2-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va o‘rganish usullari


Download 37.56 Kb.
bet2/6
Sana14.12.2022
Hajmi37.56 Kb.
#1003965
1   2   3   4   5   6
3) uslubiy vazifasi – iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘zi, tahlili va uning tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi;
4) g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifasi – ushbu vazifa shundan iboratki, uning yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmini o‘rganuvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g‘oyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, ularni millat manfaatlari yo‘lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni ko‘paytirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon miqyosida bozorgir bo‘lishini ta’minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini ko‘tarish ruhida tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi talaba yoshlarga moddiy ne’matlarning inson mehnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ularni mehnat hamda cheklangan resurslarni tejash ruhida tarbiyalaydi.


2. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar)

Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy qonunlarni ham o‘rganadi.


Iqtisodiy qonun – iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi.
Iqtisodiy qonunlar ob’ektiv xususiyatga ega bo‘lib, ularning kelib chiqishi, amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi alohida kishilarning ongiga, ularning xohish-irodasiga bog‘liq emas.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani iqtisodiy qonunlarni quyidagi guruhlarga turkumlaydi:
1. Umumiy iqtisodiy qonunlar – kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning tez o‘sib borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar xususiyati va rivojlanish darajasining mos kelishi qonuni va boshqalar.
2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar – insoniyat jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni, taklif qonuni va qiymat qonuni.

Download 37.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling