2-Mavzu. Ekologik barqaror rivojlanish kontseptsiyasi. Ishlab chiqarishni joylashtirish va rivojlantirishda ekologik omillarning roli Eksternallar. Iqlim o‘zgarishlari muammosi. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish turlari va uning hozirgi
Tadqiqotlarni amalga oshirish natijasida
Download 124.76 Kb.
|
2-маъруза матни
Tadqiqotlarni amalga oshirish natijasida:
Ichimlik suvining sifati bilan Orolbo‘yi aholisining salomatligi o‘rtasidagi bog‘liklik aniqlandi; Atrof-muhitning potensial xavfli omillarining ekologik-gigienik me’erlari ishlab chiqildi; Geologik, gidrologik, qishloq xo‘jaligi va tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishlari bo‘yicha tematik ekologik kartalar tuzildi; Suvlarni radionuklidlardan, og‘ir metallardan, pestitsidlar va fenollardan tozalaydigan mini tizimning namunasi yaratildi, sinab ko‘rildi va AKShda sertifikatsiyalandi; Yagona Osiyo suv xo‘jaligi tizimini yaratish konsepsiyasi ishlab chiqildi; O‘zbekiston respublikasi yer usti suvlarining sifatiga, ulardan foydalanish imkoniyatlariga qarab rayonlashtirildi, suvni muhofaza qilish tadbirlarini optimalllashtirishning mezonlari va cheklovlari belgilandi; “O‘zbekiston respublikasida tabiatni muhofaza qilish” ilmiy-ma’lumotnoma atlasi chop etildi. Suvlarni tozalashning yangi majmuali usuli (biomassa usuli va elektr bilan ishlov berish usuli) ishlab chiqildi; Iqtisodiy–matematik modellashtirish asosida O‘zbekiston respublikasida dehqonchilikni rivojlantirishning optimal variantlarini tanlash tavsiyalari ishlab chiqildi; Orolbo‘yini saqlash va muhofaza qilishning ekologik talablariga mos ravishda xavzani istiqbolda rivojlantirishning optimal variantlari ishlab chiqildi; Janubiy Orolbo‘yining sug‘oriladigan xududlarida xayvonot dunyosining ov qilinadigan turlaridan oqilona foydalnishning ilmiy asoslari ishlab chiqildi; Orol dengizining qurigan tubi fitomeliorativ ishlari uchun shur va qurg‘oqchilika chidamli o‘simliklarning sortlari tanlab olish ishlari davom ettirildi; O‘zbekiston yaylovlarining zoo va agroiqlim rayonlashtirish karta-sxemalari tuzildi; Halokatli sharoitlarda gidrotexnik qurilmalarni ekspluatatsiya qilishning matematik modellari ishlab chiqildi; Aholi salomatligiga ekologik tazyiqning ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqildi; Markaziy Osiyo tog‘lari ustidagi azon qatlamining tarkibi tadqiq etildi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini va bu boradagi ilmiy ishlanmalarni tabiatni muhofaza qilish sohasiga jalb etish katta samara beradi. Tadqiqotlar natijasida olingan ijobiy natijalar ko‘p ob’ektlarda sinovdan o‘tkazildi. Masalan, Asaka avtomobil zavodi (suvlarni ximiyaviy usulda tozalash), “Xorazm ipagi” (chiqindi suvlarni tozalash), “Olmos” zavodi (zaharli mishyakni tutib qoluvchi filtrlovchi qurilma), Orolbo‘yi (cho‘llashuvning oldini olish), Buxoro neftni qayta ishlash zavodida, Chirchik GESlar kaskadida, “Navoiy azot” ishlab chiqarish birlashmalarida, “Kateks” AJ va boshqalarga ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish ishlari davom ettirilmoqda. Angren GRESida atmosferaga zararli chiqindilarni chiqarishni qisqarishini ta’minlaydigan yangi usulning sanoat-tajribaviy sinovi o‘tkazildi. Natija samarali bo‘ldi. Ya’ni Oltingugurt dioksidini yiliga 44,3 ming t.dan 31 ming t.gacha va azot okisini 6,34 ming t.dan 5,072 t.gacha qisqartirish imkonini berdi. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida chiqindi gazlarni yoqish natijasida SO2, P2O5 ni 10 marta kamaytirishga erishildi. Hozirgi kundla ilmiy ishlanmalardan kutilayotgan asosiy maqsadlardan biri sanoat chiqindilari to‘g‘risida ma’lumotlar bankini yaratish hisoblanadi. Bunday ma’lumotlar sanoat chiqindilarini bir yerda to‘plash, saqlash va yo‘q qilish imkonini beradi. O‘zbekiston respublikasi florasi va faunasini muhofaza qilish borasida ham muayyan ishlar olib borilmoqda. “Chinor ENK” nashriyotida O‘zbekiston respublikasining “Kizil kitobi” nashr etildi. Chotqol biosfera va “Jayron” ekomarkazi ham qator ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. O‘zbekiston respublikasida ximiyalashtirish va uning atrof muhitga salbiy oqibatlari yaqqol seziladi. Bunlay holatning yuzaga kelishiga sobiq, ma’muriy-buyruqbozlik davrida Respublikaning bir tomonlama-paxta yetishtirishga ixtisoslashuvi sabab bo‘lgan edi. Umuman olganda, ximiyalashtirish faqatgina O‘zbekiston uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi, balki uning ta’siri barcha mamlakatlar uchun birdek halokatlidir. Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, ximiyaviy o‘g‘itlarni hisobga olmaganda yer biosferasiga 2 mln ximiyaviy birikmalar tushadi. Shulardan, XSST (xalqaro sog‘likni saqlash tashkiloti)ning ma’lumotlariga ko‘ra, 40 mingdan ziyodi inson salomatligi uchun zararli xususiyatlarga ega. Yiliga dunyoda 250 ming yangi ximiyaviy birikmalar sintez qilinadi va ulardan 300 tasi ishlab chiqarishga jalb etiladi, atrof muhitga tushadi2. Inson organizmi ochiq organizm hisoblanadi. Atrof muhit ximiyaviy nuqtai nazardan o‘zgaradigan bo‘lsa, inson organizmi ham unga moslashadi. O‘zbekiston respublikasida ximiyalashtirish asosan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadlarida olib boriladi. Chunki strategik ekin-paxtachilikni rivojlantirish uchun albatta ximiyaviy o‘g‘itlar kerak bo‘ladi. Mutaxassislarning hisoblariga qaraganda, eng unumsiz tuproqlar ham gektariga 2-4 t. tabiiy azotga ega bo‘ladi. Koratuproqlarda esa bu ko‘rsatkich 20-30 t. gacha yetadi. Demak, o‘simlik uchun zarur bo‘lgan ximiyaviy elementlar tuproqda yetarli degan xulosaga kelish mumkin. Nima uchun inson azotli o‘g‘itlarni yana va yana tuproqqa solishga intiladi. Tabiiy azotning o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilishi qiyin va cheklangan ravishda kechadi. Shu sababli ham sun’iy o‘g‘itlardan foydalanish zaruriyati tug‘iladi. Azot sulfat ammoniy va nitrat tuzlari ko‘rinishida bo‘ladi va tuproqqa solinadi. Sug‘orish natijasida azot tuproqlardan yuvilib, suv ob’ektlariga tushadi. Azot ichimlik suvining ifloslanishiga va suv o‘simliklarining jadal o‘sishiga sabab bo‘ladi. Suvda kislorod yetishmasligi bois baliqlar va boshqa suv hayvonlarining qirilib ketadi. Tuproqda va o‘simliklarda azotning me’yordan ortiqligi inson organizmi uchun zararli-nitratlarning to‘planishiga sabab bo‘ladi. Nitratlar og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bolalardagi og‘ir qon kasalliklari bunga yaqqol misoldir. Azotli o‘g‘itlar atrof muhitni ifloslantiruvchi yagona mineral o‘g‘it emas, balki fosforli va kaliyli o‘g‘itlardan ortiqcha foydalanish ham tabiatga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Lekin ularning ta’siri azotli o‘g‘itlarnikiga nisbatan ancha kam. Kishloq xo‘jaligida ximiyalashtirishning asosiy yo‘nalishlaridan yana biri-zararkunandalariga qarshi kurashish vositalari (pestitsidlar)dan keng foydalanishdir. Pestitsidlardan noratsional ravishda foydalanish ularni tuproqda va suvda me’yordan ortiqcha ravishda to‘planishiga va salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishiga olib keladi. Pestitsidlarni qishloq va o‘rmon xo‘jaliklarida, aviatsiyani jalb qilgan holda faol ishlatilishi atrof muhitning keng miqyoslarda ifloslanishiga olib keldi. Bundan tashqari barqaror ximiyaviy bog‘lanishlarga ega bo‘lgan moddalar tabiiy jarayonlarda ishtirok etadi va organizmlar bilan migratsiyada ishtirok etadi. Odam o‘z xo‘jalik faoliyatida qadim zamonlardan buyon suvning hajmi, taqsimlanishi va sifatiga ta’sir ko‘rsatib kelgan va bunda o‘rmonlarni kesish, yer haydash asosiy rol o‘ynagan. Havoning ifloslanishi, o‘g‘it va zaharli ximikatlarni qo‘llash bilan bog‘liq holda odamning suv sifatiga ta’siri yana ham ko‘proq oshdi. Suvni iqtisodiy baholashda suvning holati, suvning tarkibi, ishlatilayotgan sohadagi ahamiyati, olinayotgan mahsulotning ahamiyati, infratizim, suv inshootlari, ko‘p maqsadli foydalanishning mavjudligi, ifloslanishning har xilligi va boshqa ko‘plab mezonlar ta’sirida yuzaga keladi. Hududlar suv resurslarining ahvoli va ulardan foydalanishni baholashda bir qancha nisbiy ko‘rsatkichlar ham asosiy ko‘rsatkichlardan xisoblanadi: yog‘inlar mm, bug‘lanish koeffitsienti mm, transpiratsion bug‘lanish salmog‘i (%), suv bilan ta’minlanish darajasi (%), botqoqlanish(%), suv muhofazasi o‘rmonlari maydonining suv havzalariga nisbati (%), suv yig‘indisining solishtirma oqimi m3/ km2, suv yig‘indisining suv iste’moliga nisbati (%), suv iste’molining mavjud suvga nisbati(%), suvdan qaytarmasdan foydalanishning oqim yig‘indisiga nisbati (% ). Suv resurslaridan foydalanishni hisobga olish, rejalashtirish va samarali foydalanish muammolari. O‘zbekiston qurg‘oqchil, kontinental iqlimli, cho‘l va chala cho‘l zonalari hamda tog‘ va tog‘ oldi hududlaridan tashkil topgandir. Bizdagi o‘rtacha yog‘in miqdori 400 mm ni tashkil qilgan holda, bug‘lanish koeffitsienti 2500-2700 mm ni tashkil etishi suv resurslarining ahamiyati qanchalik yuqori ekanligini bildiradi. O‘zbekiston hududida hamma zamonlarda ham suv va suvdan foydalanish jiddiy muammo bo‘lib kelgan. O‘zbekiston dunyodagi eng qadimgi sug‘oriladigan dehqonchilikning markazlaridan biri bo‘lib, sug‘orish inshootlari ham qadim zamonlardan mukammal ravishda rivojlangandir. 79 Bozor munosabatlariga o‘tish natijasida O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarishning yangi tarkiblari ham paydo bo‘ldi. Lekin shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, suv resurslarini boshqarish borasida hali yechilmagan muammolarning ko‘pligini ham aytib o‘tish mumkin. Ular ichida muhimlari quyidagilar: 1. Suv resurslarini boshqarishning yagona davlatlararo organiki tashkil etishning zarurligi. Mutaxassislarning hisoblariga qaraganda bunday organ maxsus maqomga, tarkibga, havzada suv resurslardan foydalanish va uning holatini baholash borasidagi ma’lumot markaziga ega «Sirdaryo», «Amudaryo» havzaviy suv birlashmalarini o‘z ichiga oluvchi Xalqaro suv — energetika konsorsiumi bo‘lishi lozim. 2. Mamlakatimizning yirik daryolari va suv manbalari (Amudaryo, Sirdaryo, Arnasoy, Orol dengizi) ning ijtimoiy — iqtisodiy maqomini belgilash; 3. Suv resurslarini boshqarish masalalariga oid qonuniy va huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, bu masala bo‘yicha yagona davlatlararo konsepsiyani ishlab chiqish; 4. Respublikalarning manfaatlarini hisobga olgan holda, suv sifati va miqdori monitoringi tizimini rivojlantirish; 5. Gidroekologik jihatdan «xavfli» hududlarni batafsil o‘rganish; 6. Orol dengizi havzasi suv resurslarining yagona ma’lumotlar manbaini yaratish, bunda ulardagi tadrijiy o‘zgarishlarni hisobga olish. O‘zbekiston suv resurslarining katta qismini qishloq xo‘jaligida foydalanadi. O‘zbekiston iqlimidan kelib chiqqan holda 1 ga yerga 1yilda sarf qilinishi kerak bo‘lgan suv 1200 m3 qilib belgilangan lekin sarf qilinayotgan suv miqdori 1600-1800 m3 ni toshkil qilmoqda. O‘zbekiston suv resurslaridan norma bo‘yicha foydalanilsa 4,2 mln. ga o‘rniga 4,8 mln ga yerga dexqonchilik qilish mumkin. Agar ilg‘or sug‘orish texnologiyalaridan va tajribalaridan foydalansak. mavjud suv resurslari bilan 7-8 mln ga yerni sug‘orish mumkin bo‘lar yedi. Sanoatda ham suvdan foydalanishning samarali usullaridan kam foydalaniladi. Foydalanilgan suvni tozalash, berk havzalar tashkil qilish sanoat korxonalarini nazorat qilish, belgilangan normalarga rioya qilish masalalari rivojlangan mamlakatlarga nisbatan bir necha marotaba past ye’tibor beriladi. Kommunal xo‘jaligida Yevropa mamlakatlari bir sutkada 300-350 l suv sarflasalar, bizda yesa 600-550 l ni tashkil yetadi. Shuning uchun mustaqillikni dastlabki yillaridan boshlab suv resurslaridan foydalanishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilar ye’tibor berildi. 1). Ishlatilayotgan suvni hisobga olish. (qishloq xo‘jaligi, sanoat va kommunal xo‘jaligida ham) 80 2). Suvdan foydalanishni iqtisodiy mexanizmini yaratish. (normadan kam foydalanilganda va kam ifloslantirganda rag‘batlantirish,aksi bo‘lganda jarima solish, suvning tannarxini belgilash va baholash va hokazo). 3). Suvdan foydalanganlik uchun haq to‘lashni tashkil yetish.(suv o‘lchagichlar o‘rnatish, foydalanish normalarini belgilash). 4). Suv resurslarini nazorat qilish va foydalanishni rejalashtirish. 5). Qo‘shni davlatlar bilan tranzit suv resurlaridan foydalanishni xuquqiy asosini yaratish. 6). Suv resurslaridan foydalanishning jahon tajriba va texnologiyalarini o‘rganish va o‘zimizda qo‘llash. Download 124.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling