2-Mavzu:Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar. Texnologik jarayonlar tarkibi
(operatsiya, o’rnatish, o’tish, yordamchi o’tish, ishchi yurish, yordamchi yurish,
holat, harakat) to’g’risida asosiy tushunchalar. Mashinasozlik ishlab
chiqarishining turlari, ularning texnologik jarayonlari tavsifi va tashkiliy
masalalari. Mehnatni tashkil qilish masalalari.
Reja:
1. Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar. Texnologik
jarayonlar tarkibi
(operatsiya, o’rnatish, o’tish, yordamchi o’tish, ishchi yurish, yordamchi yurish,
holat, harakat) to’g’risida asosiy tushunchalar.
2. Mashinasozlik ishlab chiqarishining turlari, ularning
texnologik jarayonlari
tavsifi va tashkiliy masalalari.
3. Mehnatni tashkil qilish masalalari.
2.1.Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar. Texnologik jarayonlar tarkibi
(operatsiya, o’rnatish, o’tish, yordamchi o’tish, ishchi yurish, yordamchi
yurish, holat, harakat) to’g’risida asosiy tushunchalar.
Ishlab chiqarilayotgan maxsulotni shu korxonada tayyorlash yoki ta'mirlash
uchun barcha ishlab chiqarish qurollari va odamlar xarakatlarining yigindisi ishlab
chiqarish jarayoniga kiradi. Ishlab chiqarish jarayonining tarkibiga maxsulotni
tayyorlash
va yigish, sifatni nazorat qilish, saqlash
va tayyorlash davomidagi
barcha xarakatlar, ish joyini va uchastkaning ta'minlashini
va xizmat vazifasini
tashkil etish, ishlab chiqarishning barcha bo`limlarini boshqarish xamda ishlab
chiqarishni xar tomonlama texnik jixatdan tayyorlash ishlari kiradi.
Ishlab
chiqarishni texnik jixatdan tayyorlamasdan turib rasional ishlab chiqarish
jarayonini tashkil qilish mumkin emas.
Ishlab chiqarishni texnik jixatdan tayyorlash. Bu jarayon quyidagilarni
o`z ichiga oladi: konstruktorlik, texnologik va ishlab chiqarish jarayonini kalendar
rejalashtirish.
Ishlab
chiqarishni