2-Mavzu: Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar. Texnologik jarayonlar tarkibi (operatsiya, o’rnatish, o’tish, yordamchi o’tish, ishchi yurish, yordamchi yurish, holat, harakat) to’g’risida asosiy tushunchalar
Download 222.44 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalendar reja
- Texnologik jarayon (TJ)
konstruktorlik
jixatdan tayyorlash mashina konstruksiyasini ishlab chiqish va maxsulotning umumiy yigma chizmasini, uning aloxida detallarining va yigma elementlarining chizmalarini yaratish va ishlab chiqarishni kerakli konstruktorlik xujatlar bilan ta'minlashdir. Ishlab chiqarishni texnologik jixatdan tayyorlash, ya'ni maxsulotni belgilangan muddatda, ko`rsatilgan sifatda, belgilangan xajmda va belgilangan xarajatlar bilan ishlab chiqarish uchun korxonani texnologik jixatdan tayyorlashni ta'minlovchi o`zaro bogliq bo`lgan jarayonlar yigindisi tushuniladi. Kalendar reja deb ishlab chiqarish jarayonini kam sarf bilan, kerakli xajmda va ko`rsatilgan muddatda maxsulot ishlab chiqarishga aytiladi. Texnik jixatdan ishlab chiqarishni mas'uliyatli va ko`p mexnat sarflanadigan qismi texnologik loyixalashdir, uning ish xajmi umumiy texnik tayyorgarlik ish xajmining 30-40% ni tashkil qiladi (yakka tartibli ishlab chiqarishda). Seriyali ishlab chiqarishda bu ko`rsatkich 40-50% va ommaviy ishlab chiqarishda 50-60% ni tashkil qiladi; buning sabablari - texnologik jarayonni loyihalashda maxsulotning xajmini oshirish bilan uning ish xajmining xam oshishi, ya'ni seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda texnologik xujjatlarning atroflicha sinchiklab taxlil qilib yozilishi va undan tashkari texnologik jixozlarning birmuncha murakkablashishi ta'sir kiladi. Aksariyat xolatlarda texnologik loyixalashning ish xajmi mashinaning konstruksiyasini yaratishdagi ish xajmiga boglik bo`ladi. Texnologik jarayon (TJ) GOST 14.301-83 ga binoan kuyidagilarni o’z ichiga oladi: TJ ni ishlab chiqish uchun dastlabki ma'lumotlarni taxlil qilish; guruxli yoki turkumli jarayonlarni tanlash yoki yakka tartibli TJ ga o`xshashini qidirish; dastlabki zagotovkani va uni tayyorlash usullarini tanlash; texnologik bazalarni tanlash; ishlov berishning texnologik marshrutini tuzish; texnologik operasiyalarni ishlab chiqish; operasiyadagi o`tishlarning ketma-ketligini aniqlash va ishlab chiqish; operasiyalarning texnologik jixozlanish vositalarini (TJV) tanlash; TJV ning kerakli sonini va turini aniqlash; yangi TJV ga buyurtma berish va shu bilan birga texnik vositalarni sinash va nazorat qilish; mexanizasiyalash va avtomatlashtirish jarayonlari vositalarining elementlarini va sex ichidagi transport vositalarini tanlash; ishlov berishning rejimlarini ishlab chiqish va xisoblash; texnologik jarayonni me'yorlash; xavfsizlik texnikasi talablarini belgilash; texnologik jarayonning iqtisodiy samaradorligini xisoblash; TJ ni rasmiylashtirish va shunga o`xshash. Yuqorida keltirilgan TJ ning umumiy ta'rifini mashinasozlik ishlab chiqarish sharoitiga nisbatan qaralsa, unda TJ ishlab chiqarish jarayonining qismi bo’lib, ishlab chiqarish predmetining o`lchamlarini, tashqi ko`rinishini, shaklini yoki ichki xossalarini ketma - ketlik bilan o`zgarishini va ularni nazorat qilishni o`z ichiga oladi. Texnologik operasiya - TJ ning tugallangan qismi bo`lib, bitta ish joyida uzluksiz bajariladi. Texnologik operasiya ishlab chiqarishni xisobga olish va rejalashning asosiy birligi bo`lib xisoblanadi. Operasiya asosida maxsulot tayyorlashning ish xajmi, vakt me'yori va uni belgilash, talab qilinadigan ishchilar, jixozlar, moslamalar va asbob-uskunalar soni va ishlov berishning tannarxi aniqlanadi, shu bilan birga ishlab chiqarishning kalendar rejasi xamda sifatni nazorat qilish va ishni bajarish muddatini ishlab chiqiladi. Texnolgik operasiyalardan tashkari yordamchi operasiyalar (transport, nazorat, tamgalash, qirindilardan tozalash va boshkalar) o`lchamlarni, sirt shaklini, sirtning ko`rinishini va ishlov berilayotgan maxsulotni xususiyatlarini o`zgartirmaydi, lekin texnologik operasiyani bajarish uchun zarur xisoblanadi. Download 222.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling