2-Mavzu: Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar. Texnologik jarayonlar tarkibi (operatsiya, o’rnatish, o’tish, yordamchi o’tish, ishchi yurish, yordamchi yurish, holat, harakat) to’g’risida asosiy tushunchalar
Jadval. Turli ishlab chiqarishlar uchun bir yilda
Download 222.44 Kb. Pdf ko'rish
|
3.1. Jadval. Turli ishlab chiqarishlar uchun bir yilda tayyorlanuvchi bir hil nomdagi va tip o’lchamdagi detallar soni Ishlab chiqarish turi Og’ir mashina sozlikning yirik buyumiari O’rtacha o’lchamdagi buyumlar Mayda buyumlar Yakka Mayda seriyali O’rta seriyali Yirik seriyali Ommaviy (yalpi) < 5 - 100 - 300 -1000 1000 < 10 10 - 200 200 - 500 500- 5000 5000 < 100 100- 500 500 - 5000 5000 - 50000 50000 Seriyalab ishlab chiqarishning asosiy tavsiflaridan biri, bu, har bitta ishchi joyga tanavorlar partiyalab keltirilishi va shu partiya tanavorlarga sozlangan dastgohlarda ishlov berilishi hisoblanadi. Ishni tashkil qilish usuli patokli ham patoksiz bo’lishi mumkin. Mayda seriyalab ishlab chiqarishda ko’pincha yakka ishlab chiqarishdagi kabi patoksiz ish tashkil qilish usuli qo’llaniladi. Seriyalab va yirik seriyalab ishlab chiqarishlarda esa doimiy ravishda potokli ish tashkil etiladi. Seriyalab ishlab chiqarishda asosan dastgohlar sehlarda tanavorlarga ishlov berish texnologik marshruti bo’yicha joylashtiriladi. Universal dastgohlar bilan bir qatorda, maxsus-agregat stanoklari, sonli-dasturli boshqariluvchi dastgohlar, yarimavtomatlar va avtomatlar, ishlov beruvchi markazlar, moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari, moslashuvchan avtomatik ishlab chiqarish va boshqalar qo’llaniladi. Universal moslamalar bilan bir qatorda maxsus yig’ib-buzuluvchan va qayta boshqa tur detal uchun yig’iluvchan moslamalar qo’llaniladi. Standart va maxsus keskich asboblar ishlatiladi. Tanavorlar ko’pincha mahsus quyma, sovuq va issiq shtamplangan, bosim ostida quyilgan, maxsus qoliplarga mashinalarda quyilgan, qobiq qoliplarga quyilgan va boshqa usullarda tayyorlangan bo’lishi mumkin. Ishchilarning malakasi yakka ishlab chiqarishga qaraganda pastroq bo’ladi. Кo’pincha malakali sozlovchi ishchilar ishlaydi va dastgohlarni asosiy ishchilarga sozlab beradi. Yirik seriyalab ishlab chiqarish buyum ishlab chiqarish hajmi bo’yicha ommaviy ishlab chiqarishga yaqin bo’lib, potokli ish tashkil qilinadi, dastgohlar texnologik marshrut-rejasi bo’yicha joylashtiriladi. Bu erda ham ishchilar malakasi past bo’lib, ko’pchilik ishchi joylarda uzoq muddatda qaytariluvchi bitta, ikkita detallarni tayyorlash amalsini bajarish biriktirilgan bo’ladi. Amallar bog’lanish koeffisienti 2- 10 oraligida bo’ladi. Download 222.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling