2 Mavzu: Fuqarolik javobgarligi to’g’risida tushuncha Reja


Ma’naviy ziyon to’g’risida tushuncha va uning vujudga kelish shartlari


Download 36.36 Kb.
bet5/5
Sana17.06.2023
Hajmi36.36 Kb.
#1543317
1   2   3   4   5
Bog'liq
2mavzu huquqiy javob

Ma’naviy ziyon to’g’risida tushuncha va uning vujudga kelish shartlari
Ma’naviy ziyon – zararni qoplash O’zbekiston Respublikasi Fuqarolar kodeksiga asosan moddiy ne’matlarni himoya qilishning usullaridan biridir.
Ma’naviy zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va ma’naviy azoblarning xususiyatiga, shuningdek, ayb tovon to’lashga asos bo’lgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi. Zararni qoplash miqdorini aniqlashda oqilonalik va adolatlilik talablari e’tiborga olinishi lozim.
1021 – modda. Umumiy qoidalar. Ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybi bo’lgan taqdirda, zarar yetkazuvchi tomonidan qoplanadi.
Jismoniy va ma’naviy azoblarning xususiyati ma’naviy zarar yetkazilgan haqiqiy holatlar va jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olingan holda sud tomonidan baholanadi.
Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sog’lig’iga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo’lgan, qishloq xo’jaligi tovar mahsulotlari ishlab chiqaruvi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsda mablag’ bo’lmagan yoxud yetarli bo’lmagan taqdirda, undirilishi lozim bo’lgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan to’lanadi. Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham mazkur summalar davlat tomonidan to’lanadi.
Qo’shimcha xarajatlarni to’lashda, boquvchisining vafoti munosabati bilan ko’rilgan zararni to’lashda, shuningdek, dafn etish xarajatlarini to’lashda jabr lanuvchining aybi hisobga olinmaydi.
Sud fuqaro tomonidan yetkazilgan zararni qoplash miqdorini, uning mulkiy holatini hisobga olib, kamaytirishi mumkin, zarar qasddan qilingan harakatlar, harakatsizlik tufayli yetkazilgan hollar bundan mustasno.
Ma’naviy ziyonni qoplash
1022 – modda. Ma’naviy zararni qoplash usuli va miqdori.
Ma’naviy zarar pul bilan qoplanadi.
Ma’naviy zarar to’lanishi lozim bo’lgan mulkiy zarardan qat’i nazar qoplanadi.
1015 – modda. Yuridik shaxs bekor qilingan taqdirda zararning qoplanishi. Hayot va sog’liqqa yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar deb topilgan yuridik shaxs qayta tuzilgan taqdirda, tegishli to’lovlarni to’lash majburiyati uning huquqiy vorisi zimmasida bo’ladi. Zararning o’rnini qop lash to’g’risidagi talabnoma ham unga taqdim etiladi.
Ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qat’i nazar, quyidagi hollarda qoplanadi, agar:
zarar fuqaroning hayoti va sog’lig’iga oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan bo’lsa;
zarar fuqaroga uni qonunga xilof tarzda hukm qilish, qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq – atvorda bo’lish haqida tilxat olishni qonunga xilof tarzda qo’llanish, qonunga xilof tarzda ma’muriy jazo qo’llanish va qonunga xilof tarzda ushlab turish natijasida yetkazilgan bo’lsa;
zarar or – nomus, qadr – qimmat va ishchanlik obro’ – e’tiborini haqoratlovchi ma’lumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan bo’lsa;
qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Fuqaro mayib qilinganda yoki uning sog’lig’iga boshqacha shikast yetkazilganda jabrlanuvchi oladigan yoki muayyan ravishda olishi mumkin bo’lgan yo’qotilgan ish haqi daromadlari, shuningdek, salomatligiga shikast yetkazilishi tufayli qilgan qo’shimcha xarajatlari, shu jumladan, davolanish, qo’shimcha ovqatlanish, dori – darmonlar sotib olish, protez qo’ydirish, birovning parvarishida bo’lish, sanatoriy – kurortda davolanish, maxsus transport vositalarini sotib olish, boshqa kasbga tayyorgarlikdan o’tish xarajatlari, agar jabrlanuvchining ana shu yordam va parvarish turlariga muhtojligi hamda ularni bepul olish huquqiga ega emasligi aniqlansa, o’rni qoplanishi lozim.
Download 36.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling