Odatda, foydalaniladigan rostlagichlarda ularning sezgir elementi ijrochi tuzilma bilan bevosita bog’lanadi, shu sababli ular to’g’idan -to’gti ishlaydigan rostlagichlar turkumiga kiradi. Og’irroq dizellarda bu maqsadda turli servotuzilmalar qo’llaniladi, ular qayta yuklash kuchnu ancha oshirishga imkon beradi. Bular bilvosita ishlaydigan rostlagichlar bo’lib, tuzilishi murakkabroq va qimmatroqdir, ammo rostlash xarakteristikalari ancha yaxshi bo’lishini ta’minlaydi. - Odatda, foydalaniladigan rostlagichlarda ularning sezgir elementi ijrochi tuzilma bilan bevosita bog’lanadi, shu sababli ular to’g’idan -to’gti ishlaydigan rostlagichlar turkumiga kiradi. Og’irroq dizellarda bu maqsadda turli servotuzilmalar qo’llaniladi, ular qayta yuklash kuchnu ancha oshirishga imkon beradi. Bular bilvosita ishlaydigan rostlagichlar bo’lib, tuzilishi murakkabroq va qimmatroqdir, ammo rostlash xarakteristikalari ancha yaxshi bo’lishini ta’minlaydi.
- Ikki rejimli rostlagichlar
- Eng katta aylanish chastotasini cheklagichlar va salt ishlash rostlagichi bilan jihozlanuvchi dizellar uchun bu ikkala tuzilma birlashtirilib ikki rejimli rostlagich hosil qilindi. Bevosita ishlaydigan ikki rejimli mexanik rostlagichning sxemasi 12.8-rasmda keltirilgan. Rostlagichning sezgir elementi markazdan qochma yuklar ikkidan iborat bo’lib, ular yonilg’i nasosining kulachokli valiga mahkamlangan gupchakning sharnirli tayanchlarida tebranib turadi. Qo’zg’almas o’q atrofida birlashuvchi richag akselerator pedali bilan bog’langan. Kulisali tuzilma va oraliq bo’g’in vositasida richagyonilg’i nasosining reykasi bilan bog’langan. Dizelning barqaror salt ishlashi prujina va yuklarning o’zaro ta’sirlashuvi natijasida ta’minlanadi. Yuklarning richaklari diskka tiralibturadi. Aylanish chastotasi tasodifan ko’tarilganda yuklarning markazdan qochma kuchi prujinaning qarshiligini yengib, shtokni chapga siljitadi. Bo’g’in qo’zg’almas nuqtaga nisbatan soat milining aylanish yunalishida burilib reykani sikllik yonilg’i miqdori kamayadiga tomonga siljitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |