2-mavzu. Islom va yozuv (Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari, yil hisoblari, abjad)
Download 117 Kb.
|
2 mavzu Islom va yozuv Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- (to ) (yo ) 1 2
- (Kof ) (Lom ) ( Mim) ( Nun)
- (qof ) (re ) 20 30
- (shin ) (te ) (se ) (xe )
- ABJAD HAVVAZ HUTTI KALAMAN
- Nun -50 Sin -60 Ayn -70 Fe -80 Sod -90 qof-100
- Harfi ishq o‘ldi azaldin safhai jonimda sabt, Har ne andin o‘zga barcha lavhi isyonimda sabt, Matla’li g‘azali maqtasi shunday keltiriladi
Raqamlarni oson xotirada saqlab qolish uchun quyidagi tartibda sun’iy so‘zlardan iborat 8 guruh o‘ylab topilgan:
Turkiy va forsiy til alifbolarida arab tiliga qo‘shilgan 3ta harf- “p,” “ch”, “g “arab tilidagi “b”, “j” va “k” harflari asosida yasalgani uchun shu arab harflari anglatgan raqamlarni ifodalaydilar. Masalan, Alisher Navoiyning Harfi ishq o‘ldi azaldin safhai jonimda sabt, Har ne andin o‘zga barcha lavhi isyonimda sabt, Matla’li g‘azali maqtasi shunday keltiriladi: Ishq tiyg‘i yorasidin o‘lganim tarixini , Ey Navoiy, nazm aylab, ayla devonimda sabt. Matlada g‘azalning yozilgan vaqti “sabt” so‘zida yashirin. “Sabt” so‘zi arabcha “se”-500, “be”-2, “te”-400 raqamlarni ifodalovchi harflardan tashkil topgan. Ularning yig‘indisi 902ni tashkil etadi. Demak, g‘azal hijriy 902 yilda, milodiy hisobida 1497 yilda yaratilgani ma’lum bo‘ladi. Ilmiy mazmundagi qo‘lyozma manbalarda abjad harflari matnlarni turli bo‘limlarga bo‘lishda, astronomiya, matematika singari aniq fanlarga oid tadqiqotlarda tartib raqamlarini ifodalashda ham qo‘llaniladi. Bunday hollarda harflar ustiga chiziq tortib qo‘yiladi. Masalan, لب (lab)-32, لو (lav)-36, غزنح (g‘azanah)-1958. TA’RIX. Ta’rix-biror bir voqea-hodisa sodir bo‘lgan sanani abjad harflari vositasida ifodalashdir. Atoqli sharqshunos E.E. Bertels unga shunday ta’rif bergan: ”Ta’rix-xronogramma,-bu, biror-bir hodisa sanasining she’riy ifodasidir. Hirot aslzodalari davralarida bu o‘yinga katta qiziqish bilan qaralardi. Masjid, madrasa, karvonsaroy, hovuzlarning qurilish sanasini belgilash uchun maxsus satrlar to‘qilar va binolarga chiroyli qilib yozib qo‘yilardi180. Arab, fors va turkiy xalqlar mumtoz adabiyotida bu janr juda mashhur bo‘lib, hatto shoirlar o‘rtasida mahorat mezonini ham anglatgan. Ta’rix yozishning bir necha talablari mavjud. Avvalo, zikr etilajak sana aniq bo‘lishi lozim. Amir Alisher Navoiy Hirotda madrasa qurdirganda unga mudarris etib Mir Atoullohni tayinlaydi. SHunda yangi mudarris buning sharafiga shunday ta’rix bitadi: Chun madrasa soxt Mir bo ilmu adab, Farmud maro ifodai ahli talab. CHun dar shashumi mohi rajab ijlos, Ta’rix talab az “shashumi mohi rajab”3. (Mir ilmu adab uchun madrasa qurib, ilm ahli talabini ifodalashni buyurdi. Darslarga o‘tirish rajab oyining oltinchi kuni boshlanganidan uning ta’rixini “rajab oyining oltinchi kuni”dan izla. ) Ushbu ta’rix moddasida ikkita “shin” 600, ikkita “mim”-80, alif-1, hoyi havvaz-5, re-200, jim-3, be-2 raqamlarini ifodalab kelmoqda. Ularni qo‘shsak, hijriy 891 yil chiqadi. Milodiy yilga aylantirsak 1486 yil hosil bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, muallif sana, yil va oyni ustalik bilan ta’rix moddasida aks ettira olgan. Ikkinchidan, raqamlarni hosil qiluvchi harflar yig‘indisi muayyan ma’noni anglatilishi shart. Ana shu so‘z tarix moddasi deb ataladi. Kichik bir she’r, qit’a yoki baytda tarix moddasining muayyan leksik birlikni ifodalashi bilan bir qatorda uning she’r kontekstiga mos kelishi shoirdan katta mahorat talab qiladi. Masalan, qozi Ixtiyoriddin Mo‘‘min Mirzo vafotiga “xarobi mulk”, ya’ni “mamlakat xarob bo‘ldi” so‘zini ta’rix qilgan. Abjad bo‘yicha ushbu ta’rix moddasidan hijriy 903 yil chiqadi Uchinchidan, ta’rix moddasi kam sonli bo‘lsin. Masalan, Alisher Navoiy shahzoda Shoh G‘arib Mirzo mast holda vafot etganiga ishora qilib, “maxmur” , ya’ni “mast” so‘zini ta’rix qilgan. Undan abjad hisobi bo‘yicha hijriy 886 yil chiqadi. Ta’rixlar ikki xil bo‘ladi: suvariy va ma’naviy. Suvariy ta’rixlar zohiriy jihatdan aniq-ravshan ko‘rinib turadi. Bunday holatda abjad hisobi lozim bo‘lmaydi. Masalan, Navoiy o‘zining “ Farhod va Shirin” dostonini tugatgan yilni shunday qayd etgan: Chu tarixi yilni onglay dedim tuz. Sekiz yuz seksan erdi dog‘i to‘quz. (FSh. MAT. 477-bet). Shayx Sa’diy Sheroziy o‘zining Bo‘ston” asarida asar xotimasi ta’rixini shunday ochiq ifodalagan: Zi shashsad fuzun bud panjohu panj, Ki, berun shud in nom bar dori ganj. Ya’ni olti yuzga ellik besh qo‘shilganda, bu nom ganj eshigidan chiqdi. Demak, asar hijriy 655 yilda yakunlangan ekan. Ma’naviy ta’rixda lafzning ma’nosi mavzuga mantiqan mos bo‘lishi kerak. Ma’naviy ta’rixlar to‘rtga bo‘linadi: To‘liq sonli (Komil al-a’dod) Ortiq sonli (Zoid al-a’dod). Kam sonli (Noqis al-a’dod). Ortiq va kam sonli (Zoidu noqis al-a’dod). Shuningdek, ta’rixlar sarih (aniq-ravshan) va ta’miya (mavhum, tezda tushunilmaydigan ) kabi ikki qismga bo‘linadi. Sarih ta’rixlar harf-raqamlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shish orqali hosil qilinadi. Agar butun bir misra ta’rix moddasi bo‘lsa, u holda bunday ta’rix “tarixi tomm”, ya’ni to‘la tarix deb ataladi. Sarih ta’rixlarga nuqtali harflarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shish orqali hosil qilinadigan ta’rixlar ham kiradi. Ta’miya ta’rixlar muammo janrida ko‘roq uchraydi. Bunda ta’rix moddasi so‘z yoki harflarni she’rdagi ishoraga muvofiq chiqarib tashlash (isqot), ko‘paytirish, bo‘lish yoki qo‘shish orqali aniqlanadi. “Jome’ at-tavorix”da Mir Husayn Muammoiyning Jome’ masjidi ta’miriga bag‘ishlangan quyidagi ta’rixi keltirilgan: Shud mukammal binoi in masjid, Lan tara fi asasihi nuqso. Kardam az dil savol ta’rixash, Guft “sonii Masjid ul-Aqso”192. (Masjid binosi yanada mukammal bo‘ldi. Uning asosida hech qanday nuqson qolmadi. Ko‘ngildan ta’rixini so‘rasam, dediki “Ikkinchi Masjid ul-aqso”dir.) Bizgacha etib kelgan ta’rixlarning ko‘pi Navoiy vafotiga bag‘ishlab yozilgan she’rlardir. Xondamir “Makorim ul-axloq” asarida Navoiy vafotida deyarli barcha Hirot fozillari ta’rix bag‘ishlaganlarini aytadi. So‘z uzayib ketmasligi uchun misol tariqasida to‘rt ta’rixni keltirib o‘tadi. 1. Faxriddin Muhammad Nizomiy: On qutbi zamona chun biraft az olam Ta’rix shud onki, “qutbi aqtob biraft” (Ul zamona qutbi olamdan o‘tganda, uning ta’rixi “qutblarning qutbi ketdi” bo‘ldi ) 2. Kamoliddin Sulton Husayn : On mag‘firatpanohki raft az fazoi xok Fi ravzati muqaddasi toba holuhu, CHun yoft in kamol zi xayrot dar hayot, Tarixi favt gasht “xayrun kamoluhu”. (Ul ma’rifatpanoh ruhi tuproqdan ko‘tarilgach, muqaddas jannatda ahvoli yaxshilandi. Hayotda kamolotni yaxshi ishlar orqali qo‘lga kiritgani uchun vafoti ta’rixi “Xayrun kamoluhu” bo‘ldi ) 3. Mavlono Sohibdoro: Afsus zi miri osmonqadr, K-aftod niholi umrash az bex. Dar motami o‘ chu diyda xun mirext “Xunrezii dida” gasht ta’rix. (Afsuski, osmonchalik qadrga ega Amirning umr niholi ildizidan qo‘parildi. Uning motamida ko‘z qon to‘kkani uchun ta’rixi “Xunrezii diyda” bo‘ldi.) 4. Mavlono Darvesh Ali: Dar motami on qidvai arbobi vusul, Abnoyi zamon, shohu gado gashta malul. Hijrat ba rasul kard on sayyidi qavm, Tarixi vafoti o‘st “hijrat ba rasul”199. ( Ul haqqa etishganlarning ulug‘i motamida barcha zamondoshlar, shohu gado g‘amgin bo‘ldi. Ul qavmning ulug‘i Rasul yoniga ketdi. Vafotiga ta’rix “Rasul yoniga hijrat “bo‘ldi.) Download 117 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling