2-Mavzu: Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar. Texnologik jarayonlar tarkibi (operatsiya, o’rnatish, o’tish, yordamchi o’tish, ishchi yurish, yordamchi yurish, holat, harakat) to’g’risida asosiy tushunchalar


 Tehnologik vaqtni meyorlash usullari


Download 222.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana17.01.2023
Hajmi222.44 Kb.
#1097461
1   2   3   4   5   6   7   8
 
7. Tehnologik vaqtni meyorlash usullari 
Texnologik amallarning bajarilishi unumdorligi, texnologik jarayonning 
tejamkorlik kriteriyasi bo’lib, texnik jixatdan asoslangan vaqt meyori bilan 
aniqlanadi (GOST 3.1109-82). 
Vaqt meyori - ma’lum ishlab chiqarish sharoitida bitta yoki bir nechta 
tegishli malakaga ega bo’lgan bajaruvchilar tomonidan ba’zi-bir hajmdagi ishga 
sarflangan (reglamentlashtirilgan) vaqtga aytiladi. 
Ishlab chiqarish meyori deb, ma’lum tashkiliy texnik sharoitda bitta yoki bir 
nechta tegishli malakali bajaruvchilar tomonidan vaqt birligida bajariluvchi 
reglamentlashtirilgan hajmdagi ishga aytiladi.  
Vaqt meyorini aniqlashning uchta usuli mavjud:1)sarflangan ishchi vaqtni 
kuzatish asosida; 2) meyoriy xujjatlar asosida; 3)tiplashtirilgan yirik meyoriy 
xujjatlar bo’yicha solishtirish va hisoblash asosida. 
Birinchi usulda, vaqt meyorini bevosita ishlab chiqarish sharoitida har bir 
ishchi joyda sarflangan vaqtni kuzatuv asosida o’rganish yo’li bilan aniqlanadi. Bu 
usul ilg’or tajribalarni va meyorilar ishlab chiqishlarni umumiylashtirish uchun 
qo’llaniladi. 
Ikkinchi usulda, ish (amal) alohida elementlarini bajarilish vaqti uzunligi 
meyorini qo’llab, amallarning davom etish vaqti hisoblanadi. 
Uchinchi usulda, amallarni meyorlash tiplashtirilgan meyoriy xujjatlar 
bo’yicha taxminiy hisoblashlar asosida olib boriladi. 
Birinchi, ikkinchi meyorlash usullarini seriyali ommaviy ishlab 
chiqarishlarda qo’llaniladi, uchinchi usul esa yakka va mayda seriyalab ishlab 
chiqarishlarda ishlatiladi. 
Tekshirish uchun savollar 
1. Mashinasozlik zavodining strukturaviy asosiga nimalar kiradi? 
2. Ishchi joy tushunchasini izohlab bering? 
3. Ishlab chiqarish turi qanday aniqlanadi? 
4. Ishlab chiqarish turlariga (tiplariga) qanday ICh-lar kiradi? 
5. Yakka ICh-ni tavsiflab bering? 
6. Seriyalab ICh qanday turlarga ajratiladi? Tavsiflab bering. 
7. Ommaviy ICh-ni tavsiflab bering? 
8. ICh-larda ishni tashkil qilish shakllari qanaqa ekanligini?  
Izohlab bering. 



Download 222.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling