7 amaliy mashg'ulot iyod aylanishlar sonini rostlagichlar tuzilishi va ishlashi Ishdan maqsad


Download 57.77 Kb.
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi57.77 Kb.
#1531279
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-Аmaliy mashgulot


7 - amaliy mashg'ulot
IYOD aylanishlar sonini rostlagichlar tuzilishi va ishlashi
Ishdan maqsad: IYOD vallarining aylanish chastotalarini rostlanishining kerakligi va uning tartibini o‘rganish; bir rejimli va ko‘p rejimli rostlagichning ishlashi va konstruksryusini o‘rganish.


Uskuna va qurilmalar: D - 144, D - 240, YAMZ - 236 dvigatellari, rostlagachlarning turli tiplari, bir rejimli rostlagich maketi, rostlagichli 4TN - 8,5x10 yonilg‘i nasosi, chizmalar, plakatlar, asboblar to‘plami.


Umumiy ma’lumotlar
Bir tartibli rostlagichlar
Motorning tirsakli validan rostlagichga (8.1-rasm) harakat uzatuvchi shestema (I) ning chiqiqlariga ikkita yukcha (2) sharnir holda biriktirilgan bo'lib, shesterna o'matilgan vaining uchiga sirpanma mufta (3) o‘tkazilgan, uning o'yiqlariga yukchalarning ichki uchlari (4) kirgizilgan. Yukchalar shesterna bilan birga aylanib, chiqiqlarining o‘qida
burila oladi. Mufta rostlagich vali bilan birga aylanib, yukchalar kerilganda val ustida suriladi. Muftaning uchida sharikli podshipnik (5) bor, unga prujina (6) bilan tortib qo'yilgan richagning pastki uchi doim tiralib turadi. Richagning yuqorigi uchi tortqi (8) va povodok vositasida drosselto'siqning o ‘qi (9) ga ulangan. Motor belgilangan tartibda ishlayapti deb faraz qilamiz. Bunda yukchalarning markazdan qochirma kuchi va prujinaning tortish kuchi
bir-biriga muvozanatlanib, yukchalar, mufta, richag, drossel to‘sig‘I rasmda yo‘g‘onroq tutash chiziqlar bilan ko'rsatilgan holatda turadi. Motorning yuklanishi kamaysa, uning tirsakli vali va rostlagichni harakatlantiruvchi shesterna tezroq aylana boshlab, yukchalarning markazdan qochirma kuchi ortadi. Yukchalar kerilib, prujinaning
k uchini yengadi va muftani chapga suradi. Mufta richagning pastki uchini chapga, yuqorigi uchini esa o'ngga (rasmda shtrix chiziqlar bilan ko'rsatilgan holatga) burab, tortqi drossel to'sig'ini berkita boshlaydi. Motor silindrlariga aralash-ma ozroq kiradi va tirsakli valning aylanish tezligi pasayadi. Motorning yuklanishi oshirilsa, valning aylanish tezligi pasaya boshlab, yukchalarning markazdan qochirma kuchi kamayadi. Prujinaning teskari tomonga suradi va
tortish kuchi richag va muftani



Download 57.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling