchun eng muhim oziq-ovqat va hayvonlar uchun qimmatli ozuqa. Bu ekinlar donining tarkibida inson organizmiga mos keladigan miqdorda sifatli uglevodlar, yog‘lar, oqsillar va boshqa organik moddalar mavjud. Asosiy oziq-ovqat uchun ishlatiladigan donlar bug‘doy, javdar va sholi hisoblanadi, ammo bug‘doy va javdar ayrim vaqtlarda yembop don sifatida ham ishlatiladi. 26. G‘alladon ekinlari doni, ularning kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi, % (I. S. Popov ma’lumoti) Ayrim g^lkdon ekinlBri, azsBSh, yembop don olish uchun xizmat qikdi va uning doni hayvonlar uchun ozuqa sifatida iste’mol qilinadi. Bu ekinler qatoriga makkajo‘xori, arpa va suli kiradi. Faqat dongina emas, balki donni qayta ishlaganda (un isЫab chiq8rish sanoati) chiqadigan qoldiql8r (masalan, kepak) h8m hayvonlar uchun to‘yimli ozuqa hisoblanadi. Don yanchilganda qoladigan somon, poxol kabi dag‘al ozuqalar h8m boshqalari Ы1sh aralashtirilganda hayvonlar oziqlanishida muhim ahami- yatga ega. G‘alladon ekinlarining ozuqalik qimmati va to‘yimliligi bir xilda emas. G‘alladonlarning kepagi, somoni va toponining to‘ymliligi (I. S. Popov ma'lumoti)
Un ishlab chiqarish sanoati chiqindisi (kepak) va dalachilik- dan olinadigan dag‘al ozuqalar - somon va to‘ponning ozuqalik ahamiyati katta (27-jadval). Boshqa ozuqalarga nisbatan g‘alladonlarda hazmlanuvchi oqsil va ozuqa birligi ancha yuqori bo‘ladi. Ularning donlari tarkibida azotsiz ekstraktiv moddalar, xususan, kraxmal ancha ko‘p bo‘ladi, shuning uchun ular hayvonlar uchun eng to‘yimli yemdir. Yembop donli ekinlar: makkajo‘xori, arpa, sulidan tashqari jo‘xori, qo‘noq, tariq kabi ekinlarning doni va somoni ham to‘yim- li ozuqa hisoblanadi. Bu ekinlar yuqori don hosili bera olish im- koniyatiga ega bo‘lib, ularning qurg‘oqchilikka chidamlilik xu- susiyati suv yetishmaydigan sharoitlarda, ayniqsa, ahamiyatlidir. G‘alladon ekinlari biologik xususiyatlariga ko‘ra kuzgi (jav- dar, bug‘doy, arpa) va bahori (bug‘doy, makkajo‘xori, arpa va boshqalar) tiplarga ajratiladi. Bu ikkala biologik guruh orasida farq shuki, kuzgilar kuzda ekiladi va kelasi yilda urug‘ beradi, bahori ekinlar esa bahorda ekilib, shu yilning o‘zida urug‘ beradi. Download 48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling