2-mavzu. Dori vositalarning fiziko-kimyoviy o‘zaro ta’siri Reja
Download 46.64 Kb.
|
2-maruza(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Farmasevtik o‘zaro ta’sir
- 2. Farmakologik o‘zaro ta’sir
2-mavzu. Dori vositalarning fiziko-kimyoviy o‘zaro ta’siri Reja. 1.Dori vositalarning fizikoviy o‘zaro ta’siri. 2.Dori vositalarning kimyoviy o‘zaro ta’siri. Amaliyotda ko‘pincha bir necha dori moddalari birga qo‘llaniladi (polipragmaziya, polifarmatsiya). Bunda ular bir-biriga ta’sir etadi, shu tufayli moddalarning ta’sir kuchi, ta’sir muddati, noxush asoratlari, zaharliligi kamayishi yoki ko‘payishi mumkin. Moddalarning o‘zaro ta’siri faqat ular ta’sirini kuchaytirish yoki kamaytirishga olib kelmasdan, hatto butunlay yangi xususiyatni paydo qilishi ham mumkin. Moddalarning o‘zaro munosabatida ularning ta’siri kuchayib, noxush asoratlari, zaharliligi kamaysa, ularning birga qo‘llanishi foyda beradi. Arap dori moddalarining o‘zaro ta’sirida ularning noxush asoratlari, zaharliligi oshib ketsa, bu ularni birga qo‘llanish zarar keltirishidan dalolat beradi. Ayrim dori moddalar birga qo‘llanilganda ularning ta’siri kamayishi ham mumkin, buni moddalar bilan zaharlanganda qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ushbu sharoitlar, bir tarafdan, dori moddalarning xususiyatlariga, ikkinchi tarafdan, organizmning faoliyatiga bog‘liq. Dori moddalarining ta’siri, ularning kimyoviy tuzilishi, fizik xossalari, miqdori, shu bilan birga har bir organizmning o‘ziga xos xususiyatlari: bemorning yoshi, ahvoli va dori moddalariga nisbatan sezgirligi bilan aloqador bo‘ladi. Dori modsalarining ta’siri ko‘pchilik hollarda ularning fizik-kimyoviy va kimyoviy xossalariga: suvda yoki lipoidlarda (yog‘larda) erishiga, maydalanish darajasiga, uchuvchanligiga va shakliga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, kukun moddalar tabletkalarga nisbatan organizmda tezroq so‘riladi. Ularning so‘rilish tezligiga, to‘qimalar, a’zolarga tarqalashiga organizmning biologik suyuqliklaridagi konsentratsiyasi va biotransformatsiyasi ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun bemorlarni davolashda samarali ta’sir etadigan dori shakli qo‘llaniladi. Dori moddalarining kimyoviy tuzilishi bilan farmakologik ta’siri o‘rtasida bog‘lanish bor. Masalan, barbiturat kislotaning o‘zi uxlatish xususiyatiga ega emas, shu kislotaning unumlari — barbituratlar ushbu xususiyatga ega. Barbituratlarning uxlatish ta’siri davomiyligi ham ularning tuzilishiga bog‘likdir. Kimyoviy tuzilishi bir-biriga yaqin moddalar ba’zan farmakologik jihatdan har xil ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, erkaklar va ayollarning jinsiy gormon moddalari shular jumlasidandir. Kimyoviy jihatdan har xil tuzilgan dori moddalari, masalan, pilokarpin va asetilxolin farmakologik jihatdan bir xil ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin. Dori moddalari kimyoviy tuzilishiga ko‘ra to‘qima retseptorlariga ta’sir etadi. Dori moddalarining o‘zaro ta’siri ikki turga — farmasevtik va farmakologik o‘zaro ta’sirga bo‘linadi. 1. Farmasevtik o‘zaro ta’sir organizmdan tashqarida dori moddalarini tayyorlash davrida o‘tadi. Moddalarning kimyoviy, fizik-kimyoviy munosabatlari asosida farmasevtik o‘zaro ta’sir kelib chiqadi. Kimyoviy o‘zaro munosabatda moddalar o‘rtasida kimyoviy jarayon ro‘y berib, bunda oksidlanish, gidrolizlanish kelib chiqishi, ulardan yangi moddalar hosil bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha suyuq moddalar, eritmalar kimyoviy jarayonga kirishadi: bunda moddalarning rangi, qidi o‘zgarishi, cho‘kmalar, gazlar hosil bo‘lishi, lekin bu o‘zgarishlar kuzga ko‘rinmasligi ham mumkin. Fizikaviy o‘zaro ta’sirda dori moddalari bir-biriga mos kelmasligi, erimasligi, cho‘kmalar, malekulyar komplekslar hosil bulishi mumkin. Farmasevtik mos kelmaslik bitta shprisda ikki-uchta modda eritmasi aralashtirilganda yoki infuzion eritmalar tayyorlanganda ko‘rinadi. Masalan, bitta shprisda vitamin B1, B6 va B12 larni aralashtirib bo‘lmaydi, chunki vitamin V12 tarkibidagi kobalt vitamin B1, va V6ni o‘zgartiradi, vitamin V1ning allergik xususiyatlarini oshirib yuboradi. Hozirgi kunda 100 dan ortiq suyuq moddalar fizik-kimyoviy jihatdan bir-biriga mos kelmasligi aniq, shu tufayli ularni bitta shprisda aralashtirib qo‘llab bo‘lmaydi. 2. Farmakologik o‘zaro ta’sir tufayli bigga dori modda ikkinchi moddaning farmakokinetikasini hamda farmakodinamikasini o‘zgartirishi mumkin. Farmakokinetik o‘zaro ta’sirda bitta modda ikkinchi moddaning so‘rilishini, biotransformatsiyasini, taqsimlanishini, transportini, to‘planishini va ekskresiyasini o‘zgartirishi mumkin. Dori moddalarining so‘rilish davrida bitta modda ikkinchi moddaning so‘rilishini kamaytirishi yoki oshirishi mumkin. Masalan, agar qo‘llanilayotgan modda yog‘dan iborat bo‘lib, yog‘da eruvchan modda bilan qo‘llanilsa, ikkinchi moddaning so‘rilishi tezlashadi. Tetrasiklinlar ichakda Sa, Mg, Al, G‘e ionlari bilan erimaydigan kompleks hosil qiladi, shu tufayli tetrasiklinlar bilan tarkibida aytib o‘tilgan elementlar bo‘ladigan dorilar yoki oziq-ovqatlar iste’mol qilinsa, tetrasiklinning ta’siri kamayadi. Me’da — ichak peristaltikasi oshsa, dori-darmonlarning ichakdan so‘rilishi kamayadi. Masalan, xolinomimetiklar ichak peristaltikasini oshirishi tufayli yurak glikozidi — digoksinning so‘rilishi kamayadi. Atropin esa ichak peristaltikasini kamaytirib, digoksinning so‘rilishini oshiradi. Farmakokinetik o‘zaro ta’sir modsalarning qonda oqsillar bilan birga yo‘nalishida ham ko‘rinadi. Dori moddalari qonda erkin holda va qon oqsillari bilan bog‘langan holatda bo‘ladi. Albuminlar bilan bog‘langan modda farmakologik ta’sir ko‘rsatmaydi, erkin holatdagi modda bilan dinamik muvozanatda bo‘lib, vaqti-vaqti bilan faol moddani ajratib turadi. Oqsil bilan bog‘langan modda organizmga ko‘p miqdorda kiritilayotgan moddaning zaharliligini kamaytiradi, farmakologik ta’sirini uzaytiradi. Ikkita modda birga yuborilsa, albuminlar bilan bog‘lanish uchun raqobat boshlanadi, bitta modda (oqsillar bilan bog‘lanishga moyilrog‘i) ikkinchi moddani oqsil bilan bog‘langan holatidan erkin holatga chiqarib yuboradi. Shu tufayli ikkinchi moddaning farmakologik ta’siri oshib boradi, hatto u bilan zaharlanish ro‘y berishi mumkin. Masalan, yallig‘lanishga qarshi indometatsin va antikoagulyantlar birga yuborilsa, indometatsin antikoagulyantlarni oqsil bilan bog‘langan holatidan chiqarib yuboradi, qonda antikoagulyantlarning erkin holati ko‘payib, ularning ta’siri oshadi, hatto qon ketishi ham mumkin. Farmakokinetik o‘zaro ta’sir biotransformatsiya bosqichida ham bo‘ladi. Ikkita dori birga yuborilganda, ulardan biri dori moddalarining metabolizmida qatnashadigan fermentlar faoliyatini kamaytirsa, ikkinchi moddaning ta’siri kuchayadi, hatgo zaharli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, monoaminooksidaza fermentining ingibitorlaridan nialamid simpatomimetik aminlar — adrenalin, efedrin bilan birga qo‘llanilsa, simpatomimetiklarning ta’siri kuchayib, qon bosimi oshib ketadi, hatto gipertonik krizlar ham ro‘y berishi mumkin. Jigardagi mikrosomal fermentlarning induktorlari birga qo‘llanilgan boshqa moddalarning biotransformatsiyasini oshiradi, shu tufayli ularning ta’siri va ta’sirning davomliligi kamayadi. Dori moddalarining o‘zaro ta’siri farmakokinetikaning ekskresiya bosqichida ham ro‘y beradi. Siydik haydovchi dori birga qo‘llanilgan moddalarning organizmdan chiqib ketishini tezlashtiradi, shunga ko‘ra ularning ta’siri, ta’sir muddati kamayadi. Buyrak faoliyatini pasaytiradigan, nefrotoksik moddalar bilan birga qo‘llangan moddalarning organizmdan chiqib ketishi sekinlashadi, binobarin ularning ta’siri, ta’sir muddati oshadi, hatto zaharli bo‘lib qolishi mumkin. Dori moddalarining o‘zaro ta’siri farmakokinetikaning hamma bosqichlarida — so‘rilish, transport, biotransformatsiya, ekskresiya bosqichlarida birdaniga o‘zgarishi mumkin. Bir necha dori moddalar birga qo‘llanilganda, ular farmakodinamik o‘zaro munosabatda bo‘lib, bir-birining asosiy ta’sirini oshiradi yoki kamaytira oladi. Download 46.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling