Resurslar toʻliq band boʻlaganda ishlab chiqarish imkoniyatlari
(shartli raqamlar)
Mahsulot turi
Muqobil variantlar
A
V
S
D
E
Non (mln. dona)
0
1
2
3
4
Tegirmon (ming dona)
10
9
7
4
0
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi toʻgʻrisida yaxshiroq tasavvurga ega boʻlish
uchun:
birinchidan, iqtisodiyot faqat ikki xil mahsulot – non va tegirmon ishlab chiqaradi (bunda
non iste’mol tovarlarini, tegirmon ishlab chiqarish vositalarini bildiradi);
ikkinchidan, iqtisodiy resurslar miqdor va sifat jihatdan oʻzgarmaydi;
uchinchidan, mehnat unumdorligi va texnologiya doimiy boʻlib qoladi, deb faraz qilamiz.
Agar resurslarning miqdori va sifati hamda texnologiya oʻzgarsa iqtisodiyotda ishlab
chiqarishning umumiy hajmi ham (ishlab chiqarish imkoniyati egri chizigʻining holati)
oʻzgaradi. Mavjud resurslarning koʻpayishi har bir variantda bitta yoki har ikkala mahsulot
ishlab chiqarish hajmining koʻpayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |