2-mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi Reja


Ilk o’rta asrda tasavvuf va islom ilohitshunoslik ta’limotlari. Ularning dunqarash mazmuni


Download 98.57 Kb.
bet11/15
Sana13.11.2023
Hajmi98.57 Kb.
#1771578
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2-mavzu Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Sharq falsaf-www.hozir.org

Ilk o’rta asrda tasavvuf va islom ilohitshunoslik ta’limotlari. Ularning dunqarash mazmuni. Tasavvuf
o`rta asrlar musulmon Sharqida keng tarqaladi. Bu ta'limot dastlab VIII asr o`rtalarida Iroqda yuzaga kelgan. Tasavvuf 
ta'limoti asosida inson faoliyati va uning kamoloti yotadi. Turkiston va Movarounnahrning turli o`lkalarida
tasavvufning turli tariqatlari paydo bo`ladi. Turkistonda XII asrda Yassaviya, XII asr oxirida Xorazmda Kubroviya, 
XIV asrda Buxoroda Naqshbandiya va boshqalar vujudga keladi. Movarounnahrda keng yoyilgan tasavvuf Yassaviya
tariqati bo`lib, unga Ahmad Yassaviy asos soladi. Tariqatning asoslari Yassaviyning mashhur "Hikmat" asarida bayon 
etiladi. Ahmad Yassaviyning fikricha, shariatsiz tariqat, tariqatsiz ma'rifat, ma'rifatsiz haqiqat bo`la olmaydi. Ularning
har biri ikkinchisini to`ldiradi va takomillashtiradi. Yassaviy tariqatining asosida kamolotga uzlat va tarkidunyochilik 
orqali yetishish g`oyasi olg`a suriladi. Unga faqat bu dunyo rohati va farog`atidan voz kechib, uzlatda toat va ibodat
yo`lida zahmat chekib, mashaqqatli mehnat qila olgan kishigina yetib boradi. Xullas, Yassaviy tariqatida mashaqqatli 
mehnat va aziyat shariat yo`lida bo`lmog`i hamda tarkidunyochilik targ`ib etilsa-da, inson zoti sharif darajasida
ulug`lanadi. Insonning har qanday mol-dunyodan va davlatdan ustun turishi ta'kidlanadi. 
Tasavvuf ta'limotining buyuk siymolaridan yana biri Najmiddin Kubro (1145-1221) edi. U Xorazmda
"Kubroviya" tariqatiga asos soladi. Yassaviy tariqatidan farqli o`laroq, Kubroviya tariqati tarkidunyochilikni rad 
etadi. Kamolot yo`lida olib boriladigan mashaqqatli mehnat jarayonida bu dunyo noz-ne'matlaridan bahramand
bo`lishning joizligi g`oyasi ilgari suriladi. Kubroviya tariqatida xalqqa va Vatanga bo`lgan muhabbat nihoyatda kuchli 
bo`lib, har qanday og`ir damlarda ham omma bilan birga bo`lish, Vatanni mudofaa qilish va uning mustaqilligi uchun
16
Ибн Сина. Канон врачебной науки. Кн. 1. – Т.: Фан, 1986. –С.41 

17
O’sha manba, –B. 99. 


18
Qarang: Ibn Sinо. Dоnishnоma. – T.: Fan, 1976. – 264-b. 

19
Qarang: Ибн Сино. Избранние философские произведения. – М.: Наука, 1980. – Б.30. 


20
Ибн Сина. Книга спасения. – Т.: Шарк, 1986. – Б.31.

21
Qarang: Ibn Sinо. Dоnishnоma. – T.: Fan, 1976. – 266-b 


22
Ibn Sinо. Dоnishnоma. – T.: Fan, 1976. – 267-b. 


kurashga da'vat etiladi.


Tasavvuf XIV asrda naqshbandiya tariqatida yanada rivoj to’adi. _ Unga Bahouddin Naqshband asos soladi. 
U 1318-yilda Buxoro yaqinida Qasri Hinduvon qishlog`ida matolarga naqsh bosuvchi hunarmand oilasida dunyoga
keladi. Yoshligida o`qish va ta'lim olish bilan bir qatorda kimxob matoga gul bosishni ‘uxta o`rganib, ota kasbi 
naqqoshlikni egallagan.
Xoja Bahouddin "Hayotnoma" va "Dalil al-oshiqin" nomli asarlar , yozib, o`z tariqatini yaratadi. Naqshbandiya 
tariqati Movarounnahr, Xuroson va Xorazmda keng tarqaladi. Naqshbandiya tariqati insonlarni halol va pok bo`lishga,
o`z mehnati bilan kun kechirishga, muhtojlarga xayr-ehson berishga, sofdil va kamtar bo`lishga chaqiradi. Uning "Dil 


ba yoru dast ba kor" ("ko`ngil Allohda bo`lsin-u, qo'1 ish bilan band bo`lsin") degan hikmati Naqshbandiya
tariqatining hayotiy mohiyatini ifodalaydi. U tarkidunyochilikni rad etib, mehnatsevarlik, odillik va bilimdonlikni 
targ`ib etadi. Naqshbandiya ta'limoti taraqqiyotiga keyingi asrlarda Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Xo`ja Ahror
kabi buyuk allomalar katta hissa qo`shadilar. 
Mustaqillik sharofati bilan Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro singari
bobokalonlarimizning aziz nomlari tiklandi, qadamjolari obod etildi. Asarlari chop etilib, ularning bebaho ma'naviy 
meroslaridan hozirgi avlodlar bahramand bo`lmoqdalar.

Mafkura — ma'lum maqsadni ro`yobga chiqarish uchun xizmat qiluvchi g'oyalar yig'indisi.
Tasavvuf (sufiylik) - musulmonlarni halollikka, poklikka, tenglikka, inson qadr-qimmatini yerga urmaslikka 
chorlovchi, har kimni o`zining halol mehnati bilan yashashga, boshqalarnlng kuchidan foydalanmaslikka davat
etuvchi ta'limot. 
Tariqat — tasavvuf qoidalarlga amal qllib yashash, ya'ni, komil inson darajasiga erishishni ko`rsatuvchi to'g'ri
yo'l.


Download 98.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling