2-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari reja Ishlab chiqarish omillari va uning tarkibi
Download 316.18 Kb. Pdf ko'rish
|
2-seminar iqt.nazariya
Asosiy tayanch tushunchalar
Ishchi kuchi – insonning mehnat qilishga boʻlgan aqliy va jismoniy qobiliyatlari yigʻindisi. Mehnat qurollari – insonning tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qilishda vosita boʻlib xizmat qiladigan narsalar: mashinalar, stanoklar, traktorlar, pluglar, qurulmalar, uskunalar va boshqalar. Mehnat predmetlari – bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalar (er – suv, xom ashyo, materiallar va boshqalar). Kapital – ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishda ishlatilib, oʻz egalariga daromad keltiradigan ishlab chiqarish vositalari, tovarlar va pul mablagʻlaridir. Er-suv – tuproq unumdorligi, oʻtloqlar, suvlar, oʻrmon, qazilma boyliklardan iborat boʻlgan va foydalanishga tortilgan tabiiy resurslar. Tadbirkorlik qobiliyati – insonda boʻlgan tashabbuskorlik, tashkilotchilik, novatorlik, iqtisodiy xavfdan, javobgarlikdan choʻchimaslik hislatlarining birligi. Ishlab chiqarish jarayoni – kishilarning maqsadni koʻzlab amalga oshiriladigan faoliyati boʻlib, iste’moli uchun zarur boʻlgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan jarayon. Ishlab chiqarish jarayoni bir tomondan iste’mol qiymatlarini (naflilikni) yaratish jarayoni boʻlsa, ikkinchi tomondan qiymatning oʻsishi jarayonidir. Ijtimoiy ishlab chiqarish – oʻzaro bogʻliqlikda va doimiy aloqada boʻlgan barcha individual ishlab chiqarishlarning birligidan iboratdar. Ishlab chiqarishning umumiy samarasi – ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga sarflangan resurs xarajatlari oʻrtasidagi nisbat. Zaruriy mahsulot – ishchi va xizmatchilarning zaruriy ish vaqtida yaratilgan va ishchi kuchini normal holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur boʻlgan mahsulot. Qoʻshimcha mahsulot – ishchi va xizmatchilarning qoʻshimcha ish vaqtida yaratilgan mahsulot boʻlib, sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan oshiqcha qismidir. Qoʻshimcha mahsulot tadbirkorlarga, mulkdorlarga va davlatga tegishlidir. Ishlab chiqarish funktsiyasi – ishlab chiqarish omillari bilan uning samaralari oʻrtasidagi bogʻliqlikni bildiradi. Qoʻshilgan kapital – ishlab chiqarishda mavjud band boʻlgan kapital miqdori ustiga yangi qoʻshimcha ravishda sarflangan kapital, boshqacha qilib aytganda kapital miqdorining oʻsgan qismi. Oʻrtacha mahsulot – jalb qilingan ishchi kuchi va kapitalning bir — birligiga toʻgʻri keladigan mahsulot miqdori. Soʻnggi qoʻshilgan mahsulot – soʻnggi qoʻshilgan omil (kapital yoki ishchi kuchi) evaziga oʻsgan mahsulot.
Download 316.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling