2-mavzu. Duradgorlikda ishlatiladigan yog‘och turlari va xossalari


Download 1.44 Mb.
bet4/8
Sana13.01.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1090764
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1.1-mavzu

Yog‘ochning tovlanishi. Yog‘och о‘zak nurlari tufayli, ularning yо‘nalishi va zichligiga bog‘liq xolda tovlanadi.Yog‘ochning tovlanishini sun’iy ravishda orttirish uchun laklash, politurlash va mumlash ishlari bajariladi.
Yog‘ochning tabiiy guli (teksturasi). Randalash vaqtida yog‘och tolalari, о‘zak nurlari va yillik xalqalarining kesilishi natijasida yog‘ochning tabiiy guli namoyon bо‘ladi.
Yog‘ochning xidi. Yog‘och undagi smalalari, efir moylari, oshlash kislotalaridan qaysi birining mavjudligiga va miqdoriga bog‘liq xolda xar-xil xidli bо‘ladi. Yog‘ochning о‘zak qismi о‘tkir xidli bо‘lib unda yuqoridagi moddalar kо‘p bо‘ladi. Yangi kesilgan, shuningdek, igna bargli daraxtlar yanada о‘tkir xidli bо‘ladi. Yog‘och qurigan sayin xidsizlanib boradi, ba’zan xidi о‘zgarib ketadi. +idning о‘zgarishi yog‘ochning buzulishiga xam bog‘liq.
Yog‘ochning namligi. Namlik daraxtning xayoti va uning о‘sishi uchun kerak bо‘lgan asosiy omillaridan biridir. Namlik daraxtning о‘sish sharoitiga va turiga yangi kesilgan yoki eski kesilganiga, quritilgan yoki quritilmaganiga qarab oz yoki kо‘p bо‘ladi.
Yog‘ochning qurishi. Yog‘ochda erkin va bog‘langan suvlar bо‘ladi. Yog‘ochning ichki bо‘shliqlarini, ya’ni xujayralar ichidagi va xujayralar orasidagi fazoni tо‘ldiruvchi suvlar erkin yoki kapillyar namlik, xujayra pardalari tomonidan shimilgan suvlar bog‘langan yoki gigraskopik namlik deyiladi.
Yog‘ochning nam tortib bо‘kishi. Agar quruq yog‘ochni zax xonalarda yoki ochiq xavoda saqlasa, u nam tortib bо‘kadi va о‘lchamlari, xajmi, og‘irligi ortadi, shakli о‘zgaradi.
Yog‘ochning zichligi. Yog‘ochning bu xossasi uning og‘irligiga aloqador bо‘lib yog‘ochdagi nam bilan xavo miqdoriga bog‘liq. Yog‘ochda nam va xavo qanchalik kam bо‘lsa u shunchalik zich bо‘ladi.
Tovush о‘tkazuvchanlik deb yog‘och materiallarning tovushniо‘tkazish qobiliyatiga aytiladi. Yog‘ochning tovush о‘tkazish qobiliyati yuqori. Yog‘och tolalari yо‘nalishi bо‘yicha tovush xavoga nisbatan 15-18 marta, eni bо‘yicha 3-6 marta tez о‘tkazadi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling