Odatdagi metall kesish dastgoxlarda texnologik o`tishlarni dastgoxlarning
o`zgarmas ish rejimida bajariladi.
Yordamchi o`tish deb ishchilarning va jixozlarning
xarakatlaridan iborat
bo`lib, sirtlarning shakli, o`lchamlari, gadir-budirliklari o`zgarmasdan
texnologik
o`tishni bajarish uchun zarur xisoblangan texnologik operasiyaning tugallangan
qismiga aytiladi.
Ishchi yurish - texnologik o`tishning tugallangan qismi bo`lib,
bunda
zagotovkaga nisbatan asbob-uskunaning bir marotaba siljishidan sirtning shakli,
o`lchamlari va sifati yoki zagotovkaning xossalarida o`zgarish yuz beradi.
Yordamchi yurish - texnologik o`tishning tugallangan qismi bo`lib, bunda
zagotovkaga nisbatan asbob-uskunaning bir karra yurishi natijasida sirtning shakli,
o`lchamlari va sifati, zagotovkaning xossalari o`zgarmaydi, lekin yordamchi yurish
ishchi yurishni tayyorlash uchun zarur xisoblanadi.
Xarakat
(priyom)
-
ishchining texnologik o`tishni yoki uning bir qismini bajarishida qo`llaydigan va
yagona
maqsadga
qaratilgan
vazifada
mujassamlashgan
xarakatlarining
tugallangan yigindisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: