2-Mavzu. Eng yangi davrda aqsh davlati va huquqi Reja: Prezident Ruzveltning «yangi kursi»
AQSh Konstitutsiyaga kiritilgan qỹshimcha va tỹldirishlar
Download 112 Kb.
|
маъруза 6
2. AQSh Konstitutsiyaga kiritilgan qỹshimcha va tỹldirishlar
Shu yillarda AQShda yozma Konstitutsiya bilan yozilmagan konstitutsiya ham vujudga keldi. Uning manbalari asosan quyidagilardan iborat edi: a) Konstitutsiyaviy masalalar bo‘yicha AQSh Oliy Sudining qarorlari; b) Federal qonunchilik; v) Konstitutsiyaviy amaliyot va odatlar. Bular birgalikda yozilmagan konstitutsiya deb atalgan. Eng yangi tarix davrida AQSh hukmron doiralari sotsial siyosiy huquqlarni kengaytirishga majbur bo‘la boshladilar. Ayrim shtatlarda xotin-qizlarning saylov huquqlari foydasiga harakatlar vujudga keldi. Mana shularning ta’sirida 1920 yilda AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan XIX tuzatish kuchga kirdi: “Qo‘shma shtatlar grajdanlarning saylovlarida qatnashish huquqi, - deyiladi bunda, - ularning jinsi tufayli, qo‘shma shtatlar shuningdek alohida shtatlar tomonidan, rad qilinishi yoki chegaralanishi mumkin emas”1. Bu qoida AQShda xotin-qizlarga saylov huquqini berdi. Yoki boshqacha qilib aytganda, XIX tuzatishga asosan rasman umumiy saylov huquqi joriy qilindi. Amalda esa hali turli senzlar bilan saylovchilarni katta bir qismi saylovdan mahrum edi. Masalan: Djordjiya shtatidan boshqa hamma shtatlarda yuqori yosh senzi o‘rnatilgan bo‘lib, aktiv saylov huquqi uchun 21 yosh talab qilinardi. Bundan tashqari har bir shtatda o‘troqlik senzi mavjud edi. Ko‘pgina shtatlarda mulkiy senz mavjud bo‘lib, bunga binoan saylovchi yoki ma’lum miqdordagi mulkka ega bo‘lishi yoki ma’lum miqdorda soliq to‘lashi lozim edi. Alabama, Apkanzas, Missisipi, Texas va Virjiniya shtatlarida saylovchilar ro‘yxatiga kiritish uchun maxsus saylov solig‘ini to‘lash talab qilinardi. AQShning 22 shtatida bulardan tashqari ma’lumot senzi qo‘yilgan edi. Janubny shtatlarda esa konstitutsiyani sharhlab berish talab etilardi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda AQSh konstitutsiyasiga kiritilgan muhim tuzatishlardan biri 1964 yilda kiritilgan XXIV tuzatishdir. Bunga binoan Qo‘shma Shtatlarning hukumati va shtatlarning AQSh grajdanlarini saylov solig‘i yoki boshqa xildagi soliqlarni to‘lamaganligi uchun ularni saylov huquqlarini chegaralab qo‘yish yoki rad etishlari taqiqlandi. Lekin bu tuzatish AQSh saylov tizimidagi turli xil shartlarga to‘la chek qo‘ya olmadi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi bir qator kiritilgan tuzatishlar prezident va Vitse prezidentning o‘z mansablarini egallash vaqtida vaqtincha o‘z vakolatini oshirolmay qolishlari, bunday holda ularni vakolatini bajarish, prezidentning iste’foga chiqishi hollariga bag‘ishlandi. 1951 yilda XXII tuzatish kiritilib bunga binoan hech bir shaxsning prezidentlik mansabiga ikki martadan oshiq saylanishi mumkin emasligini o‘rnatdi. 1961 yilda kiritilgan XXIII tuzatish AQSh hukumati joylashgan okrug (Kolumbiya), prezident va vitse-prezidentlikka o‘tkaziladigan saylovlarida, shtatlarga berilgan huquqlardan foydalanishligi joriy etildi. 1967 yilda XXV-tuzatish kiritilib u kuchga kirdi. Bunga binoan prezident o‘z mansabidan chetlatilgan hollarda yoki vafot etgan shuningdek, iste’foga chiqqan hollarida vitse-prezidentning prezidentlik mansabini egallashi to‘g‘risida hamda umuman prezidentni iste’foga chiqishi to‘g‘risida gapiriladi. 1971 yilda XXVI tuzatish kiritilib bunga asosan saylovchilarning yosh senzi 18 yoshga tushirildi, 1992 yilda eng qiyin tuzatish deyarli 203 marta rozilik olish, ma’qullashda bo‘lgan tuzatish kiritildi. Bunga ko‘ra kongress deputatlari o‘zlari faoliyat ko‘rsatib turgan davrda o‘z maoshlarini oshirishlari va uni olishlari taqiqlandi. Download 112 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling