2-mavzu. Iqtisodiy tahlilning metodi va unda qo‘llaniladigan an’anaviy usullar reja


Iqtisodiy tahlilning oddiy-an’anaviy usullari. An’anaviy usullar


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana09.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1469981
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2-MAVZU. IQTISODIY TAHLILNING METODI VA UNDA QO‘LLANILADIGAN AN’ANAVIY USULLAR (1)

2.3.Iqtisodiy tahlilning oddiy-an’anaviy usullari. An’anaviy usullar 
mohiyati hamda ulardan foydalanish tartibi. 
Tahlilda rioya qilish muhim shartlardan biri – ko‘rsatkichlarning taqqosla-
nuvchanligini ta’minlashdir. Tahlil xulosalari to‘g’ri chiqishi uchun faqat sifat 
jihatidan bir xil kattaliklarni qiyoslash mumkin.
Ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchan emasligi turli sabablarga ko‘ra kelib 
chiqishi mumkin: turli narxlar mavjudligi, faoliyat hajmi, tarkibiy (strukturali) 
o‘zgarishlar; mahsulotlar sifati bir xil emasligi; tanlangan vaqt kesimining har 
xilligi; faoliyatning bir xil bo‘lmagan har xil boshlang’ich sharoiti (texnik, tabiiy, 
iqlim va boshqalar); ko‘rsatkichlarni hisoblash usullarining turlichaligi
korxonaning hisob siyosatining o‘zgarishi va h.k. O‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar 
taqqoslanuvchanligini ta’minlash uchun yuqorida sanab o‘tilgan omillar bo‘yicha 
ularni yagona bazaga olib kelish zarur.
Birinchi navbatda qiymat ko‘rsatkichlarning kattaligiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
(ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar qiymati, tushum, tannarx, foyda, material 
xarajatlari hajmi, zahiralar, asosiy vositalar kabilar) inflyatsiya bilan aloqadorlikda 
narx o‘sishini e’tiborga olmoq kerak. Ushbu omilning ta’sirini bartaraf etish 
uchun taqqoslanayotgan ko‘rsatkichlar bir xil narxda ifodalanadi.
Iqtisodiy tahlilda mahsulotlarning jami mahsulot tarkibidagi salmog’i yoki 
ulushi, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish sturkturasining o‘zgarishi ham mazkur 
ko‘rsatkichlarning 
taqqoslanuvchanligiga 
putur 
yetkazadi. 
Shuning 
uchun 
taqqoslanayotgan ko‘rsatkichlarni bir xil strukturaga keltirish uchun haqiqatdagi 
mahsulot hajmi bazis davr strukturasiga mos ravishda qayta hisoblanishi zarur.
 
“Obod turmush” MChJ bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish hajmi
va sturkturasi tahlili

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling