2-mavzu. Iqtisodiy tahlilning metodi va unda qo‘llaniladigan an’anaviy usullar reja
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
2-MAVZU. IQTISODIY TAHLILNING METODI VA UNDA QO‘LLANILADIGAN AN’ANAVIY USULLAR (1)
M
a hs u lo tl a r turi Ba h o , so‘ m Mahsulot ishlab chiqarish hajmi, dona Mahsulot- ning egallagan salmog’i ,% Mahsulot ishlab chiqarish hajmi, ming so‘m Farqi (+;-) Bi zne s rej a Hi so b o t y il i Bi zne s rej a Hi so b o t y il i Bi zne s rej a Qa y ta hi so b la n g a n m a hs u lo t Hi so b o t y il i 1 2 3 4 5 6 6 7 8 9 P 0 Q 0 Q 1 S 0 S 1 Q 0 P 0 ΣQ 1 P 0 S 0/ 100 Q 1 P 0 8-7 A 30 5000 5300 22,3 22,6 150000 156813,6 159000 2186,4 B 20 7800 7940 34,8 33.8 156000 163142,4 158800 - 4342,4 S 15 9600 10200 42,9 43.5 144000 150836,4 153000 2163,6 Σ x 22400 23440 100 100 450000 470792,4 470800 7,6 Bu yerda: q p— mahsulot ishlab chiqarishning umumiy hajmi; s— umumiy ishlab chiqarishda i- ko‘rinishdagi mahsulotning solishtirma salmog’i; p, — i- ko‘rinishdagi mahsulotlar narxi. Keltirilgan misolda ishlab chiqarish strukturasi o‘zgargan va uning ta’sirida A va S mahsulotlar ulushi ortgan, B mahsulot esa kamaygan, natijada mahsulot ishlab chiqarish hajmi qiymat ifodasida 7,6 ming so‘mga ortgan. Bu korxona faoliyatining yanada ob’ektiv bahosi, chunki mehnat sig’imi bo‘yicha uchala mahsulot ham bir xil. Iqtisodiy tahlilda ko‘rsatkichlarni taqqoslash uchun turli usullardan foydalaniladi. Masalan, mutloq ko‘rsatkich o‘rniga o‘rtacha yoki nisbiy kattaliklarni qo‘llab qator hollarda ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligiga erishish mumkin. Korxonaning ishlab chiqarish bazasini hisobga olmasdan mahsulot ishlab chiqarish hajmi, foyda summasi va boshqa mutloq ko‘rsatkichlarni qiyoslash mumkin emas. Lekin mutloq kattaliklar o‘rniga nisbiy, misol uchun, bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot, aktivlarning ming so‘mga to‘g’ri keladigan foyda summasi va shu kabilardan ham foydalanish mumkin. Iqtisodiy tahlilda ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligini ta’minlash uchun tuzatish koeffitsientlaridan keng foydalanish mumkin. Shu bilan birga ko‘rsatkichlarning metodik nomutanosibligiga nisbatan e’tiborli bo‘lish lozim. U nafaqat taqqoslash natijalarini, balki umuman voqelik ma’nosini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Masalan, fond qaytimi ko‘rsatkichini asosiy vositalarning jami qiymati bo‘yicha, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan asosiy vositalar bo‘yicha yoki faqat asosiy vositalarning aktiv qismi bo‘yicha hisoblanishi mumkin. Shuning uchun, xulosalar to‘g’riligini ta’minlash maqsadida ularni hisoblash metodikasi bo‘yicha ko‘rsatkichlar bir xilligiga erishish lozim. Ko‘rsatkichlarni taqqoslashda ularning taqqoslanuvchanligi bo‘yicha tabiiy iqlim sharoitlarini ta’minlash juda muhim. Xususan, bu qishloq xo‘jaligi uchun o‘ta muhim hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, ko‘rsatkichlarni taqqoslanuvchan shaklga keltirishning asosiy usullari qiymat, hajm, sifat va struktura omillarining ta’sirini yagona bazisga keltirish yo‘li bilan xolislashtirish, shuningdek, foydalanish o‘rtacha va nisbiy kattaliklar, tuzatish koeffitsientlari, qayta baholash metodlari va boshqa shu kabilar hisoblanadi. Ulardan samarali foydalanish tahlil natijalari asosida optimal qarorlar qabul qilishni ta’minlaydi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling