2-mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi Reja


Qadimgi Hindistonda falsafiy maktablar


Download 98.57 Kb.
bet2/15
Sana13.11.2023
Hajmi98.57 Kb.
#1771578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2-mavzu Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Sharq falsaf-www.hozir.org

Qadimgi Hindistonda falsafiy maktablar. Qadimgi Hindiston ham insoniyat madaniyatining
beshiklaridan biridir. Unga xos dastlabki ta`limotlar yozma manba - «Veda»larda o`z aksini to’gan. «Veda»lar 
eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan bo`lib, mutaassib dindor hindu uchun oliy muqaddas ilm va
bashorat kitobidir. Hindular «Veda»ni oliy tangri Braxma tomonidan aytilgan so`zlar deb biladi. «Veda»da 
hindularning qadimgi tarixi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlari aks etgan.
«Veda»lar bizgacha to`rtta to`’lam (samxitlar) shaklida etib kelgan. Bular «Rigveda», «Samaveda», 
«Yajurveda», «Adxarvaveda»dir.


Hind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashhur bo`lgan manbalarda ham o`z aksini topgan.


«Upanishadalar» sirli bilim degan ma`noni anglatib. «Veda»larning falsafiy qismini tashkil etadi. 
«Upanishadalar» yaxlit kitob eki falsafiy risola bo`lmay, balki turli vaqtda turli mavzuda ijod etgan noma`lum
mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi har xil va turlicha falsafiy qarashlar mahsulidir.
Qadimgi hind falsafiy maktablar ikki guruhga bo`linadi. Hindistonlik faylasuflar bu guruhlarni astika
va nastika deb ataydi. Vedanta, sank`ya, yoga, vaysheshika, n`yaya va mimansa - astika guruhiga kiruvchi
falsafiy maktablar. Ushbu maktablarning tarafdorlari «Veda»ning muqaddasligini tan olib, birdan-bir haqiqat
undagina ifodalangan, deyishadi. Chorvaka-lokayata, buddizm va jaynizm - nastika guruhiga kiradi.
Chorvaka-loyata, tarafdorlari materialistik ta`limotni ilgari surganlari uchun «Veda»ning muqaddasligini
tan olishmaydi hamda olam ilohiy kuch tomonidan yaratilmagan, «Veda» haqiqiy bilim bermaydi, deb 
ta`kidlashadi. Buddizm va Jaynizm diniy-falsafiy maktablar bo`lishiga qaramay, ular ham «Veda»ning
muqaddasligini tan olmagan. Sankx`ya qadimgi Hindistondagi dualistik falsafiy maktab bo`lib, olam asosida modiy 
unsur (prakriti) modda va ruh (purusha) etadi, deb hisoblaydi. Bu yo`nalishga, asosan, olamdagi barcha narsalar
ikki unsurning turli teng miqdorda (proportsiyada) birikishidan yuzaga keladi, olam sababiyat orqali rivojlanadi,
olamda uchta sabab mavjud, deyiladi. Ular quyidagilardir: moddiy sabab, yaratuvchi sabab aloqador bo`lmagan
sabab.

«Upanishada»da deyarli har qanday hodisa harakat va qarama-qarshilik nuqtayi nazaridan qaraladi. Braxman


ikki qiyofa: jismoniy va jismsiz, o’ladigan va o’lmas, harakatsiz va harakatchan ko’rinishlarga ega. «Upanishada»da 
Atman – bu ham tana, ham individual jon. Braxman va atman bir-biri bilan o’zaro bog’liq «Hamma narsa Braxman,
Braxman esa atmandir», deyiladi. Atman o’zgaruvchan, uning turli holatlari mavjud: uyg’oqlik; tushli uyqu; tushsiz 
uyqu; turiya (atman hech narsani his qilmaydigan, o’z-o’ziga teng bo’ladigan holat).

Download 98.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling