2-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari reja Ishlab chiqarish omillari va uning tarkibi


Download 316.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana05.01.2022
Hajmi316.18 Kb.
#214977
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-seminar iqt.nazariya



2-mavzu. ISHLAB CHIQARISH JARAYoNI VA UNING NATIJALARI 

 

Reja 

 

1. Ishlab chiqarish omillari va uning tarkibi. 

2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni. 

3. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari. 

4. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi. 

5. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning koʻrsatkichlari. 

 

 

1. Ishlab chiqarish omillari va uning tarkibi. 

 

Ishlab  chiqarish  jarayonining  mazmunini  chuqur  anglash  uchun,  eng  avvalo,  ishlab 



chiqarish  omillari  va  ularning  tarkibiy  qismlari  bilan  tanishib  chiqish  maqsadga  muvofiq 

hisoblanadi. 

Ishlab  chiqarish  jarayonida  bevosita  qoʻllaniluvchi  barcha  resurslar  ishlab  chiqarish 

omillari  deyiladi.  Iqtisodiyotning  tizimi  va  shaklidan  qat’iy  nazar  uchta  omil:  ishchi  kuchi, 

mehnat qurollari va mehnat predmetlari boʻlishi shart. 

Ishchi  kuchi  deb  insonning  mehnat  qilishga  boʻlgan  aqliy  va  jismoniy  qobiliyatlarining 

yigʻindisiga aytiladi.  

Mehnat  qurollari  deb,  inson  uning  yordamida  tabiatga,  mehnat  predmetlariga  ta’sir 

qiladigan vositalarga aytiladi. Bularga mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va 

boshqalarni misol keltirish mumkin.  

Mehnat predmetlari esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan 

narsalardir. Yer, suv, xomashyo va boshqa turli materiallar mehnat predmetining asosiy turlarini 

tashkil etadi.  

Mehnat  qurollari  va  mehnat  predmetlari  birgalikda  ishlab  chiqarish  vositalari  deb 

yuritiladi.  


Download 316.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling