2-mavzu. Duradgorlikda ishlatiladigan yog‘och turlari va xossalari
Download 1.44 Mb.
|
1.1-mavzu
Ish boshlashdan oldin:
- Maxsus ish kiyimining xamma tugmalarini taqib, bog‘ichlarini bog‘lab oling. Sochlaringizni bosh kiyim ostiga yig‘ishtirib oling. Maxsus ish kiyimiga tо‘g‘nog‘ich taqish, chо‘ntaklariga sinadigan va о‘tkir buyumlar solish mumkin emas. - Asbob uskunalarning yerga ulangan simlari mustaxkamligini kо‘zdan kechiring (mashina korpusi, elektr dvigateli va yerga ulangan birikma о‘rtasidagi kontaktning mustahkamligini tekshiring). Yerga ulangan bо‘lmasa, ish boshlamang. - Mashinaning maxsus poydevorga yoki mustaxkam taglikka о‘rnatilganligini tekshiring. - Saqlagich (predoxranitel) klapanlarini va о‘lchov asboblarini kо‘zdan kechiring (plombalar, tekshirish muddati va strelkali asboblarning «0» turishini ham ularning himoyalovchi oynalarining butunligini nazardan о‘tkazing). - Jixozlarning ichi va yon atrofida ortiqcha buyumlar bо‘lmasin. - Oyoq tagida yog‘och panjara bо‘lishi kerak. - Bochka va bidonlarini tashiydigan aravachalarda ularni ushlab turadigan tutqich xalqalari bо‘lishi zarur. - Asboblar ishga yaroqli bо‘lsin, ularning yog‘och tutqichlari tekis va yorilmagan bо‘lsin. - Mexanik kо‘taruvchi-tashuvchi jixozlarning apparat va asboblarining ish faoliyatini salt (yuksiz) ishlash xolatida tekshiring. - Elektr simlarining tо‘la himoyalangan bо‘lishi va ularning ochiq joylari mixlarga tegib turmasligini kо‘zdan kechiring. - Jixozlarda va elektr о‘tkazgichlarda nosozlik bо‘lsa, bu xaqda о‘z rahbaringizga ma’lum qiling. Ishni kamchiliklar bartaraf qilingandan keyin boshlang. Ish joyida: Faqat о‘zingizga topshirilgan ishni bajaring. Maxsus bilim olmagan begona kishilarni ishga qо‘ymang. О‘zingizning asosiy vazifangizdan chetga chiqmang. Asbob-uskunalarga suyanmang va ularga о‘tirmang. Mashina korpusi, apparat yoki qoplamadan tok о‘tayotganini sezsangiz, albatta, korxona ma’muriyatiga ma’lum qiling. Mashinaning tok о‘tayotgan ochiq qismlariga, ochiq, yomon himoyalangan simlarga tegmang. Singan tok о‘chirgich, rozetka va patronlardan foydalanmang. Yoritgichlarni tozalash, kuygan chiroqlarni almashtirish va elektr tizimining qismlarini tuzatish faqat elektroslesar tomonidan bajarilishi kerak. Mashinani yuritish ishlari almashtiriladigan qismlarini, elektro dvigatelni о‘chirib va butunlay xarakatdan tuxtagach bajaring.Ishni bajarayotganda qо‘lingizga ehtiyot bо‘ling. Elektr о‘tkazgichlarning almashtiriladigan qismlarini yaxshilab о‘rganing. Elektrodvigatelning qismlarini ushlab turgan holatida almashtirmang. Mashina ishlab turganida himoya panjarasini olish vaо‘rnatish, harakatni uzatuvchi kamarni va о‘tgazgich zanjirini tо‘g‘rilash man etiladi. Ishlab turgan mashinani qarovsiz qoldirmang. Mashinani ishga tushirayotganingiz haqida yoningizdagilarni ogohlantiring. Mashinani elektr tarmog‘iga ulayotganingizda qо‘lingiz hо‘l bо‘lmasin. Elektr dvigatelini ishlatishda «PUSK», «STOP» tugmachalaridan foydalaning. Mashinani zavodni ishga tushirish mumkinligi haqidagi xujjat talablariga binoan ishlating. Mashinada faqat yo’riqnomada kо‘zda tutilgan ishlarni bajaring. Mahsulotni mashinaga joylashdan avval, uning aylanuvi (harakatlanuvchi) qismi korpusda kо‘rsatilgan yo’nalishda aylanayotganiga (harakatlanayotganiga) ishonch hosil qiling. Mashinada biror nosozlik sezilsa, («PUSK», «STOP» tugmachalari) ishlamay qolsa, ortiqcha shovqin, tutun yoki tо‘satdan tarmoqda tok bо‘lmay qolsa, mashinani elektr tarmog‘idan о‘chirib, raxbarlarga xabar bering. Mashinalar ustiga yoki yuk tashuvchi uskunalar ustiga turli ish qurollarini qо‘ymang, elektr suv qaynatgich jо‘mraklariga idishlarni osmang. Suv kranlari, ventillarni asta sekin oching, ularni ochishda boshqa massiv jismlardan foydalanmang. Mashinaning ish kamerasiga maxsulotni faqat kо‘rsatilgan miqdorda soling, uning xarakatlanuvchi qismlari tezligi meyordan oshmasligi lozim. Ish joyingizni keraksiz jismlar bilan band qilmang. Elektr gaz plitalar ustiga qо‘yib ishlatiladigan qozon va shu kabi buyumlarning tagi tekis, tutqichlari maxkam bо‘lishi kerak. Tutqichsiz idishlardan foydalanmang. Kesuvchi asboblarning tutqichlari silliq, ishlatishda qulay va mustaxkam bо‘lishi lozim. Pichoqni tozalanayotgan va tо‘g‘ralayotgan maxsulotlar ustida qoldirmang. Pichoq va shu kabi ish qurollarini bir joydan ikkinchi joyga g‘ilofda yoki uchlarini pastga qaratib olib boring. Issiq trubalar va asbob uskunalarda issiqlikdan ximoya qilish vositalarini sozligini kuzatib boring. Mashinani tozalash va tekshirishdan oldin elektr manbaidan uzib, unga «Ulanmasin! Odamlar ishlayapti» degan yozuv osib qо‘ying. Ovqat solingan qozonlarni tashish va о‘rnatishda platformasi kо‘tariladigan aravachadan foydalaning. Ovqat tо‘la qozonni mustaxkam taglik-kursichaga о‘rnating. Ish joyingizni ozoda tuting, yerga tо‘kilgan maxsulot va chiqindilarni tezda yig‘ishtirib oling. Ish joyida ortiqcha maxsulot bо‘lmasin. Transport yo’llari, mashinalar oldiga boshqaruv pultlariga boradigan yo’llarni turli narsalar bilan band qilmang. Nosoz, siniq estakadalarda, siniq narvonlarda ishlamang. Ish joyi yetarli darajada yoritilgan bо‘lishi, yoritqichlar toza bо‘lishi zarur. Mahsus berilgan sanitariya yoki ish kiyimida va poyafzalda ishlang. Mahsus himoya vositalari: rezina gilamcha, himoya kо‘zoynagi va qо‘lqopdan foydalaning. Tо‘g‘ri kelgan joyga (quti, bochka va boshqalarga) о‘tirmang. Ish stolining usti silliq, tekis va burchaklari yumaloq bо‘lsin. Ishlatiladigan asboblarning (belkurak, pichoq va x.k.larning) tutqichlari ushlashga qulay va silliq bо‘lsin. Qutichalarni ochishda mix tortgich va qisqichlardan, konserva bankalarini ochishda esa konserva pichoqlaridan foydalaning. Siniq yoki yorilgan idishlardan foydalanmang. Belgilangan meyordan ortiq yukni kо‘tarmang (ayollar uchun-20kg, ikki kishi birgalikda -50kg, erkaklar uchun-80kg). Mahsulotni nosoz idishlarda tashimang. -Biror shikastlanish rо‘y berganda tibbiyot punktiga murojaat eting. Aravacha va kо‘chma stellajlarni itarib (sudrab emas) xarakatlantiring. Baxtsiz xodisa rо‘y berganda, tezda birinchi yordam kо‘rsating va bu xaqda korxona ma’muriyatiga ma’lum qiling. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling