2 Mavzu: Fuqarolik javobgarligi to’g’risida tushuncha Reja


Etkazilgan moddiy zararni qoplash


Download 36.36 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi36.36 Kb.
#1543317
1   2   3   4   5
Bog'liq
2mavzu huquqiy javob

Etkazilgan moddiy zararni qoplash
Etkazilgan moddiy zararni qoplash va moddiy javobgarlik, asosan, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.
Fuqarolar kodeksining 985 – moddasiga muvofiq, g’ayriqonuniy harakat yoki harakatsizlik tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol – mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek, yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, zararni yetkazgan shaxs tomonidan to’liq hajmda qoplanishi lozim. Qonunda zararni to’lash majburiyati zarar yetkazuvchi bo’lmagan shaxsga yuklatilishi mumkin.
Hayot va sog’liqqa yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar deb topilgan yuridik shaxs tugatilgan taqdirda, tegishli to’lovlar ularni qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga ko’ra jabrlanuvchiga to’lash uchun kapitallashtirilishi lozim.
Tugatilayotgan yuridik shaxsning mol – mulki yo’qligi yoki yetarli emasligi sababli to’lovlarni kapitallashtirish mumkin bo’lmagan hollarda, belgilangan summalar jabrlanuvchiga davlat tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda to’lanadi.
14 – modda. Zararni qoplash.
Agar qonun yoki shartnomada zararni kamroq miqdorda to’lash nazarda tutilmagan bo’lsa, huquqi buzilgan shaxs o’ziga yetkazilgan zararning to’la qoplanishini talab qilishi mumkin. Agar huquqni buzgan shaxs buning natijasida daromad olgan bo’lsa, huquqi buzilgan shaxs boshqa zarar bilan bir qatorda boy berilgan foydani bunday daromaddan kam bo’lmagan miqdorda to’lanishini talab qilishga haqli.
985 – modda. Zarar yetkazganlik uchun javobgarlikning umumiy asoslari g’ayriqonuniy harakat, harakatsizlik tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol – mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek, yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan, boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan to’liq hajmda qoplanishi lozim.
1003 – modda. Zararning o’rnini qoplash usullari.
Sud zararni qoplash to’g’risidagi talabni qanoatlantirar ekan, ish holatlariga muvofiq ravishda, yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsga zararni aslicha qoplash, ya’ni o’shanday turdagi va sifatdagi ashyoni taqdim etish, shikastlangan ashyoni tuzatish va hokazo yoki yetkazilgan zararni to’lash majburiyatini yuklaydi.
15 – modda. Davlat organlari va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan yetkazilgan zararni to’lash Davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining g’ayriqonuniy harakatlari, harakatsizligi, shu jumladan, davlat organi yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq bo’lmagan hujjat chiqarilishi natija-
sida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar davlat tomonidan yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi tomonidan to’lanishi kerak.
Davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining aybi bilan yetkazilgan zararlarni qoplash sudning qarori bilan shu mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi mumkin.

Download 36.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling