2-Mavzu. Ekologik barqaror rivojlanish kontseptsiyasi. Ishlab chiqarishni joylashtirish va rivojlantirishda ekologik omillarning roli Eksternallar. Iqlim o‘zgarishlari muammosi. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish turlari va uning hozirgi


Suv resurslarini tejash, muhofaza qilishning, yekologik iqtisodiy xususiyatlari va ahamiyati


Download 124.76 Kb.
bet10/13
Sana07.05.2023
Hajmi124.76 Kb.
#1436559
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2-маъруза матни

Suv resurslarini tejash, muhofaza qilishning, yekologik iqtisodiy xususiyatlari va ahamiyati.
O‘rta Osiyo suv resurslari agarda uni tejab ishlatilsa, 70- 80 million kishiga yetishi mumkin, BMT ning ma’lumotlariga ko‘ra 2030 yillarga borib O‘rta Osiyoda shuncha aholi yashaydi. O‘rta osiyo aholisi 50 million kishiga yetmasdan Orol dengizining qurishi, suv tanqisligining sezilishi, bu yeng avvalo suv resurslaridan tejamsiz foydalanish isrofgarchilikning nihoyatda yuqori yekanligini bildiradi.
Suvdan noto‘g‘ri foydalanish: quyidagi muammolarni keltirib chiqarmoqda:
1). Suv resurslarining tanqisligi;
2).Orol dengizi va ko‘pgina tabiiy ko‘llarning qurishi;
3). Mavjud sug‘orilayotgan yerlarning sho‘rlanishi va hosildorliknig keskin pasayishi.
4). Bio xilma- xillikning kamayishi.
5). Mavjud suv resurslar suv manbalarini hamda uning atrofida ekologiyaning izdan chiqishi va ifloslanishi;
6). Suv resurslarida tuz miqdorining ortishi.
7). Aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlay olmasligimiz. Yuqoridagi kamchiliklar suv resurslaridan foydalanishdagi asosiy kamchiliklar hisoblanadi. Suv resurslaridan foydalanishni yaxshilashning majmua amalga oshirish maqsadga muvofiqdir, negaki yuqoridagi muammolarning hammasi bir- biriga chambarchas bog‘liqdir.
O‘zbekiston suvni tejash va muhofaza qilish zaruriyati yuqoridagi muammolarni yechish maqsadida quyidagilarni amalga oshirishni taqozo yetadi. 1. Sug‘orish tizimining tizimi va o‘lchamlarini zamonaviy sug‘orish texnikasi bilan mustahkamlash orqali uning samaradorligini oshirish.
2. Kollektor-zovur suvlarini tashlab yuborishni tartibga solish, ulardan unumli foydalanishni yo’lga qo‘yish.
3. Aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash.
4. Qishloq xo‘jaligida kam suv sarflaydigan o‘simliklarga ixtisoslashtirish.
2.Atmosfera resurslardan oqilona foydalanish.
Atmosfera to‘g‘risida tushuncha va uning xususiyatlari. Atmosfera yer sharining katta qalinlikdagi havo qobig‘idir. Atmosfira havosi yerdan 300 km gacha tarqalgan 1000 km balandlikda xam xavo zarralarini uchratish mumkin. Atmosfera havosining 80 % i yerdan 20 kmgacha balandlikda joylashgan bo‘lib troposfera deb ataladi.
Atmosferaning 20 km dan 55 km gacha stratosfera bo‘lib unda 20 %gacha havo mavjuddir. Undan yuqori qismi ionosfera deyiladi. Atmosferaning tarkibi: gazli kimyoviy tarkib, namliligi, muallaq suzib yurishi, harorati, suv bug‘larining mavjudligi bilan xarakterlanadi.
Atmosferaning tarkibidagi havoning 78,08 % azot 20,95 % kislorod 0.03 % is gazi - 0,03, argon – 0,93 va neon, geliy, kripton, vodorod, ozon, metan, uglerod oksidi, azot oksidi kabi ko‘plab gazlar uchraydi, ularning miqdori 0,02 % dan ortmaydi.
Atmosferaning umumiy massasi 10* 15 tonna gaz. Atmosfera biosferaning asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi va ma’lum xususiyatlarga yega. Atmosfera yer shari bo‘yicha tekis taqsimlangan. Yorug‘likni, namlikni, issiqlikni, yelektromagnit to‘lqinlarini taqsimlaydigan va qayta taqsimlaydigan asosiy omil hisoblanadi. U kosmosdan keladigan zararli nurlar, meteroitlarni zararsizlantirib o‘tkazadi.
Atmosferaning bu xususiyatlari yerda hayotning barqarorligini ta’minlaydi. Sayyoramizning issiqlik balansi ham atmosferaga bog‘liq. Atmosfera doimo biosfera, gidrosfera va litosfera bilan o‘zaro aloqadadir. U tirik organizmlar uchun kerak bo‘lgan kislorod, is gazi, azotning manbai hamdir. Ular biologik modda aylanishida faol ishtirok yetadi. Atmosfera tufayli suv tabiatda aylanib yuradi. Bundan tashqari moddalarning geologik aylanishi, tog‘ jinslarining yemirilishi, harakati va boshqa jarayonlarda ham faol ishtirok yetadi.

Download 124.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling