2-mavzu. Duradgorlikda ishlatiladigan yog‘och turlari va xossalari
Download 1.44 Mb.
|
1.1-mavzu
Yog‘ochlarning mexanik xossalari
Yog‘ochning texnologik xossalariga quyidagilar kiradi: 1) Yog‘ochning metall mahkamlagichlarni ushlab turish xususiyati; 2) Yog‘ochning egilishga chidamlilik xossasi; 3) Yog‘ochning eyilishga chidamliligi; 4)Yog‘ochning yoriluvchanligi; Ana shu xossalardan masalan, eyilishga chidamliligini olib qaraylik. Yog‘ochning eyilishga chidamliligi uning ishqalanish jarayonida eyilishga qarshilik ko‘rsatish xossasi bilan xarakterlanadi. Sinash usulida (GOST 14347-69) pollar, to‘shamalarda haqiqiy emirilish sharoitlari yaratilib sinaladi. Bunday sinashlar uchun Yog‘ochning ilgarilama-qaytma harakat kilishi bilan bir vaqtda namunaning buriladigan emirilishini ham ta’minlaydigan maxsus mashinadan foydalaniladi. Yog‘ochning qattiqligi va zichligi ortishi bilan eyilishi kamayadi. Nam yog‘och ko‘p eyiladi. Yog‘och turlari va teksturasi. Igna bargli qarag‘ay va pixta yumshoq qolganlari qattiq yog‘och beradi. Yaproqli daraxtlar ham yumshoq, qattiq yoki mо‘rt yog‘och hosil qiladi. Ulardan imoratsozlikda va turli buyumlar yasashda foydalaniladi. Masalan, terakning bir turi bо‘lgan tog‘terak yog‘ochidan gugurt, chang‘i, bо‘chkalar tayyorlashda va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Yaproqlidaraxtlarniig qattiq yog‘och beruvchi turlaridan О‘zbokistonda yong‘ok, nok,tut, qayrag‘och, о‘rik, shaftoli, zarang, jо‘ka, buk, akatsiya va boshqalar ham da mо‘rt yog‘och beruvchi turlaridan chinor, eman kabilar о‘sadi. Ular mebel va boshqa buyumlar yasashda, ular yog‘och о‘ymakorlikda ishlatiladi. Har qanday yog‘ochningishlatilishi uning fizik va mexanik xossalariga, ishlatilishsharoitiga, miqdoriga va boshqalarga bog‘liq bо‘ladi. Texnikaning taraqqiy etishi natijasida yog‘och materiallardan foydalanish soxasida doimiy о‘zgarishlar rо‘y bermoqda. Yaqin kunlarda ham yog‘och asosiy qurilish materiali xisoblanadi. Qurilish va inshoatlarda yig‘ma temir beton kopstruksiyalarning ishlatilishi yog‘ochga bо‘lgan extiyojnianchakamaytiradi. Shunga qaramasdan, yog‘och sellyuloza sanoatida xozirgi vaktda asosiy material xisoblanadi. Shuningdek ayrim yog‘ochlarning xо‘jalik aham iyati ortib bormoqda. Oqqayin yaqin yillargacha faqat о‘tin sifatida ishlatilib kelingan bо‘lsa, xozirgi kunda faner ishlab chiqarish korxonalarida va sanoatning boshqa soxalarida qimmatbaho material xisoblanadi. Ham ma yog‘ochlar ular olinadigan daraxtlarning turiga qarab bargli vanina bargli gruppalarga bо‘linadi. Qurilishlarda kо‘pincha nina bargli qarag‘ay, archa, puxta, kedr kabi daraxtlardanolinganyog‘ochlar ishlatiladi. Birqator afzalliklariga kо‘ra nina bargli daraxtlardan olinganyog‘ochlar qurilish va duradgorlik ishlarida asosiy material xisoblanadi. Uningafzalliklari quyidagilardan iborat: nina bargli yog‘ochlarning tarkibida smolali moddalar bо‘lgani uchun xizmat muddati uzoq bо‘ladi, chirimaydi. Nina bargli о‘rmonlar bargli о‘rmonlarga qaraganda kо‘p,nina bargli yog‘ochlar bargli daraxtlar yogochlariga qaraganda yengilbо‘lgani uchunbirjoydan ikkinchi joyga tashish oson. Nina bargli daraxt yog‘ochlari barglidaraxt yog‘ochlaridan yumshoq bо‘lgani uchun ularga ishlov berishoson. Nina bargli daraxtlarning tanasi tо‘g‘ri, silliq bо‘lib, ulardan yaxshi sifatli xoda tayyorlanadi. Qurilish va duradgorlik ishlarida nina bargli daraxt yog‘ochlari bilan bir qatorda ba’zi bargli daraxt yog‘ochlari ham ishlatiladi. Masalan eman, shumtol, arguvon, terak, chinor, zirk na boshqalar. Eman daraxtining zichligi ortirq, puxta va qattiq chiroyliteksturali, nam ta’siriga chidamliligi bilan boshqa yog‘ochlardan ajralib turadi. О‘sib turgan daraxtlarning turini ularning pustlog‘iga, shoxlarning tuzilishiga va barglariga qarab farqlash mumkin. Qurilish va duradgorlikda ishlatiladigap xolda, tо‘sinva taxta xolidagi yog‘och materiallarning turini ularning rangiga, ta’biyguliga, xidiga,tovlanishiga qarab aniqlanadi. Quyidagi qurilish va duradgorlikda ishlatiladigan ba’zi bargli va ninabargli yog‘ochlarningturlari, tashqi belgilari va xossalari bilan tanishib о‘tamiz. (2-rasm) QARAG‘AY-(sosna) Qarag‘ayning pо‘stlog‘i qalin, tо‘q jigar rang, yog‘ochli oq — qizg‘ichrangli, tо‘g‘ri qatlamli, yengil, puxta, smolali bо‘lib, namgachidamli, yillik xalqalarini aniq kо‘rish mumkin. ARCHA -Archa daraxtining pustlog‘i qalin, qoramtir kul rang bо‘lib, yog‘achi serbutoq bо‘lganligi uchun ishlash qiyin. Mayin qatlamli bо‘lgani uchun о‘zak nurlari kо‘rinmaydi. Kam smolali, nam ta’siriga chidamsiz. Archa qurilishda, sellyuloza— qog‘oz sanoatida, oddiy mobellar, tarralar tayyorlashda ishlatiladi. TILOG‘OCH- Tilog‘ochning pо‘stlog‘i qalin, qoramtir — sarg‘ish rangli bо‘ladi. Yog‘ochi mayin qatlamli, yillik xalqalari aniq bilinadigan, qizg‘ishjigar rang, qarag‘ayga qaraganda puxta bо‘ladi. Ortiqcha smolali bо‘lgani uchun ishlash qiyin. Uni gidrotexnik inshoatlarda, yer osti qurilishlarida, shpal tayyorlashda foydalaniladi. Qurilish va vagonsozlikda eman yog‘ochining о‘rnida ishlatsa bо‘ladi.
Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling