2 mavzu. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish qonuniyatlari va tamoyillari Reja


-rasm. Iqtisodiy rayon hosil qiluvchi omillar


Download 474.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana23.02.2023
Hajmi474.82 Kb.
#1225514
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 - mavzu. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish qonuniyatlari va tamoyillari

6-rasm. Iqtisodiy rayon hosil qiluvchi omillar  
Har bir iqtisodiy rayonning o’ziga xos rayon hosil qiluvchi omil va ishlab chiqarish 
tarmog’i mavjud. Ba’zi rayonlar shakllanishida qazilma boyliklar, boshqasida-
transport, geografik o’rin, uchinchisida–malakali ishchi kuchi, to’rtinchisida yirik 
shaharlar va ayniqsa poytaxt shahar omili muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Iqtisodiy rayon hududiy mujassamlashuv va hududiy ixtisoslashuvning o’zaro 
uyg’unlashgan, ishlab chiqarishni joylashtirish va hududiy tashkil qilish, ushbu 
jarayon iqtisodiy samaradorligini oshiruvchi muhim omil yoki shakldir. 
Rivojlanganlik darajasi bilan iqtisodiy rivojlanishi, taraqqiyoti o’rtasida farq 
mavjud. Uning birinchisi muayyan vaqt oralig’ida amalga oshgan jarayonlarni 
natijasi sifatida talqin qilinsa, ikkinchisi hudud rivojlanishining muayyan bir 
yo’nalishini tashkil etadi.
iqtisоdiy rаyоnlаr umumiy (intеgr 
аl) vа tаrmоq rаyоnlаrgа bo’linаdi.
I
qtisоdiy 
rаyоn 
hosil 
qiluvchi 
omillar
Hududiy 
mehnat  
taqsimoti va  
hududiy  
ixtisоslаshuv  
Bozor makoning  
shakllanganligi  
I qtisоdiy  
geografik o'rin va  
transport  
to'rining  
mavjudligi  
Rаyоn  hosil qiluvchi va  
uni tashkil etuvchi  
markaz yoki  
markazlarning  
mavjudligi  
Tabiiy sharoit va  
qazilma boyliklar 
 
ularning hududiy  
birliklari 
Mintaqaviy  
infrastruktura  
tizimining  
shakllanganligi  
Aholi va mehnat  
resurslari 


Iqtisodiy rayonlashtirish jarayoni uni ma’muriy-hududiy bo’laklarga ajratish 
jarayoni bilan uzviy aloqador bo’lsada, u insonlarning hohish–irodasidan qat’iy 
nazar ob’ektiv tarzda mavjud bo’lgan kategoriyadir.
Siyosiy-ma’muriy birlik – qonun asosida davlat tomonidan ajratiladi, shuning 
uchun ham u sub’ektiv kategoriya hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida qishloq tumani iqtisodiy rayonlashtirishning eng 
pastki quyi bug’ini hisoblanadi.
Iqtisodiy rayonning eng muhim belgisi - uning siyosiy-ma’muriy jihatdan 
rasmiylashtirilmaganligidadir.
Iqtisodiy rayonlashtirish davlatlarning konstitutsion asoslariga tayanadi. Bunda 
milliy davlatlarning mavjudligi va shakllari, ularga xos iqtisodiy shart - sharoitlar 
hisobga olinishi lozim.
Mahalliy tabiiy sharoitlarni iqtisodiy rayonlashtirish jarayonida hisobga olish 
zarur. Tabiiy sharoitlar iqtisodiy rayon xo’jaligiga, uning ixtisoslashuviga sezilarli 
tarzda ta’sir ko’rsatadi.
Iqtisodiy rayon xo’jaligini majmuali rivojlanganligi unda mavjud tabiiy va mehnat 
resurslaridan oqilona foydalanish imkoniyatini yaratadi. Iqtisodiy rayon xo’jaligini 
majmuali rivojlanishida mazkur rayon doirasida sanoatning kooperatsiyalashuvi, 
ya’ni ixtisoslashgan korxonalar o’rtasida barqaror, doimiy ishlab chiqarish 
aloqalari tizimining mavjudligi juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy rayonning eng muhim belgisi uning iqtisodiy jihatdan bir butunligi, 
yaxlitligi bilan asoslangan. Iqtisodiy rayonlashtirish jarayonida rayon ichidagi va 
rayonlararo iqtisodiy munosabatlar, hududiy mehnat taqsimotini tadbiq etish va 
baholash muhim o’rin egallaydi. O’zbekistonni iqtisodiy rayonlarga ajratish tartibi 
ilk bor Z.M.Akramov tomonidan taklif etilgan bo’lib, unda 8 ta iqtisodiy rayonga 
ajratilgan. Keyinchalik, mustaqillik yillarida A.S.Soliev tomonidan mamlakat 
mintaqalari 6 ta iqtisodiy rayonga ajratildi.
 Toshkent iqtisodiy rayoni–Toshkent shahri va viloyati;
 Mirzacho’l iqtisodiy rayoni–Sirdaryo va Jizzax viloyatlari;
 Farg’ona iqtisodiy rayoni–Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlari;
 Zarafshon iqtisodiy rayoni–Samarqand, Buxoro, Navoiy viloyatlari;
 Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni–Qoraqalpog’iston Respublikasi va 
Xorazm viloyati 
 Janubiy iqtisodiy rayon–Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlaridan 
tashkil topgan.
Ishlab chiqarish kuchlarini tashkil etish va iqtisodiy rayonlashtirish masalalari 
ko’plab olimlarning ilmiy tadqiqotlarida o’rganilgan. Jumladan, E.P.Gorbunov, 
G.M.Kalashnikova, V.V.Kistanov, N.N.Kolosovskiy, N.I.Larina, N.N.Nekrasov, 
A.Ye.Probst, D.Smit, R.French, P.Xoll, D.Endjel va boshqalarning ilmiy ishlarida 
o’z aksini topgan. O’zbekistonda mazkur masalalar bo’yicha
Z.A.Akramov, A.S.Soliev, M.Abdusalyamov, E.A.Ahmedov, T.M.Ahmedov, 
K.N.Bedrintsev, R.Ya.Dosumov, Sh.N.Zokirov, S.K.Ziyodullaev, Sh.B.Imomov,


Q.N.Abirqulov, T.J.Jumaevlar tomonidan o’rganilgan.

Download 474.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling