o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni, o‘sish yoki kamayishini aniqlash maqsadida
solishtirishdir. Taqqoslash usuli yordamida iqtisodiy voqea-hodisalarning umumiy
va xususiy jihatlari, ob’ektlardagi o‘zgarishlar, ularning rivojlanish tendentsiyalari,
ya’ni yo‘nalishlari o‘rganiladi. Taqqoslash usulidan foydalanishning asosiy sharti
— ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligini ta’minlashdir, chunki faqat bir turdagi
miqdorlarnigina
taqqoslash
mumkin.
Ko‘rsatkichlarning
taqqoslanuvchan
bo‘lmasligiga turli sabablar bo‘lishi mumkin: narxlarning, mahsulot hajmining
turlicha
bo‘lishi,
mahsulot
dagi
tarkibiy
o‘zgarishlar, turlicha sifat,
ko‘rsatkichlarning turli usullar bilan hisoblanishi, turli kalendar davrlarning
o‘rganilishi va h.k.lar. Iaqqoslanuvchan bo‘lmagan ko‘rsatkichlarni solishtirish
noto‘g’ri xulosalarga olib keladi. Shuning uchun ularni taqqoslashdan oldin
taqqoslanuvchan ko‘rinishga keltirish kerak. Buning uchun ularni yagona bazaga
keltirish kerak bo‘ladi.
Balans usuli o‘zaro bog’liq ikkita iqtisodiy guruh ko‘rsatkichlari
proportsiyasini aks ettirishda ko‘llanilib, ularning o‘zaro tengligiga
asoslanadi. Odatda bu usul korxonalarning (moddiy, mehnat, moliyaviy) resurslar
bilan ta’minlanganligi hamda ulardan foydalanish samaradorligi tahlilida
qo‘llaniladi. Bundan tashqari alohida omillarning ta’siri natijaviy ko‘rsatkichning
umumiy o‘zgarishiga teng bo‘lishi kerakligi balans usulidan hisob-kitoblarni
tekshirish vositasi sifatida foydalanilishini taqazo etadi.
Aynan shu usullardan umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarga baho berish hamda
voqealarning keyingi rivojlanish bosqichlarini belgilash, yo‘nalishlari yuzasidan
xulosa qilish imkonini berdai. Biroq tahlilning vazifasi o‘zgarishlarni hisoblash,
kuzatish hamda taqqoslashdan iborat emas. Uning asl maqsadi ushbu
o‘zgarishlarning sababini, ya’ni ildizini izlab topish asosida iqtisodiy
samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlarini aniqlab, tegishli
tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat Ushbu maqsadga erishida omilli tahlilning roli
beqiyosdir. Omilli tahlilni amalga oshirishda zanjirli bog’lanish usulidan
foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |