2-Mavzu: Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar. Texnologik jarayonlar tarkibi (operatsiya, o’rnatish, o’tish, yordamchi o’tish, ishchi yurish, yordamchi yurish, holat, harakat) to’g’risida asosiy tushunchalar


Mashinasozlik ishlab chiqarishining turlari, ularning texnologik


Download 222.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana17.01.2023
Hajmi222.44 Kb.
#1097461
1   2   3   4   5   6   7   8
2.2.Mashinasozlik ishlab chiqarishining turlari, ularning texnologik 
jarayonlari tavsifi va tashkiliy masalalari. 
 
1. Mashinasozlik zavodining strukturaviy asosi 
Buyum ishlab chiqarishda aksariyat mashinasozlik texnologiyasi usullaridan 
foydalanuvchi ishlab chiqarishga mashinasozlik deb ataladi. Mashinasozlik 
strukturaviy asosini ishlab chiqarish uchastkalari yig’indisidan iborat bo’lgan 
sexlar tashkil qiladi. Ishlab chiqarish uchastkalari еsa: predmetli, texnologiyali 
yoki predmetli texnologiyali tamoyillar asosida uyushtirilgan ishchi joylar 
guruhlarini birlashtiradi. 
2. Amallar bog’lanish koеffisienti va ishlab chiqarish turlar. 
Turli texnologik amallar soni O-ni, bir oyga teng rejalashtirilgan davr ichida 
bajargan yoki bajariluvchi ishchi joylar soni I-ga nisbati amallar bog’lanish 
koеffisienti К
bk
deb ataladi. 
К 
bk
= O / I 
j
 
Amallar bog’lanish koеffisienti ishlab chiqarish tipining asosiy tavsiflaridan 
biridir (GOST 3.1121-84). Yuqoridagi GOST ga binoan: К 
bk
= 1- ommaviy 
(ko’plab) ishlab chiqarish uchun; 2 = К 
bk
< 10 - yirik seriyalab ishlab chiqarish 
uchun; 10 <К 
bk
<20 -o’rta seriyalab ishlab chiqarish uchun; 20 < К
bk
< 40 - mayda 
seriyalab ishlab chiqarish uchun belgilangan. Yakka ishlab chiqarish uchun 
belgilanmagan. 
Yuqoridan aniq bo’ldiki, ishlab chiqarish turiga beshta tipdagi ishlab 
chiqarishlar kirar еkan: yakka, mayda seriyali, seriyali, yirik seriyali va ommaviy 
(yalpi). 
3. Yakka ishlab chiqarish va uning tavsifi.Yakka ishlab chiqarish, qoida 
bo’yicha qayta tayyorlash ko’zda tutilmagan kichik hajmdagi bir xildagi 
mahsulotlar chiqarishni tavsiflaydi. Ishni tashkil qilish shakli potoksiz bo’lib, 
tanavorlarga ishlov berish nomlari (tipi) bir xilda 


bo’lgan universal dastgohlardan tashkil qilingan uchastkalarda bajariladi. Bu 
uchastkalarga: tokarlik dastgohlar uchastkasi; frezerlik dastgohlari uchastkasi va 
boshqa tipdagi dastgohli uchastkalar kiradi. Ishlab chiqariluvchi buyumlarning soni 
bitta-beshtadan ko’p bo’lmaganligi sababli, detal homaki tanavorlari chiviq po’lat 
prokatlardan, bolg’alash bilan tayyorlashdan, qolipsiz erga quyilgan chushkalardan 
olinadi. Bunday tanavorlarga ishlov berib detal shakliga keltirguncha juda ko’p 
miqdorda qirindi olib tashlanadi va material ishlatish koeffisienti yuqori bo’ladi. 
Qo’llaniluvchi moslamalar, o’lchagich asboblar ko’pincha universal bo’ladi 
va standart keskich asboblar ishlatiladi. Ishchilarning malakasi esa yuqori bo’ladi. 
Tayyorlangan buyum, qism va detallarning tannarhi juda ham qimmat bo’ladi. 
4. Seriyalab ishlab chiqarish va uning tavsifi. 
Seriyalab ishlab chiqarish deb, buyumlarni, detallarni periodik ravishda 
qaytalanuvchi partiyalab va seriyalab tayyorlashga yoki ta’mirlashga tushuniladi. 
Seriyalab ishlab chiqarish, buyumlarni yoki detallarni ishlab chiqarish hajmiga
murakkabligiga va og’irligiga qarab uchta turga, ya’ni: mayda seriyalab, o’rta 
seriyalab va yirik seriyalab ishlab chiqarishlarga farqlanadi.  
TJ larni loyihalash bosqichida ishlab chiqarish turini faqat tahminiy aniqlash 
mumkin. Detallarni tayyorlash mehanika sehlarini va uchastkalarini loyihalashda 
3.1 jadvalda berilganlardan foydalanish mumkin. Detalni chizmasida bir yil ichida 
tayyorlanuvchi detallar soni ma’lum bo’lsa, buyumning o’lchami baholanadi va 
jadvaldagi sonlar bilan tahmiy solishtirib, berilgan mahsulotni ishlab chiqarish turi
tanlab olinadi.  
Mayda seriyalab ishlab chiqarish asosan og’ir mashinasozlik ishlab 
chiqarishga taalluqli bo’lib, yakka ishlab chiqarishga yaqin bo’ladi, ishlab 
chiqariluvchi buyumlar seriyasi juda ham uzoq vaqt ichida qaytarilishi mumkin, 
soni esa juda ham kam miqdorda bo’ladi. Universal dastgohlar bilan bir qatorda 
dasturli dastgohlar ham qo’llaniladi. Ishchilar malakasi yakkalabdagiday juda 
yuqori bo’ladi. 

Download 222.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling