2 mavzu. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish qonuniyatlari va tamoyillari Reja
I.Tyunen o’zining ilmiy g’oyasini abstrakt holatda, alohida, boshqa
Download 474.82 Kb. Pdf ko'rish
|
2 - mavzu. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish qonuniyatlari va tamoyillari
I.Tyunen o’zining ilmiy g’oyasini abstrakt holatda, alohida, boshqa
mamlakatlar bilan bog’liq bo’lmagan, ajralib turgan davlat misolida yaratdi. Uning faraz qilishicha, bu mamlakatda atigi bitta shahar mavjud bo’lib, u qishloq xo’jalik mahsulotlarini iste’mol qiluvchi yagona bozor yoki markaz vazifasini o’taydi. Mazkur shahar atrofida qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish asosan transport xarajati, mahsulot vazni, uning sifatini buzilmasligi va keltirish masofasi belgilaydi. Mahsulot yetishtirish va uni markazga keltirish qancha arzon bo’lsa, u shuncha yaqin masofada, aks holda uzoqroqda joylashadi. Yuqoridagi tartibda qishloq xo’jaligini joylashtirish shahar atrofida o’ziga xos aylanalarni hosil qiladiki, ular ilmiy adabiyotlarda «Tyunen xalqalari» nomi bilan mashhur. Masalan, bu xalqaning eng birinchisi yuqori darajada unumdor shahar atrofi xo’jaligidan iborat bo’lib, undan keyingi xalqa o’rmon xo’jaligi, uchinchisi- meva va urug’chilikdan tashkil topadi. Jami Tyunen 6 xalqa belgilangan; ular, yuqoridagilardan tashqari, turli yo’nalishdagi chorvachilikni ham o’z ichiga oladi. I.Tyunen g’oyasi ma’lum darajada abstraktdir; chunki hech qanday davlat, ayniqsa iqtisodiyotning hozirgi globallashuv va baynalminallashuv jarayonida jahon xo’jaligi tizimidan ajralgan holda, alohida rivojlana olmaydi. Qolaversa, bu mamlakatda odatda bir emas, bir necha shahar mavjud bo’ladi va o’rnashgan joyning tabiiy sharoiti aynan bir xil emas. Biroq, shunga qaramasdan, muallifning ushbu ta’limoti o’zining nazariy ahamiyatini, xususan bozor iqtisodiyoti sharoitida saqlab qolgan. A.Veber sanoat korxonasi joylashuvining optimal (eng qulay) nuqtasini uning iqtisodiy foydadan kelib chiqqan holda belgilaydi. Buning uchun u xom ashyo va yoqilg’i, ishchi kuchi va transport omillariga urg’u beradi. Keyinchalik xom ashyo va yoqilg’i xarajatlari ham transport omiliga kiritiladi va qolgan barcha shartsharoitlarni alohida aglomeratsiya omilida umumlashtiradi. Natijada sanoat shtandorti, ya’ni joylashuvi ishchi kuchi, transport va aglomeratsiya omillari bilan belgilanadi. Shunday qilib, bu olim fanga sanoat korxonasini joylashtirishining ko’p omilli tahliliga asos soladi va buning uchun u matematik usuldan keng foydalanadi. A.Veber ham faqat alohida sanoat korxonasi misolida (pivo zavodi) o’zining ilmiy tasavvurlarini yaratgan. Demak, har ikkisida ham ma’lum abstrakt sharoitlar inobatga olingan. Shu bilan birga yuqoridagi olimlarning ilmiy g’oyalari ishlab chiqarishning hududiy mujassamlashuvi va uning notekis joylashuvi, rivojlanishiga qaratilgan edi. A.Veberning sanoat shtandorti o’z asosiy mohiyatini yo’qotmagan bo’lsada, keyingi yillarda sanoat joylashuvining shakllari yanada murakkablashib, takomillashib bordi. Jumladan, bu borada ekologik omilning ta’siri kuchaydi, ishchi kuchining miqdor jihatlari emas, uning sifat ko’rsatkichlari muhimroq bo’lib qoldi; sanoat ishlab chiqarish mehnat talablikdan ko’proq «ilmtalab», mablag’ talablikka o’zgardi. SHuningdek, transport infrastrukturasidagi yangiliklar konveyr usulining o’rniga ayni bir mahsulotning turli xillarini ishlab chiqarish (postfordizm), miqdor iqtisodiyotidan sifat yoki turli xillik iqtisodiyotiga o’tish, fan-texnika taraqqiyoti sanoatni hududiy tashkil qilishga jiddiy ta’sir etdi. Milliy va mintaqaviy iqtisodiyotda sanoatni hududiy tashkil qilish shakllari yanada aniqroq ko’riladi. Sanoatni rayonlashtirish yoki hududiy tashkil qilishning birlamchi elementi sanoat korxonasidir. Aynan shu darajada ishlab chiqarishning ijtimoiy va hududiy tashkil etish shakli ya’ni mujassamlashuv birgalikda namoyon bo’ladi. «Pastdan» ikkinchi bosqich sanoat manzilgohi hisoblanadi va u hech bo’lmaganda bir sanoat korxonasiga ega bo’lishi kerak. Agar sanoat ishlab chiqarishning hududiy (urbanistik) mujassamlashuv darajasi yuqori bo’lsa, bir emas, bir necha sanoat korxonalari ma’lum nuqtada joylashtirilsa, u holda sanoat manzilgohi sanoat markaziga aylanadi. Mabodo bu markaz faqat birgina shahardan, aksariyat hollarda poytaxt yoki port shaharlardan tashkil topsa, unday shaharda milliy yoki mintaqaviy iqtisodiyotning hududiy tarkibi va tuzilmasi ham bir tomonlama bo’ladi. Frantsuz iqtisodchisi Fransua Perruning g’oyasi aynan o’sish nuqta, markaz va qutblariga bag’ishlangan. Odatda, bu g’oya iqtisodiy makon uncha shakllanmagan, katta ishlab chiqarish salohiyatiga ega bo’lgan hududlarda yaxshi samara beradi. Bunday hududga turli omillar va shartsharoitlar hisobga olingan, qulay iqtisodiy geografik o’ringa ega bo’lgan nuqtadaaholi manzilgohida yirik sanoat korxonasi joylashtiriladi. Natijada o’sish markazi vujudga keladi. Perruning fikrlari ham iqtisodiyotning hudud bo’yicha notekis rivojlanishi, mujassamlashuvini nazarda tutadi. F.Perruning o’sish qutblari g’oyasi avstriyalik iqtisodchi, keyinchalik Garvard universitetining professori Yozef Shumpeterning 1911 yilda yozgan «Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi» kitobida bayon qilingan tadbirkorlik asoslari bilan biroz hamohangdir. U, shuningdek, shved olimi T.Xagerstrand (1953 y.) yangiliklar diffuziyasi, ya’ni tarqalishi to’g’risida ilmiy ish olib borgan. F.Perruning xizmati avvalambor shundaki, u ushbu g’oyani hudud jihatidan talqin qilgan va hududlarning ayni bir vaqtning o’zida bunday rivojlanish, mutloq tenglashtirish g’oyasidan voz kechgan. V. Launxard ham sanoat korxonalarini ko’rib chiqib, transport omili hal qiluvchi omil, deb hisoblagan. Uning fikri sanoat korxonalari joylashadigan joy to’g’ri tanlanganligini xomashyo, yordamchi materiallar va tayyor mahsulotlarni keltirish uchun transport xarajatlarini minimallashtirish bilan asoslangan edi. V. Kristaller «Markaziy o’rin nazariyasi»ning asoschisidir. U matematik hisobkitoblar orqali hududiy iyerarxiya bir darajadan boshqa darajaga to’g’ri geometrik progressiya orqali o’tishini isbotladi. Masalan, viloyat bir necha tumanlardan, o’z navbatida tumanlar ko’plab qishloq fuqarolari yig’inlaridan iborat. Har bir qishloqqa o’ziga tegishli bo’lgan tovar va xizmatlar yo’naltirilgan. Shunday qilib, olim aholi manzilgohlari guruhiy tizimini tashkil etishning qulay variantini aniqlash orqali markaziy o’rinlar nazariyasini yaratdi. Mazkur nazariya asosida bozor mintaqasining eng samarali tuzilmalarini, tovar va xizmatlar harakatining oqilona yo’nalishlarini, shahar va aholi manzilgohlari boshqaruvi ma’muriyatining qulay tuzilmasini shakllantirishni aniqlash mumkin. Hududiy nazariyalarni (shu jumladan, hududiy siyosat nazariyalarini) o’rganishga oxirgi o’n yilliklarda nisbatan kamroq e’tibor berildi. To’g’ri, hududiy iqtisodiyot bo’yicha anchagina tadqiqotlar qilindi. Ularning natijalari kitob holida nashr etildi. Ammo, hududiy iqtisodiyotning nazariy asoslari ularning ayrimlaridagina ko’rib chiqildi. Hududiy o’sish nazariyalarini ko’rib chiqishda ikki xil asosiy yondashuv mavjud. Birinchisi – hududlarda iqtisodiy o’sish modellarini qo’llash. Bunday modellarni mamlakat iqtisodiyotining o’sishini izohlash uchun ishlab chiqilgan modellarga o’xshatish mumkin (development economics). Ikkinchisi esa, alohida korxona va firmalarning xatti-harakatlarini tahlil etishga asoslangan. Sobiq ittifoqda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda iqtisodiy rayonlar orqali ta’sir ko’rsatishga alohida e’tibor qaratilgan. Binobarin, shu davrda hudud atamasiga berilgan ta’rif “iqtisodiy rayon” ga berilgan tavsifga juda yaqin. Iqtisodiy rayon xalq xo’jaligini tartibga solish maqsadida ajratilgan va ishlab chiqarishni hududiy-tashkiliy shaklidir. U davlat mintaqaviy siyosatining ob’ekti, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishni tartibga solib borish va boshqarish maqsadlari uchun xizmat qiladi. Iqtisodiy rayonlar turli omillar ta’siri ostida shakllanib, turli shakllarda namoyon bo’ladi, ular butun mamlakat hududini o’z ichiga olishi yoki uning alohida joylarida, ya’ni diskret holda ajratiladi. Bundan tashqari, Download 474.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling