2-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va o‘rganish usullari
Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo‘shib olib borish3
Download 37.56 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Induksiya va deduksiya
- ikki tomonlama yondashuv usuli
Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo‘shib olib borish3. Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lmish korxona va firmalarning ichki jarayonlarini alohida iqtisodiy sub’ektlarning xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Bu tahlilda alohida olingan tovarlarning xarajatlari, kapital va boshqa resurslardan foydalanishning, narx tashkil topishining, ish haqi to‘lashning, talab va taklif tarkib topishining shakl va mexanizmlarini o‘rganish markaziy o‘rin tutadi.
Makroiqtisodiy tahlil makromutanosiblikni ta’minlash asosida milliy iqtisodiyotning to‘laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shug‘ullanadi. Milliy mahsulot, narxning umumiy darajasi, inflyasiya, ishchi kuchining bandligi masalalari bu tahlil ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot o‘zaro bog‘langan va bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Induksiya va deduksiya bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan, ammo o‘zaro bog‘liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab harakati induksiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon harakati deduksiya deb ataladi. Misol uchun, biz «A» korxonadagi ishchilar ish haqining oshirilganligi, boshqa sharoitlar o‘zgarmagani holda, mehnat unumdorligining oshishiga olib kelganligini guvohi bo‘ldik, deb faraz qilaylik. Bundan, butun iqtisodiy tizim uchun tegishli bo‘lgan «ishchilar ish haqining oshirilishi, boshqa sharoitlar o‘zgarmagani holda, mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi», degan umumiy xulosa chiqarishimiz induksiyadir. Aksincha, bunday nazariy qoidani oldindan bilgan holda, uning turli tarmoqlar, alohida korxonalardagi amal qilish holatini aniqlashimiz va baholashimiz deduksiyani anglatadi. Iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish va tahlil qilishda ikki tomonlama yondashuv usuli muhim o‘rin tutadi. Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va naflilik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yo‘l qo‘yilib, yanglish tasavvurga va noto‘g‘ri xulosalarga olib kelishi mumkin. Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik, matematik va grafik usullaridan keng foydalaniladi4. Ayniqsa, hozirgi davrda grafik usulni keng o‘zlashtirish va qo‘llash zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini ifodalashda vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul o‘zgaruvchi miqdorlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi. Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmunini, ulardagi o‘zgarishlarni, kelib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin bo‘ladi. Download 37.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling