2-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va o‘rganish usullari


Maxsus, o‘ziga xos iqtisodiy qonunlar


Download 37.56 Kb.
bet3/6
Sana14.12.2022
Hajmi37.56 Kb.
#1003965
1   2   3   4   5   6
3. Maxsus, o‘ziga xos iqtisodiy qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, qo‘shimcha qiymat qonuni.
Iqtisodiy kategoriya – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha.
Iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha)lar alohida kishilar tomonidan o‘ylab topilmagan, balki real iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo‘lib, ilmiy fikrlash mahsulidir. Masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar bilan iqtisodiy kategoriyalarning farqi shundaki, birinchisi iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlari, sohalari, bo‘laklari orasidagi bog‘liqlikni, ularning biri o‘zgarsa, albatta ikkinchisi ham o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) lar esa iqtisodiy hodisalarning bir tomonini, uning mazmunini ifoda etadi. Masalan, narx, talab degan tushunchalar orqali biz eng avvalo bu tushunchalarning iqtisodiy mazmunini tushunib olamiz. Talab qonuni orqali esa, talab hajmi bilan narx o‘rtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz.
Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular bir-birini to‘ldiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini aks ettiradi.


3. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy o‘rganish usullari


Uslubiyat – bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun-qoidalari va aniq hadislaridir. Bu ob’ektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. Uslubiyat umumilmiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘zining predmetidan kelib chiqib, o‘zining ilmiy bilish usullariga ega bo‘ladi. SHuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni vaqtda xususiy bo‘ladi.
Dialektik usul qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiyot nazariyasida qo‘llaniladigan bu tamoyillar quyidagilardir:
1) iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda, ziddiyatda, o‘zaro ta’sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, bo‘laklardan iborat yaxlit bir jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan o‘zgarib turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada bo‘ladi;
2) iqtisodiy jarayonning har bir bo‘lagini alohida olib, uning o‘ziga xos xususiyatlarini, kelib chiqish va yo‘q bo‘lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bog‘liqlik tomonlarini zamon va makonda o‘rganish;
3) iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, quyidan yuqorigacha rivojlanishda, deb qarash. Bu erda son jihatidan o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat jihatidan o‘zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur.
4) ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning o‘zaro kurashiga rivojlanishning manbai sifatida yondashish.
Ilmiy abstraksiya usuli – tahlil paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratishdir2. Bu usul yordamida o‘rganilayotgan voqea va hodisaning ichki, ko‘zga ko‘rinmaydigan mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi.
Ilmiy abstraksiyalash natijasida hodisa va jarayonlarning eng umumiy xususiyat va aloqalarini namoyon etuvchi ilmiy tushuncha – kategoriyalar ishlab chiqilishi mumkin. Masalan, dunyoda ishlab chiqarilayotgan millionlab turlicha tovarlarning tashqi xossalaridagi ko‘plab tafovutlardan abstraksiyalashgan holda, biz ularni yagona iqtisodiy kategoriya – tovar tushunchasi orqali ifodalaymiz. Bunda turli tovarlarni birlashtiruvchi eng asosiy jihat – bu sotish, ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan mahsulot ekanligini qat’iy e’tirof etamiz. Biroq, ilmiy abstraksiyalash uchun tadqiqotchi muayyan hodisa va jarayonning mazmun-mohiyatiga oid bilimlar bilan etarli darajada qurollangan bo‘lishi lozim. Aks holda, u asosiy va ikkilamchi darajali omillarni to‘g‘ri ajrata olmay, pirovardida noto‘g‘ri xulosa chiqarishiga olib keladi.
Ilmiy bilishning muhim usullaridan yana biri – tahlil va sintez usulidir. Tahlil va sintez deyarli barcha fanlar uchun samarali qo‘llash mumkin bo‘lgan usullardan biri hisoblansada, uning iqtisodiy fanlar uchun ahamiyati juda beqiyosdir.

Download 37.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling