2-mavzu. Iqtisodiy bazis tushunchalar Reja


Download 42.96 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi42.96 Kb.
#1541532
  1   2   3   4
Bog'liq
2-мавзу


2-mavzu. Iqtisodiy bazis tushunchalar
Reja

  1. Iqtisodiy ehtiyoj va iqtisodiy ne`matlar mazmuni va mohiyati.

  2. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ulardan foydalanish.

  3. Pozitiv va normativ tahlil.

  4. Tovarlar oqimi modeli. Kichik doiraviy aylanish.

Tayanch so’z va iboralar: Iqtisodiy ehtiyoj, o`rnini bosuvchi va to`ldiruvchi ne`matlar, iqtisodiy resurslar, tadbirkorlik qobiliyati, alternativ xarajat, qaytarilmaydigan xarajat, ishlab chiqarish imkoniyati, transformatsiya koeffitsienti, pozitiv va normativ tahlil, tovarlar oqimi modeli.
1. Iqtisodiy ehtiyoj va iqtisodiy ne`matlar mazmuni va mohiyati.
Har qanday jamiyatda noyob ne`matlarni taqsimlash muammosi turadi. Ne`mat deganda, biz tovarlar, xizmatlar va resurslarni tushunamiz. Ne`matlar noyobligi deganda-iqtisodiy sub`ektlardagi mavjud ne`matlar zahirasining shu ne`matlarga ehtiyoj sezgan xaridorlarning talablarini etarli darajada qondira olmasligi tushuniladi. Ne`matlar noyobligi-bu biror tovar yoki resurs hajmining ma`lum vaqt oralig`ida chegaralanganligidir. SHuning uchun ham ne`mat noyobligi, ne`matning fizik nuqtai nazardan chegaralanganligidan farq qilib, u nisbiydir, ya`ni ne`matning hajmi hozirgi vaqtda unga bo`lgan talabni qondirish uchun etarli emas.
Noyob ne`matlarni ikki turga bo`lish mumkin: ishlab chiqarish resurslari va ular asosida ishlab chiqariladigan iste`mol ne`matlar.

“The second fundamental fact is that resources are limited or scarce. By economicresourceswe mean all natural, human, and manufactured resources that go into the


production of goods and services. That includes all the factory and farm buildings
and all the equipment, tools, and machinery used to produce manufactured goods
and agricultural products; all transportation and communication facilities; all types
of labour; and land and mineral resources. Economists classify all these resources as
eitherpropertyresources-land and raw materials and capital-or humanresources-
labour and entrepreneurial ability.”1.

Ishlab chiqarish resurslarini takror ishlab chiqarilishi bo`yicha ham ikki turga bo`lish mumkin: takror ishlab chiqariladigan ishlab chiqarish resurslari (bunga qishloq xo`jalik mahsulotlaridan paxta, don va boshqa mahsulotlarni misol sifatida keltirish mumkin, ular har yili takror ishlab chiqariladi. Xuddi shunday mehnat resurslari ham takror ishlab chiqariladi), takror ishlab chiqarilmaydigan, fizik nuqtai nazardan chegaralangan ishlab chiqarish resurslari (foydali qazilma boyliklarni misol sifatida qarash mumkin: temir, ko`mir, oltin va hokazo).


Agar ne`mat noyob bo`ladigan bo`lsa, u holda cheklangan ne`matlarni qanday qilib iqtisodiy sub`ektlar o`rtasida ratsional taqsimlashni amalga oshirish muammosi-bu markaziy iqtisodiy muammo hisoblanadi. Bu muammoni echish uchun har qanday jamiyat quyidagi uchta iqtisodiy savolga javob berishi kerak:

Download 42.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling