2-mavzu. Excel va spss kompyuter dasturlarida ma’lumotlarni tashkil qilish


Download 154.62 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi154.62 Kb.
#1561864
  1   2   3   4
Bog'liq
2-мавзу




2-mavzu. Excel va SPSS kompyuter dasturlarida ma’lumotlarni tashkil qilish
Reja:

  1. Kompterlashtirilgan psixodiagnostik metodlarni qo’llashning qog’oz-qalam usuliga nisbatan afzallik jihatlari.

  2. Ulchov shkalalari va ma’lumot turlari. Taxlil uchun ma’lumot manbalari.

  3. Ma’lumotlarni kiritish usullari.

  4. O’zgaruvchilarning xususiyatlari. O’lchov shkalasi turini o’zgartirish

Tayanch so’zlar: normal taqsimlanish, moda, mediana, o’rtacha, dispersiya, standart og’ish, variativlik koeffitsenti .Yexsel dasturi, moda, mediana, o’rtacha, dispersiya, standart og’ish, variativlik koeffitsenti statistika, SPSS programmasi, Excel kompyuter dasturlari, tadqiqot, formula

Hozirgi kunda kompyuter orqali yangi metodlar va psixologik diagnostikalarni kiritish va qayta ishlash mumkin. Hozirgi kunda metodikalarni qayta ishlashda albatta yangi texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyindir. O’zbekiston sharoitida bu holatlar endi boshlanayotgan jarayonlardan biri hisoblanadi. Ilmiy-tadqiqot markazlarida ma’lumotlarni psixologik jihatdan tahlili kompyuter orqali amalga oshishi ko’zda tutilmoqdi. Shuning uchun ham aynan kompyuter shakllari uchun testlar shakllantirish vujudga kelmoqda.


70 yillarda kompyuter programmalarida intellektni o’rganish vujudga keldi. G.Gardnerning fikriga ko’ra: “Intellektni neyron mexanizmlari yoki kompyuter sistemasi o’xshatish mumkin, bunda ichki yoki tashqi ma’lumotlarni programmalashtirish natijasida vujudga keladi”. Tadqiqotchilar asosiy vazifa sifatida insonning fikrlari va kompyuter xisob-kitoblari o’rtasida mantiqiy aloqalar bog’liqligi haqida fikr yuritganlar. Shu yo’nalish bilan tadqiqot o’tkazadigan psixolog mutaxassislar axborotlashtirish jarayonlarini intellekt orqali tahlil qilishga harakat qilganlar.
Intellektni shu orqali tahlil qilish tarafdorlari A.Djensen, E.Xant, R.Sternberg, G.Saymon hisoblanishadi. G.Saymon intellektni axborotlashtirish tizimi va vazifani bajarish jarayonida ularni fikrlarini paydo bo’lishi tahlil qilingan. U A.Nyuell bilan birgalikda kompyuterda vazifani bajarishda kompyuterda vazifani programmalashtirlgan. 80 yillarda boshqa olimlar tomonida (R.Glezer, Dj.Larkin, A.Lesgold) muammoni yechimini tahlil qilishga intilishlar boshlangan, unda faqat tibbiy tashxislar, jismoniy vazifalar tahlil qilindi. Yuqori darajadagi mutaxassislar va yangm mutaxassislarni ko’rsatkichlarini solishtirgan psixologlar shu ikki guruh o’rtasida turli farqlarni kuzatishdi ular axborotlashtirish jarayonlarini tashkillashtirishni tahlil qilishgan.
R. Sternberg murakkab aqliy vazifalarni bajarishda axborotlashtirish jarayonlarini tahlil qilishga harakat qilgan. Uning asosiy maqsadi ma’lumotlari boshqalar bilan solishtirilganda samarali natijalar tahlil qilingan. U maxsus vazifalar ishlab chiqadi, bunda intellektual jarayonlar va strategiyalar tahlil qilinadi va vazifalar tahlil qilinishi kuzatiladi. O’zining texnikasini u komponent tahlil deb atadi.
Ayniqsa kompyuterda diagnostik metodikalarni standartlashtirish samarali hisoblanadi. Metodikalarni validligi va aniqligi kompyuterda aniqroq namoyon bo’lishi aniqlandi. Kompyuterni bu vazifalarda qo’llash ma’lumotlarni tezroq tahlil qilish imkoniyatini yaratadi.
Guruhiy testdan o’tkazishning kamchiligi bu har bir ishtirokchini har bir vazifani bajarishga ketgan vaqtini tahlil qilish imkoniyatini kamaytiradi.
An’anaviy diagnostik metodikalar masalan MATT( Maktab aqliy taraqqiyot testi)da umumiy vazifalarni bajarish vaqti va to’g’ri bajarish holatini aniqlanishi mumkin. Biroq natijalarni sifat nuqtai nazaridan o’quvchilarni alohida predmet holatlarini tahlil qilish imkoniyati mavjudligini tahlil qilishi mumkin. Bu imkoniyatlar an’anaviy psixologik diagnostika kompyuter orqali tahlil qilish imkoniyatini yaratadi.
Bu kompyuter shaklini anglash boshqa metodikalarni kompyuter orqali ishlatish imkoniyatini beradi. Bu testlashtirish natijasida individual o’ziga xoslik aniqlanishi mumkin. Bu test natijasida sinaluvchilar bilan samarali tarzda ishlash va vazifani bajarish tezligi aniqlanadi.
Bunday jarayonlarda har bir vazifa uchun baholash qobiliyati aniqlanadi, bunda ehtimol 0,5 bilan aniqlanadi. Buni quyidagi misol orqali tasvirlash mumkin. Agar sinaluvchi barcha vazifalarni bajarsa, qiyinlik darajasi 0 ga teng, agar sinaluvchi barcha vazifalarni bajara olmasa uning shu sinaluvchi qiyinlik darajasi 1 ga tengligini kuzatishimiz mumkin. Shuning uchun ham test vazifalari 0,5 ga tengligi tahlil qilinadi. Vazifalarning qiyinlik darajasi 50% chegarada xisob kitob amallarini kuzatishimiz mumkin. Bu sensor chegaralarni tahlil qilishda kuzatilishi mumkin.
Sinaluvchilarni javobidan so’ng har bir keyingi vazifani kompyuter uni javobiga qarab berishi mumkin. Yangi vazifalarni qo’shish oxirgi standartni bajarilmagunicha javob qaytarilishi mumkin.
Moslashtirilgan kompyuter testi o’qitish samaradorligi individual dasturlar orqali to’g’ri kelishi mumkin. Bu holatda o’quv dasturi test vazifalari tahlil orqali shakllantirilishi mumkin. Kompyuterda testlashtirish sinaluchi yetarli darajada javob bersa, shu orqali boshqa vazifalarni to’xtatishi mumkin.
Hozirgi kunda moslashtirilgan kopyuter testini qo’llash imkoniyatlari faol tarzda o’rganilmoqda, shu orqali turli sohalarda bu usul qo’llanib kelinmoqda.
Kompyuter moslashtirish testi kasb tanlash holatlarida ham qo’llaniladi, bundan tashqari davlat idoralariga, armiyalarga, ishlab chiqarish korxonalariga xodimlarni tanlashda keng tarzda qo’llaniladi. Shuning uchun quyidagi holatlarda samaralidir:

  • Kasb olamida yo’naltirishning ahamiyatliligi;

  • Jamiyatning turli sohalariga nomzodni tanlash imkoniyatining zarurligi;

  • Turli kasbiy sohalarda turli xil nomzodlarni qobiliyatiga qarab ajratish imkoniyatini mavjudligi;

  • Testni kuchli himoyalanganligi, har bir nomzod turli xil vazifalarni kompyuter tomonidan taklif qilinganligi.

Asta sekinlik bilan kompyuter moslashtirish testi guruhiy testlarda ishlatilishi mumkin.
Kompyuter aksariyat holatlarda hozirgi kunda samarali yechimlardan biri hisoblanib kelinmoqda. Hozirgi kunda kompyuter natijalarini tahlil qilish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu effektni kompyuter orqali tahlil etishda Kasbiy qiziqishlarni baholash testini misol qilib keltirishimiz mumkin. Bu D.Djekson testi hisoblanadi.
Testning o’zi D.Djekson tomonidan 1977 yil taklif qilingan, natijalar tahlili qo’lda xisoblash mumkin, biroq bu kompyuter tahlili natijasida osonroq va tezroq tahlil qilishi mumkindir.
Bu holatlar quyidagilar bilan ifodalanishi mumkin:

  • Test natijalarini individual tarzda tasvirlash va tahlil qilish;

  • Juda katta ma’lumotlarning mavjudligi, bu esa nomzodlarni boshqa sohalarda ishlash imkonimyatlarini yaratib berishi mumkin va ularni boshqa sohalarga ham tavsiya qilish imkoniyatining mavjudligi;

  • D.Djekson metodikasini asosiy omillarini tahlil qilish imkoniyatining qiziqarliligi.

Omilli tahlil asosida ko’rsatkichlar o’nta asosiy mavzular asosida tanlash imkoniyati vujudga keladi:

  • Ekspressiv;

  • Mantiqiy;

  • Tadqiqiy;

  • Amaliy;

  • Shaxsiy (qat’iyatlilik, ma’lum bir sohalarda o’zini namoyon qiladigan shaxslarni maqsadga intilganlik holatlarini shakllantirish imkoniyati);

  • Ijtimoiy;

  • Yordam berishga moyillik;

  • Ijtimoiy me’yorlarni shaxs tomonidan qiziqishi;

  • Tadbirkorlik;

  • Kommunikativlik.

Juda murakkab darajalarda kompyuter tahlil ba’zi bir testlar uchun zarur xisoblanadi. Bunday holatlarda sinaluvchilarning maxsus vaziyatlaridagi javoblari kompyuter programmalari tomonidan tahlil qilinadi, bu mashinaning xotirasida saqlangan ma’lumotlar xisoblanadi. Bu shaxs testlari uchun qo’llanilgan xisoblanadi. Masalan MMRI testlari uchun bunda shaxslarni emotsional holatlari va shaxs sifatlarini tahlil qilishi nazarda tutilgan.
Aynan kompyuter tahlilisiz bunday natijalar qiyin va imkonsiz edi. Oddiy darajada ko’pchilik zamonaviy testlar hozirgi kunda mashinalar imkoniyatiga yuklatilgan. Amerikalik psixologlar fikriga ko’ra intellektning o’ziga xosligi guruhiy omillar xisoblanadi. Har bir test turli xil vaznga ega bo’lishi mumkin, ular uchun guruhiy omillariga ta’sir ko’rsatish holatlaridan biri bu T.Kellining “Inson aqlining chorrahalari” maqolasi hisoblanadi. Bunda Kelli quyidagi omillarni kiritib o’tadi:

  • O’zaro aloqalarni makon orqali ta’siri;

  • Sonlar bilan ta’siri;

  • Verbal materiallarni ta’siri;

  • xotira;

  • tezlik.

Shu nazariya orqali R.Kettelning ko’pfaktorli nazariyasi tahlil qilinadi. U testlarni ajratib ko’rsatdi. Bu individual farqlarni ko’rinshlariga qarab ajratish imkoniyatini yaratdi.
R.Kettel tomonidan taklif qilingan birlamchi qobiliyatlar 17:

  • verbal;

  • xisob-kitobli;

  • makoniy;

  • idrokning tezligi;

  • tugatish holtining tezligi (ko’rish orqali bilish, geshtalt idrok);

  • induktiv tafakkur;

  • deduktiv tafakkur;

  • assotsiativ tafakkur;

  • mexanik bilimlar va ko’nikmalar;

  • so’z orqali tezlik;

  • fikrlarning egiluvchanligi;

  • qisqa tutashuvning egiluvchanligi;

  • originallik;

  • psixomotor koordinatsiya;

  • qo’l epchilligi;

  • musiqaviy qobiliyat va tonal sezuvchanlik;

  • nusxa ko’chirish ko’nikmasi.

Qayta omilli tahlilni yana bir bor qo’llaganda,u ikkinchi tartibga ega bo’lgan omillini ishlab chiqdi, ularning orasida asosiy flyuid va kristallashtirilgan intellekt hisoblanadi.

Kompyuterlar bizning xayotimizni osonlashtirganligiga qaramasdan, ba’zi bir holatlarda ularning natijalarini noto’g’ri tahlil qilinishiga olib kelishi mumkin. Hozirgi kunda kompyuterni natijalarini tahlil qilish oqibatida bir holatlar tahlil qilinishi mumkin. Hozirgi kunda kompyuterda testlar o’tkazishning turli xil yo’riqnomalarini kompleks tarzda ishlab chiqish vujudga kela boshladi.


Kompyuter testlari bir xil kompyuter programmalari an’anaviy blank shakllari vujudga kelishi mumkin. Bu vaziyatlarda maxsus tadqiqotlar ko’rsatkichlarini ko’rsatish zarurdir. Kompyuter moslashtirish testining maqsadi psixika rivojlanishidagi anomal qonuniyatlarni maxsus holatini tahlil qiladi. Bu o’ziga xoslik V.I.Lubovskiy tomonidan keltiriladi:

Hozirgi kunda xech kimga sir emaski psixikasi anomal rivojlanishga ega bo’lgan bolalarda kompyuter programmalarini o’zlashtirishda kuchli qobiliyatga ega ekanligini kuzatishimiz mumkin.
Natijalarni qayta ishlashda programmalashtirish imkoniyatlarining tez sur’atda oshishi kuchli xavotirni vujudga keltirmoqda. Bunda ikki asosiy tamoyilni shakllantirish imkoniyati mavjud.

  1. Testdan foydalanuvchi uchun kerakli ma’lumot keltirilishi mumkin, bunda kerakli ma’lumotlar keltirilgan, bunda uning aniqliga, validligi ko’rsatilishi kerak.

  2. Programmani tahlil qilishda klinik diagnostikada ishlatilishi mumkin, muhim qarorlar qabul qilish maslahat ma’lum bir insonga nisbatan maslahat berish qiyinchilik tug’diradi. Shuning oqibatida programmalashtirish tahlili yuqori darajadagi mutaxassislar tomonidan tahlil qilinishi kerakligini kuzatishimiz mumkin. Bunday tahlillar mutaxassisni faoliyatini yengillashtirish imkoniyatini berishi mumkin.

Bugungi kunda diagnostik testlashtirish turli sohalarda ajratib ko’rastish mumkin, bunda kompyuterning xissasi albatta kerakligini xis qilish kerakligini bilishimiz mumkin.
Birinchi soha – sinaluvchilarga vazifalarni taqdim etish. Bizning vatanimizda oxirgi yillarda ijtimoiy hayotning turli sohalarida kompyuter texnologiyalarisiz tasavvur qilishimiz mumkin. Ko’pgina boshlovchi mutaxassislar shu metodikalardan foydalanishadi. Bu mutaxassislar diagnotik amaliyot turli qonun qoidalarga amal qilmaslik holatini shakllantirish mumkin. Bunda ularning hayotida quyidagi xatoliklarni kuzatishimiz mumkin:

  • Sinaluvchilarga yo’riqnoma berish vaqtida qonun qoidalarni buzilsa;

  • Test vazifalarini bajarishda vaqt standartlariga amal qilmaslik;

  • Sinaluvchilarning javobida anglangan va anglanmagan ustanovkalarni aniqlashtirish (imo ishoralar, aytib berish va boshqalar) ga yordam berish va boshqalar.

Diagnostik vazifalarni sinaluvchilarga ko’rsatish, ularni qayd qilish, bu imkoniyatlarini kamaytirish holatini rivojlantiradi.
Eng ko’p tarqalgan verbal metodikalar sinaluvchilar tomonidan aqliy faoliyatlarni shakllantirilishi mumkin.
Ikkinchi soha – natijalarni tahlil qilish. Hozirgi kunda natijalarni tahlil qilish jarayonida turli xil muammolarni kuzatish imkoniyati mavjud. Bu muammolar sifati psixologik diagnostikadagi statistik misollar kompyuter orqali tahlil qilinishi mumkin. Statistik muammolar qonun qoidasi bir tomonlama ko’rinishi tahlil qilishi mumkin. Bu qonun qoidalarni buzilishi ob’ektivlik holatlarini shakllantirilishini kuzatishimiz mumkin.
Uchinchi soha – natijalarning tahlili. Professional psixodagnostika sohalarida psixologlar individning boshqa faoliyatiga ta’sirini kuzatishimiz mumkin. Psixologlar orasida individual farqlar insonlarning qobiliyati turlicha bo’lishi aniqlashtirilishi mumkin. Har bir kasb uchun o’zining optimal psixologik, psixofiziologik va shaxsiy xususiyat va qobiliyatlar unga yangi imkoniyatlarini shakllantirishi mumkin. Bu sharoitda kasblar olamida psixologik tahlillar taklif qilinishi mumkin.
Ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlash, ularni taxlil qilish, xisob-kitob ishlarini olib borish uchun maxsus amaliy dasturlar Sirer Sals va Yexsel yaratilgan bo’lib, ular elektron jadvallar yoxud jadval protsessori deb yuritiladi. Elektron jadvallar ayni vaktda ko’llanadigan soxalar ko’p, xususan bank va soliq tizimlarida, iktisodiy masalalarni yechishda foydalanilib kelinmokda. Ana shunday dasturlardan biri Microsoft Excel dasturidir.
MS Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo’lib, u Windows operatsion kobik dasturi boshkaruvida ishlovchi hamda ma’lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va kayta ishlashga mo’ljallangan.
MS Yexsel da tayyorlangan har bir hujjat (ma’lumotli jadval) ixtiyoriy ism va XLS kengaytmadan iborat fayl bo’ladi. Yexsel atamasida bunday fayl «Ish kitobi» (Workbook) deb yuritiladi. Har bir XLS faylida 1 tadan 255 tagacha elektron joylashishi mumkin, ularning har biri Yexse1ning ish varag’i deb yuritiladi.
Microsoft Excelning asosiy ish maydoni - bu «Ish kitobi» bo’lib, u bir yoki bir nechta ish varaklaridan iborat. Ish varag’ida buxgalter (xisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, xisoblar, qator va ustunlarda joylashgan bo’ladi. Yexselning buxgalter kitobidan asosiy farqi barcha xisob ishlarini uning o’zi bajaradi, lekin ma’lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasida koladi.
Yexsel elektron jadvali 16384 qator (row) va 256 ustun (column) dan iborat. Qatorlar 1dan 16384gacha bo’lgan butun sonlar bilan tartiblangan, ustunlar esa lotin alifbosining bosh harflari (A, V, ... , 2, AA, AV, ... , IV) bilan belgilangan. Qator va ustun kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi -yacheyka (cell) joylashgan. Har bir yacheykaga son, matn yoki formula tarzidagi ma’lumotlar kiritiladi. Ustun kengligini va qator balandligini o’zgartirish ham mumkin.
Inson o’z ish faoliyati davomida ko’pincha biror kerakli ma’lumot olish uchun bir xil, zerikarli, ba’zida esa murakkab bo’lgan ishlarini bajarishga majbur bo’ladi. Microsoft Excel, dasturi mana shu ishlarni osonlashtirish va kizikarli qilish maksadida ishlab chiqilgandir.
Microsoft Excel elektron jadvali hisoblash vositasi sifatida karalib iktisodiy va moliyaviy masalalarni yechishda yordam beribgina kolmay, balki har kungi harid kilinadigan ozik-ovkatlar, uy ro’zgor buyumlari hamda, bankdagi xisob rakamlari xisob-kitobini olib borishda ham yordam beruvchi tayyor dasturdir.
Excel elektron jadvalining asosiy elementlari
Microsoft Exceldagi barcha ma’lumotlar jadval ko’rinishida namoyon bo’lib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) ma’lum kismigi boshlang’ich va birlamchi ma’lumotlar kiritiladi, boshka boshka kismlari esa har xil arifmetik amallar va boshka boshlangiya ma’lumotlar ustida bajariladigan boshka amallar natijalaridan iborat bo’lgan axborotlardir.
Elsktron jadval yacheykalariga uch xil ma’lumotlarni kiritish mumkin
- Matnli
- sonli ifodalar
- formulalar.
Matnli ma’lumotlar sarlavxa, belgi, izoxlarni o’z ichiga oladi.
Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir.
Formulalar - kiritilgan sonli qiymatlar bo’yicha yangi qiymatlarii hisoblaydigan ifodalardir.
Formulalar har doim «=» belgisini qo’yish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan keyin shu formula asosida xisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil bo’ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri o’zgartirilsa, Excel avtomatik ravishda yangi ma’lumotlar bo’yicha xisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil kilib beradi.
Excelning asosiy ishlov berish ob’ekti hujjatlar (dokumentlar) xisoblanadi. Excel hujjatlari (dokumentlari) ixtiyoriy nomlanadigan va XLS kengaytmaciga ega bo’lgan fayllardir. Excel da bunday fayllar «Ishchi kitob» deb ataladi. Har bir Ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni o’z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «ishchi varag’i deb ataladi». Har bir ishchi- varak o’z nomiga ega bo’ladi. Ishchi kitobni hosil qilish uchun Microsoft Excel dasturini ishga tushirish zarur.
Yexse1 dasturini ishga tushirish va ishni tugatish
Excel 2000 dasturini yuklashdan oldin, Windows 2000 (Windows 95-98) dasturini yuklash lozim. Bu esa sodda, ya’ni ko’pchilik kompyuterlarda kompyuter yuklanishi bilan amalga oshiriladi. Yuklash jarayoni quyidagicha: kompyuter yokiladi, zkranda mulokat darchasi paydo bo’lib, foydalanuvchi ismi va paroli so’ralsa, u kiritiladi va [Yenter] tugmachasi bosiladi.
Odatda MS Excelga mos keluvchi piktogramma Microsoft office darchasida joylashgan bo’ladi. Bunday vaziyatda Yexse1ni ishga tushirish uchun Excelga mos piktogramma ustida «sichqoncha» tushachasi bosiladi.
Agar Excel dasturiga mos keluvchi piktogramma darchada bo’lmasa, u xolda Yexse1ni yuklash uchun quyidagi tartibda ish tutiladi:
- «sichqoncha» ko’rsatkichi ekranning qo’yi kismida joylashgan «Pusk» (start) tugmachasiga keltirilib chap tugmachasi bosiladi, so’ngra «Zapusk» (start) menyusi ochiladi;
- «sichqoncha» ko’rsatkichi «Programmы bandiga keltiradi va bosiladi;
- dasturlar ro’yxatidan Microsoft Excel tanlanadi va «sichqoncha» tugmachasi bosiladi, natijada Excel dasturining dastlab zarvarag’i, so’ngra umumiy ko’rinishdagi ish stoli ekranga chikadi (3-rasm).

1-rasm. MS Excel ish stoli


Yexsel ishga tushgandan so’ng, ekranda uning ish stoli - elektron jadval hosil bo’ladi. Elektron jadvalning yukori kismida sarlavxa satri menyu satri, uskunalar majmuasi joylashgan. Uskunalar Yexsel buyruqlarining aksariyatini va ko’shimcha amallarni bajarish uchun mo’ljallangan.

Yexse1 2000
«Fayl «
buyruqlar
to’plami
Buyruqlari



-yangi jadval yaratish ..
-xotiradagi jadvalni yuklash...
-faylni yopish
-fayl(jadval)ni xotirada saklash
-fayl (jadval)ni nom bilan xotirada saklash...
-WEB caxifa kabi nom bilan xotirada saklash...
-ish soxasini xotirada saklash...

-WEB saxifani ko’zdan kechirish


-saxifa parametrlarini o’rnatish...
-chop kilinadigan soxani aniklash
-jadvalni ko’zdan kechirish
-fayl (jadval)ni chop qilish...
-fayl (jadval)ni manzilga yuborish
-fayl xossalari

-oxirgi fayllar ro’yxati



Jadvalni tahrirlash. «Pravka» bo’limi
Eslatma. Windows 3.1 da Yexse1 5.0 versiyasini yuklash yutsoridagidan farqli o’larok, Microsoft office guruhida Yexse1 piktogrammasi ustida «sichroncha» tugmachasini ikki marta bosshi ortsali yuklanadi.

Psixologik ma’lumotlarni, xususan, tadqiqot natijalarni matematik-statistik tahlil qilish va uni qayta ishlashda bir necha dasturlar yaratilgan bo’lsa-da, bugungi kunda SPSS dasturining imkoniyatlaridan keng foydalanib kelinmoqda. Chunki, ushbu dastur orqali tadqiqot natijalarini qayta ishlash juda qulay hisoblanadi.1 Dasturning yaratilishi tarixi, ishlatish mexanizmlari, uning imkoniyatlari, o’lchov shkalalari shuningdek, amaliyotdagi tadbig’i bilan bog’liq jihatlariga e’tibor qaratsak.

SPSS dasturi asoschilari politologiya sohasida ta’lim olayotgan ikki talaba, Norman Nay (Norman Nie) i Deyl Vent (Dale Bent)lardir. Ular 1965 yilda San-Frantsiskodagi Stenford universitetida statistik ma’lumotlarni tahlil qilish imkonini beruvchi kompyuter dasturlarni topishga harakat qilganlar.


Download 154.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling