- Aylanish chastotasini rostlagichlar
- Dizellarda qo’llanuvchi aylanish chastotasini rostlagichlar yonilg’i nasosining reykasiga ta’sir qilib sikllik yonilg’i miqdorini o’zgartiradi, shunda tezlik tartibi ham o’zgaradi. Shu sababli ular yonilg’i nasosi bilan yaxlit qilib ishlanadi. Agar yonilg’i apparatlari ajratilmagan bo’lsa, rostlagich nasos-forsunkalarga mexanik tarzda yoki boshqa yo’l bilan biriktirilgan mustaqil agregatdan iboratbo’ladi.
Proporsional rostlagichlar - Proporsional rostlagichlar
- Proporsional rostlagichlar deganda rostlovchi organning rostlanuvchi parametri va topshirilgan miqdor orasidagi farkka nisbatan proporsional siljishi tushuniladi. Rostlanuvchi parametrning vaqt bo`yicha o`zgarishi va rostlovchi organning silji-shi bir qonun bo`yicha amalga oshadi. Rostlanuvchi parametrning har bir miqdoriga rostlovchi organning ma’lum bir holatiga mos keladi. PR 2.5 rostlagich rostlanuvchi parametrni berilgan kattalikda ushlab turish maqsadida chiqishda ijro etuvchi mexanizmga ta’sir etuvchi uzluksiz signal olish uchun mo`ljallangan. Asbob ikkilamchi asbobning qo`l bilan topshriq bergichi yeki standart pnevmatik signalli boshqa qurilmadan masofadan turib topshriq oluvchi rostlagichdan iborat
- 2-rasm. Proporsional-integral rostlagichning prinsipial sxemasi.
- rostlagich ikkita taqqoslash elementlari 1va 3, drosselli summator 2, kuvvat kuchaytirgichi 4, uchiruvchi rele 5, qo`l bilan topshriq bergich 6 lardan iborat. Тopshiriq bergich va o`lchov asbobolaridan kelgan Rt va R3 signallar taqqoslash elementi 1 ning membranalariga ta’sir etadi (manfiy kamera V, musbat kamera B) va teskari aloqa membranalarida havo bosimi hosil qilgan kuch (kamera A) bilan muvozanatlashadi.
Aylanish chastotasini rostlagichlar ishlash prinsipiga ko’ra mexanik, pnevmatik, gidravlik va electron xillarga bo’linadi. Avtotraktor dizellarida asosan mexanik rostlagichlar qo’llaniladi. Ularning sezgir elementlari markazdan qochma element bo’lib, ularning ta’sir kuchi aylanish chastotasining kvadratiga mutanosibdir. Bu hol aktiv ta’sir etuvchi kuchning aylanish chastotasiga bog’liq ravishda jadal o’sib borishini ta’minlaydi, natijada ish rejimi ancha barqaror tarzda tutib turiladi yoki yonilg’i berish tezda to’xtatiladi. - Aylanish chastotasini rostlagichlar ishlash prinsipiga ko’ra mexanik, pnevmatik, gidravlik va electron xillarga bo’linadi. Avtotraktor dizellarida asosan mexanik rostlagichlar qo’llaniladi. Ularning sezgir elementlari markazdan qochma element bo’lib, ularning ta’sir kuchi aylanish chastotasining kvadratiga mutanosibdir. Bu hol aktiv ta’sir etuvchi kuchning aylanish chastotasiga bog’liq ravishda jadal o’sib borishini ta’minlaydi, natijada ish rejimi ancha barqaror tarzda tutib turiladi yoki yonilg’i berish tezda to’xtatiladi.
- Odatda, foydalaniladigan rostlagichlarda ularning sezgir elementi ijrochi tuzilma bilan bevosita bog’lanadi, shu sababli ular to’g’idan -to’gti ishlaydigan rostlagichlar turkumiga kiradi. Og’irroq dizellarda bu maqsadda turli servotuzilmalar qo’llaniladi, ular qayta yuklash kuchnu ancha oshirishga imkon beradi. Bular bilvosita ishlaydigan rostlagichlar bo’lib, tuzilishi murakkabroq va qimmatroqdir, ammo rostlash xarakteristikalari ancha yaxshi bo’lishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |