2 mavzu. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish qonuniyatlari va tamoyillari Reja
Download 474.82 Kb. Pdf ko'rish
|
2 - mavzu. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish qonuniyatlari va tamoyillari
M о ddiy ishl
а b chiq а rish M о ddiy ne ’ matlar ishl а b chiq а rish M о ddiy х izm а tl а r ko ’ rs а tish No m о ddiy х izm а tl а r ko ’ rs а tish Nom о ddiy ne ’ matlar ishl а b chiq а rish Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish shakllari Mujassamlashuv - Koncentratsiya Kombiatlashuv Kooperatsiy - hamkorlik Ixtisoslasuv Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish turli davlatlarda ularning tabiiy iqlimiy sharoiti, demografik va iqtisodiy salohiyati hamda boshqa xususiyatlarini inobatga olingan holda turlicha amalga oshiriladi. Biroq, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish ma’lum qonuniyatlarga asoslangani va maqsadlarining mushtarakligi bois, ularni nazariy asoslarida o’xshashlik mavjud. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning nazariy asoslarini rivojlantirishda xorijiy olimlaridan I.Tyunen (1783-1850), A.Veber (1868-1958), A.Lesh (1906-1945), V. Kristaller (1893-1969), rus olimlaridan K.I.Arsenev (1789-1865), P.P.Semenov-Tyan-SHanskiy (1827-1914), N.P.Ogarev (18131877), D.I.Mendeleev (1834-1907) lar munosib hissa qo’shishgan. Xususan, I.Tyunenning «Qishloq xo’jalik standarti», A.Veberning «Sanoat shtandortlar», F.Perruning «O’sish qutblari va rivojlanish markazi», A.Lyoshning va U.Ayzardning «Joylashtirish» nazariyalari shular jumlasidan. Joylashtirish nazariyalarini statik va dinamik nazariyalarga ajratish mumkin. Statik nazariyalar XIX asrning birinchi yarmidayoq paydo bo’lgan. Dinamik nazariyalar esa bir asrdan so’ng – XX asr boshlarida yuzaga kelgan. Dastlabki joylashtirish nazariyalari hozirda klassik standart nazariyalar deb atalib, ular Y.G. Fon Tyunen, V. Launxard, A.Veber nomlari bilan bog’liq. Ushbu nazariyalarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: alohida olingan biror qishloq xo’jaligi yoki sanoat korxonasining ko’rib chiqilishi; joylashtirishning barcha omillari to’g’risida ma’lumotlarni to’plab, ularni umumlashtirib, korxonani qurish (ishlab chiqarishni joylashtirish)ning qulay joyi to’g’risida aniq javob olish mumkinligi to’g’risida takliflar mavjudligi. Y.G. Fon Tyunen tovar ishlab chiqarishning obektiv qonuniyatlari mavjudligini aniqlagan birinchi olim hisoblanadi (uning birinchi ishi 1826-yilda paydo bo’lgan). Tyunen qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotish bozorida sanoat mahsulotlari bilan ta’minlovchi shahargacha bo’lgan masofaga qarab joylashtirish, ixtisoslashish va qishloq xo’jaligini yuritish usullarini tanlash modellarini taklif etdi. Tyunen modelida transport xarajatlari joylashtirishning asosiy omili sifatida namoyon bo’ladi. U iqtisodiyotni hududiy tashkil etish masalalariga majmuali, tizimli yondoshdi, qishloq xo’jaligi tarmoqlari joylashuvining qonuniyatlarini ochib berdi, iqtisodiy makon tushunchasini fanga kiritdi. Download 474.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling