2-Mavzu: Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar. Texnologik jarayonlar tarkibi (operatsiya, o’rnatish, o’tish, yordamchi o’tish, ishchi yurish, yordamchi yurish, holat, harakat) to’g’risida asosiy tushunchalar


Mehnatni tashkil qilish shakllari


Download 222.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana17.01.2023
Hajmi222.44 Kb.
#1097461
1   2   3   4   5   6   7   8
2.3. Mehnatni tashkil qilish shakllari 
 
Biz yuqorida bayon etganimizdek, asosan ikkita ishni tashkil qilish usuli 
(patokli va patoksiz) to’g’risida fikr bildirgan edik. Shunga ko’ra bu usullar ishlab 
chiqarish turiga bevosita bog’liq bo’lib, potoksiz ishni tashkil qilish - yakka va 
mayda seriyalab ishlab chiqarishlarda qo’llanilgan edi. Potokli ishni tashkil qilish 
usuli esa qolgan boshqa turdagi ishlab chiqarishlar uchun qo’llaniladi va yana u, 
quyidagi usullarga: potokli seriyali, yirik-seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlar; 
to’g’ri oqimli ommaviy potokli ishlab chiqarish; ommaviy potokli ishlab 
chiqarishlarga bo’linadi. 
Ishlab chiqarishni tashkil etishning eng oliy shakli, bu-ommaviy potokli 
ishlab chiqarish hisoblanadi, ya’ni bu erda asosan texnologik jarayonlar avtomatik 
liniyalarda va avtomatlashtirilgan uchastkalar va sexlarda bajariladi. 
To’g’ri oqimli ommaviy potokli ishlab chiqarishda dastgoh va asbob-
uskunalar texnologik jarayon marshruti bo’yicha amallarni bajarish ketma-
ketligida joylashtiriladi. Amallarni bajarishda, tanavorlarni bitta ishchi joydan 
boshqa ishchi joyga uzatish uchun turli g’altakli rolgang, sirpanchiq va 
yumalatuvchi tarnov (lotok), yuk ko’taruvchi kran va boshqa moslama va 
qurilmalardan foydalaniladi. Xar bir ishchi joyning ishlab chiqarish takti boshqa 
ishchi joylarniki bilan teng bo’lmasligi mumkin. Bunday ishchi joylarda, "zadel" 
deb ataluvchi tanavorlar zahirasi tashkil etiladi. 
Ommaviy potokli ishlab chiqarishda ko’pincha pozision avtomatik 
konveyerlar qo’llaniladi va avtomatik liniyalar tashkil qilinadi. Bunday hollarda bu 
liniyalarning ishlab chiqarish takti aniqlanadi. 
Ishlab chiqarish takti deb, - ma’lum vaqt oralig’ida tanavorlar yoki qismlar 
ishlab chiqarilishiga aytiladi va uning vaqti minut bilan belgilanadi. Ishlab 
chiqarish takti quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: 
t
ich
= 60*F
x
*m / N, min. 
Bu erda: F
x
- rejalashtirilgan davr ichidagi dastgohlar ishlashining haqiqiy 
vaqt fondi (smena, sutka, oy, yil), soatda; N -shu davr uchun ishlab chiqarish 
dasturi (detallar yoki mahsulotlar coni), dona; m – smenalar soni (1, 2, 3).  
Asbob-uskunalar yoki dastgohlar ishlashining haqiqiy vaqt fondi F
x
, nominal 
F
n
dan yoki asbob-uskunani ta’mirlash uchun kalendar o’lchov vaqt yo’qotishdan 
kichikdir, va h.k. 
F
x
= F
n
* n , soat, 


bunda n-dastgohlar vaqt yo’qotishi koeffisienti. 
Uskuna-dastgohlarning ishlash vaqtining bir yillik nominal fondi: kuniga bir 
smenalab ishlaganda 2070 soat, ikki smenalab ishlaganda - 4140 soat va uch 
smenalab ishlaganda 6210 soat bo’ladi. Metall kesuvchi dastgohlar uchun vaqt 
yo’qotish koeffisienti n = 0,98-0,96 ni tashkil qiladi. 
Potokli ishlab chiqarish ko’proq takomillashgan bo’lib yuqori unumdorlikka 
ega. Texnologik jarayonlarni loyihalashning boshida ishlab chiqarish turi birinchi 
bo’lib taxminan bo’lsa ham aniqlanishi zarur. Bu albatta amallar bog’lanishi va 
seriyalash koeffisientlarini hisoblash orqali bajariladi. 

Download 222.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling