2 Mavzu: Fuqarolik javobgarligi to’g’risida tushuncha Reja


Zarar, ayb va qonunchilikka zid harakatlar to’g’risida tushunchalar


Download 36.36 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi36.36 Kb.
#1543317
1   2   3   4   5
Bog'liq
2mavzu huquqiy javob

Zarar, ayb va qonunchilikka zid harakatlar to’g’risida tushunchalar
Zarar – fuqarolik huquqida bir shaxsning qonunga xilof harakati bilan ikkinchi bir shaxsga yetkazilgan pul shaklidagi ziyonidir. Zarar deganda, birinchidan, kreditorning sarf – xarajati, ikkinchidan, uning mol – mulkining yo’qolishi yoki unga shikast yetkazilishi va uchinchidan, qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarganida olishi mumkin bo’lgan daromad, ya’ni olinmagan daromad tushuniladi.
Zarar deganda, huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim bo’lgan xarajatlari, uning mol – mulki yo’qolishi yoki shikastlanishi, haqiqiy zarar hisoblanadi.
Zarar yetkazgan shaxs, agar zarar o’z aybi bilan yetkazilmaganini isbotlasa, zararni to’lashdan ozod qilinadi. Qonunda zarar yetkazgan shaxsning aybi bo’lmagan taqdirda ham zararni to’lash nazarda tutilishi mumkin.
Ayb – javobgarlikka tortishning zarur shartidir. Aybning ikki shakli mavjud: qasddan qilingan va ehtiyotsizlik bilan qilingan ayb. O’zbekiston Respublikasining jinoyat huquqiga ko’ra, qasddan qilingan jinoyat uchun qattiq jazo beriladi. Aniq bir shaxsga jinoyatni sodir qilganlik to’g’risidagi ayblovni e’lon qilish ayb qo’yish deyiladi. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 9 – moddasiga asosan, shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xatarli qilmishlari uchungina javobgar bo’ladi.
Jamiyatda o’rnatilgan va qonun asosida belgilangan tartib yoki umuman ijtimoiy yashash qoidalarini buzish – qonunchilikka zid harakatlar hisoblanadi. Qonunchilikka zid harakatlar o’z xususiyatlariga ko’ra jinoyat, nojo’ya harakat, intizomni buzish shaklida bo’ladi. Ko’p hollarda huquqbuzarlik qonunbuzarlik so’zi bilan hamohang bayon etiladi. Barcha huquqbuzarliklar – jinoyat emas. SHu bilan birga, qonunbuzarliklarning barchasi jinoyat bo’lmasligi mumkin. Jinoyat deb aytish uchun uning o’ziga xos belgilari bo’lishi zarur.
Yo’l – transport hodisasida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik 133 – modda. Transport vositalari haydovchilarining yo’l harakati qoi dalarini buzishi, jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdor-da moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi – eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yildan uch yil muddatgacha mahrum etishga sabab bo’ladi.
Ancha miqdordagi moddiy zarar deganda, eng kam ish haqining uch – besh baravari miqdoridan oshib ketgan zarar tushuniladi.
134 – modda. Haydovchilarning yo’l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol – mulkning shikastlanishiga olib kelishi.
Transport vositalari haydovchilarining yo’l harakati qoidalarini buzishi transport vositalari, yo’l harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol – mulk shikastlanishiga olib kelsa, lekin ancha miqdorda moddiy zarar yetkazmasa, – o’rnatilgan eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yil muddatgacha mahrum etishga sabab bo’ladi.

Download 36.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling