2-Mavzu: Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar. Texnologik jarayonlar tarkibi (operatsiya, o’rnatish, o’tish, yordamchi o’tish, ishchi yurish, yordamchi yurish, holat, harakat) to’g’risida asosiy tushunchalar


Download 222.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana17.01.2023
Hajmi222.44 Kb.
#1097461
1   2   3   4   5   6   7   8
konstruktorlik 
jixatdan 
tayyorlash 
mashina 
konstruksiyasini ishlab chiqish va maxsulotning umumiy yigma chizmasini, uning 
aloxida detallarining va yigma elementlarining chizmalarini yaratish va ishlab 
chiqarishni kerakli konstruktorlik xujatlar bilan ta'minlashdir. 
Ishlab chiqarishni texnologik jixatdan tayyorlash, ya'ni maxsulotni 
belgilangan muddatda, ko`rsatilgan sifatda, belgilangan xajmda va belgilangan 
xarajatlar bilan ishlab chiqarish uchun korxonani texnologik jixatdan tayyorlashni 
ta'minlovchi o`zaro bogliq bo`lgan jarayonlar yigindisi
tushuniladi. 
Kalendar reja deb ishlab chiqarish jarayonini kam sarf bilan, kerakli xajmda 
va ko`rsatilgan muddatda maxsulot ishlab chiqarishga aytiladi. 
Texnik jixatdan ishlab chiqarishni mas'uliyatli va ko`p mexnat sarflanadigan 
qismi texnologik loyixalashdir, uning ish xajmi umumiy texnik tayyorgarlik ish 
xajmining 30-40% ni tashkil qiladi (yakka tartibli ishlab chiqarishda). Seriyali 
ishlab chiqarishda bu ko`rsatkich 40-50% va ommaviy ishlab chiqarishda 50-60% 
ni tashkil qiladi; buning sabablari - texnologik jarayonni loyihalashda 
maxsulotning xajmini oshirish bilan uning ish xajmining xam oshishi, ya'ni seriyali 


va ommaviy ishlab chiqarishda texnologik xujjatlarning atroflicha sinchiklab taxlil 
qilib 
yozilishi 
va 
undan 
tashkari 
texnologik 
jixozlarning 
birmuncha 
murakkablashishi ta'sir kiladi. Aksariyat xolatlarda texnologik loyixalashning ish 
xajmi mashinaning konstruksiyasini yaratishdagi ish xajmiga boglik bo`ladi. 
Texnologik jarayon (TJ) GOST 14.301-83 ga binoan kuyidagilarni o’z ichiga 
oladi: TJ ni ishlab chiqish uchun dastlabki ma'lumotlarni taxlil qilish; guruxli yoki 
turkumli jarayonlarni tanlash yoki yakka tartibli TJ ga o`xshashini qidirish; 
dastlabki zagotovkani va uni tayyorlash usullarini tanlash; texnologik bazalarni 
tanlash; ishlov berishning texnologik marshrutini tuzish; texnologik operasiyalarni 
ishlab chiqish; operasiyadagi o`tishlarning ketma-ketligini aniqlash va ishlab 
chiqish; operasiyalarning texnologik jixozlanish vositalarini (TJV) tanlash; TJV 
ning kerakli sonini va turini aniqlash; yangi TJV ga buyurtma berish va shu bilan 
birga texnik vositalarni sinash va nazorat qilish; mexanizasiyalash va 
avtomatlashtirish jarayonlari vositalarining elementlarini va sex ichidagi transport 
vositalarini tanlash; ishlov berishning rejimlarini ishlab chiqish va xisoblash
texnologik jarayonni me'yorlash; xavfsizlik texnikasi talablarini belgilash; 
texnologik jarayonning iqtisodiy samaradorligini xisoblash; TJ ni rasmiylashtirish 
va shunga o`xshash. 
Yuqorida keltirilgan TJ ning umumiy ta'rifini mashinasozlik ishlab chiqarish 
sharoitiga nisbatan qaralsa, unda TJ ishlab chiqarish jarayonining qismi bo’lib, 
ishlab chiqarish predmetining o`lchamlarini, tashqi ko`rinishini, shaklini yoki ichki 
xossalarini ketma - ketlik bilan o`zgarishini va ularni nazorat qilishni o`z ichiga 
oladi. 
Texnologik operasiya - TJ ning tugallangan qismi bo`lib, bitta ish joyida 
uzluksiz bajariladi. Texnologik operasiya ishlab chiqarishni xisobga olish va 
rejalashning asosiy birligi bo`lib xisoblanadi. 
Operasiya asosida maxsulot tayyorlashning ish xajmi, vakt me'yori va uni 
belgilash, talab qilinadigan ishchilar, jixozlar, moslamalar va asbob-uskunalar soni 
va ishlov berishning tannarxi aniqlanadi, shu bilan birga ishlab chiqarishning 
kalendar rejasi xamda sifatni nazorat qilish va ishni bajarish muddatini ishlab 
chiqiladi. 
Texnolgik operasiyalardan tashkari yordamchi operasiyalar (transport, 
nazorat, tamgalash, qirindilardan tozalash va boshkalar) o`lchamlarni, sirt shaklini, 
sirtning 
ko`rinishini 
va 
ishlov 
berilayotgan 
maxsulotni 
xususiyatlarini 
o`zgartirmaydi, lekin texnologik operasiyani bajarish uchun zarur xisoblanadi. 

Download 222.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling