2-Mavzu. Eng yangi davrda aqsh davlati va huquqi Reja: Prezident Ruzveltning «yangi kursi»


AQSh davlati va huquqi ikkinchi jahon urushidan keyingi davrida


Download 112 Kb.
bet3/5
Sana05.05.2023
Hajmi112 Kb.
#1427313
1   2   3   4   5
Bog'liq
маъруза 6

3. AQSh davlati va huquqi ikkinchi jahon urushidan keyingi davrida
Sud tizimi va undagi o‘zgarishlarga kelsak, AQShning sud tizimi federal sudlar va shtatlarning sudlaridan iborat bo‘lib, Federal sudlarga: AQSh Oliy Sudi, Birinchi instansiya federal sudlari, ya’ni rayon sudlari, ayrim shtatlarda (masalan Nyu-york, Texasda to‘rttagacha rayon sudi bor) bitta yoki ko‘proq bo‘ladi. Ikkinchi instansiya appelyatsiya federal sudlarini ko‘rsatish mumkin. AQSh 10 sud okrugiga bo‘lingan bulib, ularning har birida bittadan appelyatsiya federal sudi bor. Bulardan tashqari shtatlarda: shtatlarning Oliy sudlari, graflik sudlari, shahar munitsipal sudlari, politsiya sudlari mavjud.
AQSh ma’muriy-doiraviy jihatdan 50 shtat va Kolumbiya federal okrugiga ega bo‘lib, har bir shtat esa o‘z hokimiyatiga, o‘z konstitutsiyalariga ega. Lekin ular federal hukumatga deyarli butunlay buysundirilgan. Shtatning oliy hokimi Gubernator hisoblanadi. Gu­bernator shu shtatda kamida 5 yil yashab turib 30 yoshdan oshgan tub AQSh grajdani bo‘lishi kerak. Hamma shtatlarda gubernatorlar 2-4 yil muddatga saylanadilar. Gubernator shtat hokimiyatiga boshchilik qiladi. Unga shtatdagi mansabdorlarni tayinlash, bo‘shatish, avf va amnistiya e’lon qilish huquqlari berilgan. U shtat militsiyasining bosh qo‘mondoni hisoblanib, federal hukumat bilan va boshqa shtatlar orasida bo‘ladigan munosabatlarni gubernator boshqaradi. Shtat ligeslaturasining majlislarini chaqiradi. Uning qonunlari gubernatorning tasdig‘idan o‘tishi shart. Shtatlarda gubernatorlardan tashqari turli mansabdorlar: yuridik maslahatlar beruvchi mansab gene­ral attorney, soliqlar ustidan nazorat qiluvchi xazinachi lavozimi, harajatlar ustidan nazorat qiluvchi General auditor mansablari mavjuddir. Shtatlarning Konstitutsiyalariga ko‘ra, legislatura quyi va yuqori palatalardan tuziladi.
1930 yil AQSh federal davlat apparatida 600 ming xizmatchi bo‘lsa, 1951 yilga kelib, ularning soni 2,5 million kishiga yetdi. Davlat apparati yanada o‘sib yangi organlar tuzildi. Sanoatni qayta tiklash milliy ma’muriyati, Ijtimoiy ishlar federal ma’muriyati, mehnat munosabatlarini tartibga solish milliy boshqarmasi, 1942 yilda ishlab chiqarish ishlari boshqarmasi, Harbiy ishlab chiqarish ma’muriyati, Baho ma’muriyati, 1950 yil mudofaaga safarbarlik boshqarmasi, 1947 yil Milliy xavfsizlik Soveti (I.U.P.), Favqulodda holatlar Boshqarmasi (F.X.B), Siyosatni ishlab chiqish boshqarmasi kabi idoralar tuzildi.
1946 yilda “Legislaturani qayta tashkil qilish to‘g‘risida qonun” chiqib, ular soni Vakillar Palatasida 19, Senatda 15 ta deb cheklandi. Lekin ular soni yana ko‘payib, 1957 yilda 200 komitetlar ya’ni mayda komitetlar borligi ma’lum bo‘ldi.
AQShning 1787 yilda qabul qilingan Konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident davlat va ijro hokimiyatining boshlig‘i bo‘lib, siyosat doirasidagi markaziy shaxsdir.
Prezident bo‘lish uchun Konstitutsiyaga ko‘ra, albatta AQShda tug‘ilganbo‘lib, 14 yil turg‘un yashagan hamda 35 yoshga to‘lgan bo‘lishi lozim. Ehtimol shuning uchundir prezidentlikka juda ko‘p nomzodlar ko‘rsatiladi. Masalan: 1980 yildagi prezident saylovlarida 112 kishi prezidentlikka o‘z nomzodini ko‘rsatgan. Prezident va vitse-prezidentlikka nomzodlar asosan AQShda tarixan tashkil topgan demokratlar va respublikachilar partiyalaridan ko‘rsatiladi. 1933-1960 yillarda D.Eyzenxauerdan boshqa demokratlar partiyalarining nomzodlari prezident bo‘lib saylandilar. Bu ikkala partiyadan tashqari boshqa partiyalarning ham nomzodlari ro‘yxatga olinishi mumkin. Ammo, buning uchun bir necha ming saylovchilarning, mazkur partiya nomzodini qo‘llab-quvvatlashlari to‘g‘risidagi petitsiyaga imzo chekkan bo‘lishlari talab qilinadi.
Qo‘shma Shtatlar Prezidenti davlat boshlig‘i, armiya va flotning hamda shtatlar militsiyalarining bosh qo‘mondonidir. U har bir ijro departamentidan, ministrlikdan hohlagan masalasi bo‘yicha o‘z fikrini yozma tartibda surashi mumkin. AQSh sudlarining hukmlarini ijro qilinishini kechiktirishi, avf e’lon qilishi (impechmentdan tashqari) AQSh federal davlat apparatidagi 2,5 mln. grajdan chinovniklari ichidan 1500 tasini bevosita tayinlashi mumkin. U Senatni roziligi va maslahati bilan halqaro shartnomalarni tuzishi, elchilar va konsullarni, AQSh Oliy Sudi a’zolarini tayinlaydi. Prezident favqulodda holatlarda kongress palatalari majlislarini chaqirishi, belgilashi, qonunlariga veto qo‘yishi mumkin. Masalan: F.Ruzvelt 1933-1944 yillarda Kongress qonunlariga 631 marta veto qo‘ygan.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda AQShda prezidentning hokimiyati kuchayib, ayniqsa iqtisodga turli yo‘llar bilan ta’sir qilishi orta boradi. Bu davrda u yoki bu monopolistik guruhning qo‘llab-quvvatlashisiz biror prezidentlikka nomzodning saylanishi qiyin bo‘ldi. Prezident Garding (1921-23) Rokfellerning “Standart Oyl” kompaniyasi tomonidan qo‘yilgan. Kulidj (1923-28), Guver (1929-32)lar esa Morgan guruhining nomzodlari edilar.
AQShda yildan-yilga saylovlarni moliyalashtirish juda tortishuvli tus olmoqda. Hatto 1972 yilda jamoatchilik ochiqdan-ochiq saylovlarda sarflangan juda ko‘p harajatlarni qisqartirilishi lozim deb talab qila boshlagan. T. Jeferson 1800 yilda o‘zini prezidentlikka saylanishiga erishish uchun 50 dollar sarf etgan bo‘lsa 1968 yilda demokratlar partiyasining kandidati G.Xemfri 10 million dollar sarflagan. 1972 yildagi prezident saylovlarining harajatlari 400 million, 1980 yilgi prezident saylovlarida 200 million dollar sarflangan. Saylovlarni xususiy va davlat yo‘li bilan moliyalashtirishni tartibga solish maq­sadida 1974 yilda “Saylov kompaniyalari haqida federal qonun” qa­bul qilinib, 1975 yilning yanvaridan kuchga kiritildi. Bunda AQSh tarixida birinchi marta saylovlarni davlat tomonidan moliyalashtirilishi nazarda tutildi. Bunday huquq prezidentlik vazifasiga ko‘rsatilib, pasman ro‘yxatga olingan nomzodlar dastlabki saylovlarda, xususiy ajratmalardan 20 shtatdan, kamida 5 ming dollar to‘plagan (xususiy kishilarning yakka tartibdagi vznoslari 250 dollardan oshig‘i qabul qilinmaydi) holdagina vujudga keladi. Qonunga ko‘ra, davlat ajratmalari faqat respublikachilar va demokratlar partiyalarining nomzodlarigagina berilishi mumkin. Ushbu saylovlarda ba’zi qonunsizliklar ham uchrab turadi. Masalan: 1972 yilgi saylovlarda 17 iyun 1972 yilda demokratlar partiyasining shtabi joylashgan joy “Uotergeyt” mehmonxonasiga respublikachilarning nomzodi Niksonga saylovlarda kurash olib borish uchun yashirin ma’lumotlar olish maqsadida, qulfni sindirib bostirib kirilgan. Keyinchalik bu ishni fosh bo‘lishidan qo‘rqqan R.Nikson 1974 yilning avgustida iste’foga chiqishga majbur bo‘lgan.

Download 112 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling