2 Mavzu: Fuqarolik javobgarligi to’g’risida tushuncha Reja
Etkazilgan zarar uchun moddiy javobgarlik to’g’risida tushuncha
Download 36.36 Kb.
|
2mavzu huquqiy javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy javobgarlikning vujudga kelish holatlari va uning turlari, cheklangan va to’liq moddiy javobgarlik
Etkazilgan zarar uchun moddiy javobgarlik to’g’risida tushuncha
Etkazilgan zarar uchun moddiy javobgarlik asosan O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi. Mehnat shartnomasining bir tarafi, ya’ni ish beruvchi yoki xodim mehnat sohasidagi vazifalarni bajarish munosabati bilan boshqa tarafga yetkazgan zararini Fuqarolar kodeksi va mehnat to’g’risidagi boshqa normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarga muvofiq qoplaydi. Zarar yetkazilgandan keyin mehnatga oid munosabatlarning bekor qilinganligi mehnat shartnomasi taraflarini moddiy javobgarlikdan ozod qilishga sabab bo’lmaydi. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 186 – moddasiga asosan, mehnat shartnomasining bir tarafi o’zining g’ayriqonuniy aybli xulq – atvori harakat yoki harakatsizligi natijasida boshqa tarafga yetkazgan zarari uchun, basharti, Fuqarolar kodeksida boshqacha holat nazarda tutilmagan bo’lsa, moddiy javobgar bo’ladi. Taraflarning har biri o’ziga yetkazilgan moddiy zararning miqdorini isbotlab berishi shart. Moddiy javobgarlikning vujudga kelish holatlari va uning turlari, cheklangan va to’liq moddiy javobgarlik O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 12 – bobining 185 – 186 – mod dalari mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi, 187 – 197 – moddalari xodimga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi, 198 – 210 – moddalari moddiy javobgarlik masalalariga bag’ishlangan. Umumiy qoida bo’yicha, qarzdor kreditorga yetkazilgan zararni to’liq qoplashi kerak. Qonun ayrim turdagi majburiyatlar bo’yicha qarzdorning javobgarligini cheklashi mumkin. Masalan, saqlash uchun topshirilgan mulk yo’qolganda, kamomad yoki shikast yetkazilganda, agar qonun yoki shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, saqlovchi mulk egasiga olinmagan foydani to’lashi shart emas. Yuk yo’qolganda, yoki kamomad bo’lganda, transport tashkiloti faqat uning haqiqiy narxini to’lashga majbur, agar yukka shikast yetkazilgan yoki buzilgan bo’lsa, faqat uning qiymati to’lanadi. Qonun hujjatlarida yoki shartnomada jabrlanuvchilarga zararni to’lashdan tashqari tovon to’lash majburiyati belgilab qo’yilishi mumkin. Qonuniy harakatlar tufayli yetkazilgan zarar qonunda nazarda tutilgan hollarda to’lanishi lozim. Agar zarar jabrlanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan yetkazilgan bo’lsa, zarar yetkazgan shaxsning harakatlari esa jamiyatning axloqiy tamoyillarini buzmasa, zararni to’lash rad etilishi mumkin. 1004 – modda. Jabrlanuvchining aybini va zarar yetkazgan shaxsning mulkiy holatini hisobga olish jabrlanuvchining qasddan ish ko’rishi natijasida yuzaga kelgan zarar to’lanmaydi. Agar jabrlanuvchi o’zining qo’pol ehtiyotsizligi tufayli zararning yuzaga kelishiga yoki ortishiga ko’maklashgan bo’lsa, unda jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab tovon miqdori kamaytirilishi lozim. Yo’qotilgan ish haqini, ya’ni daromadlarni aniqlashda jabrlanuvchiga mayib bo’lishi yoki sog’lig’iga boshqacha shikast yetishi sababli tayinlangan nogironlik pensiyasi, xuddi shuningdek, sog’lig’iga zarar yetkazilmasidan oldingi va undan keyingi boshqa turdagi pensiyalar, nafaqalar va boshqa shunga o’xshash to’lovlar e’tiborga olinmaydi va zararni qoplash miqdorini kamaytirishga sabab bo’lmaydi, ya’ni zararni qoplash hisobiga kiritilmaydi. Zararni qoplash hisobiga, shuningdek, jabrlanuvchi sog’lig’iga shikast yetkazilganidan keyin oladigan ish haqi, ya’ni daromadi ham kiritilmaydi. Qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan ushbu moddaga muvofiq jabrlanuvchiga tegadigan to’lov hajmi va miqdori ko’paytirilishi mumkin. Jabrlanuvchi qo’pol ehtiyotsizlik qilganda va zarar yetkazuvchining aybi bo’lmaganda, uning javobgarligi aybidan qat’i nazar, yuzaga kelgan hollarda, tovon miqdori kamaytirilishi lozim yoki, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, zararni to’lash rad etilishi mumkin. Fuqaroning hayoti yoki sog’lig’iga zarar yetkazilganda, tovon to’lashni rad etishga yo’l qo’yilmaydi. Download 36.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling