2 mavzu. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish qonuniyatlari va tamoyillari Reja
O’zbekistonda mintaqalarga ajratish va ishlab chiqaruvchi kuchlarni
Download 474.82 Kb. Pdf ko'rish
|
2 - mavzu. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish qonuniyatlari va tamoyillari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-jadval. Hudud iqtisodiyotini belgilab beruvchi asosiy parametrlar tavsifi № Parametrlar Qisqacha tavsif va o’rganish ob’ekti
3. O’zbekistonda mintaqalarga ajratish va ishlab chiqaruvchi kuchlarni
joylashtirishdagi o’ziga xosligi Mamlakat mintaqalarining iqtisodiy rivojlanish darajasi, tabiiy-resurs salohiyati, tarixiy va demografik xususiyatlariga ko’ra o’zaro farq qiladi. Shuning uchun har bir mintaqa faqat o’zigagina xos bo’lgan xususiyatlar asosida muayyan sohaga ixtisoslashadi va iqtisodiy aloqalar asosida boshqa mintaqalar bilan mahsulot ayirboshlaydi. Darhaqiqat, har qanday hudud o’ziga xos iqtisodiy shartsharoitlar asosida mehnat taqsimotini amalga oshiradi. Buning uchun mintaqalarga ajratishda ma’muriy hududiy birliklarga asoslanish, O’zbekiston misolida 12 ta viloyat, Qoraqalpog’iston respublikasi va Toshkent shahri doirasida faoliyatni tashkil etish maqsadga muvofiq. Shu o’rinda hudud iqtisodiyoti to’g’risida qisqacha fikr-mulohaza bildirib o’tmoqchimiz. Rossiyalik tadqiqotchi V.V.Mishenko “hudud iqtisodiyoti – bu hududning tarixiy, demografik, milliy, diniy, ekologik, tabiiy-resursli xususiyatlarini hisobga olgan holda hudud xo’jaligining shakllanishi va faoliyat ko’rsatishi jarayoni bilan birga hududning umumdavlat va xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o’rnini bildiruvchi kompleks sohadir” deb ta’riflaydi. Yaponiyalik professor Yamamoto Xisatoshi hudud iqtisodiyotini asosan sakkizta parametrga bo’lish asosida o’rganishni taklif etib, har qanday investor hududga o’z investitsiyasini kiritish to’g’risida qaror qabul qilishdan oldin ana shu parametrlarni kompleks tarzda o’rganib chiqishi muhim ekanligini asoslab beradi. 1-jadval. Hudud iqtisodiyotini belgilab beruvchi asosiy parametrlar tavsifi № Parametrlar Qisqacha tavsif va o’rganish ob’ekti 1. Turmush tarzi va jamiyat Hudud aholisining savodxonlilik darajasi, hududda madaniyat va ta’lim muassasalarining holati, hudud aholisining ma’naviy qiyofasi 2. Demografik jarayonlar Hududdagi millat va elatlarning salmog’i, hududdagi tug’ilish va o’lim sur’atlari, hududdagi mehnat migratsiyasining holati, hududdagi demografik muammolarni bartaraf etish bo’yicha olib borilayotgan tadbirlar 3. Tashqi iqtisodiy va savdo munosabatlari Hududning mamlakat ichidagi boshqa hududlar va xorijiy mamlakatlar bilan o’zaro iqtisodiy hamda savdo aloqalari, hududning eksport va import imkoniyatlari 4. Hududiy boshqaruv Hudud boshqaruvi tuzilmasi, hudud iqtisodiyotiga oid boshqaruv qarorlarini qabul qilish holati, xususan investitsiyalarning jalb qilinishini hudud boshqaruvi darajasida qo’llab-quvvatlash holati 5. Fan va texnologiyalar Hududda fan va texnologiyalarni rivojlantirish markazlarining faoliyati holati, hududda fan va texnologiyalarni rivojlantirish dasturlarining qabul qilinishi va amal qilish holati 6. Hududdagi infratuzil-malar Transport va logistika kommunikatsiyasining holati, hududdagi ishlab chiqarishlarning elektr energiyasi, tabiiy gaz va suv resurslari bilan ta’minlanish holati 7. Tabiiy resurslar Hududdagi barcha tabiiy resurslar, ulardan foydalanish darajasi 8. Hududning iqtisodiy ko’rsatkichlari Hudud rivojlanishining iqtisodiy ko’rsatkichlari, undagi moliya-kredit tizimi, hududda tadbirkorlik bilan shug’ullanish imkoniyatlari Sakkizta parametrning so’nggisi hududning iqtisodiy ko’rsatkichlari hisoblansada, yapon olimi Yamomoto Xisatoshi tomonidan taklif etilgan parametrlar asosan muayyan hududga investitsiyalar kiritishga qiziqqan tadbirkorlar uchun mo’ljallangan. Olim nafaqat hudud iqtisodiyotini rivojlanishini belgilab beruvchi iqtisodiy ko’rsatkichlar, balki ushbu ko’rsatkichlarning shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchi boshqa bir qancha muhim omillar bilan birga kompleks tarzda o’rganishni ma’qul ko’radi. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish qonuniyatlari ishlab chiqarish kuchlari va hududlar o’rtasidagi umumiy munosabatlarda namoyon bo’ladi. Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirishda ishlab chiqarishning yuqori samaradorligi, maksimal daromad olish imkoniyatlariga katta e’tibor berish lozim. Download 474.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling