2-mavzu. Issiqlik elektr stansiyalari Reja
Download 16.23 Kb.
|
2 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
2-mavzu. Issiqlik elektr stansiyalari Reja Issiqlik elektr stansiyasini vazifasi. Renkin sikli. Renkin sikli bo‘yicha ishlovchi IESning prinsipial texnologik sxemasi. Kondensatsion issiqlik elektr stansiyasining (KES) larni prinsipial sxemasi. KESlarda texnologik jarayon. KES issiqlik balansi. Issiklik elektr stansiyalari (IES) — qattiq, suyuq va gaz holatdagi organik yoqilgʻilarning issiklik energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan qurilmalar majmui. Asosiy energetik agregatlar qatoriga suv yuradigan quvurlar (trubalar) batareyasidan iborat kozon tizimi, bugʻ turbina (bugʻ dvigatel) lari va turbogeneratorlar kiradi. Qozon tizimiga yuborilgan suv yuqori bosimli bugʻga aylap girilib turbina parraklariga beriladi. Natijada turbina bilan mexanik bogʻlangan generator tegishli tezlikda aylantirilib, mexanik energiya elektromagnit induksiya qonuniga binoan generatorda elektr energiyasiga aylanadi. IES da ishla-tiladigan yoqilgʻi issiklik energiya-sining faqat 30% gina foydali elektr energiyasiga aylantiriladi, yaʼni IES ning foydali ish koeffitsiyenti (f.i.k.) ti=30% gateng) F. i. k. (t|) qiymatini oshirish maqsadida qozondagi bugʻ bosimi iloji boricha yuqori qilinadi va turbina parraklaridan oʻtib, ish bajarib boʻlgan bugʻning hammasi sovitkichlar vositasida sovitilib, qayta suvga aylantiriladi (kondensatlanadi) va qozon tizimiga yuboriladi. Bunday IES ni kondensatsiyey elektr stansiyalari (KES) deyiladi va ularda f. i. k. qiymati h=30—35% gacha koʻtariladi hamda suv berk tizimda aylanishi sababli kuvurlar batareyalaridan iborat qozonni taʼmirlash ishlari keskin qisqaradi. IES lar, odatda, qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi arzon yoqilgʻi koni yaqinida quriladi. St-ya generatorlaridan olingan elektr energiyasining asosiy qismi bir necha yuz km masofadagi isteʼmolchilarga kuchaytiruvchi transformator va yuqori voltli elektr uzatish li-niyalari vositasida yetkaziladi, qolgan qismi esa stansiyaning oʻz generator kuchlanishida yoki pasaytiruvchi transformator orqali beriladi (yana q. Issshushk elektr markazi). Elektr energiyasi bilan taʼminlash koʻlamiga qarab, I. e. s. tuman, sanoat korxonalari, qishloq, shahar miqyosida, kommunal xoʻjalikda, t. y. transportida foydalaniladigan xillarga boʻlinadi. I. e. s. yaxlit elektr tizilmalarga birlashtirilib yoki alohida ishlatilishi mumkin. I. e. s. 19-asr 80-y. larida kurila bosh-lagan. Birinchi I. e. s. Nyu-Yorkda qurilgan (1882). Rossiyada dastlabki I. e. s. ni muhandis M. K. Polivanov Mos-kvada kurgan (1906). Oʻzbekistonda dastlabki I. e. s. 20-asr boshlarida kurilgan (qarang Issiklik energetikasi). Oʻzbekistonda 10 ta I. e. s. ishlab turibdi (2002). Respublikadagi eng yirik I. e. s. — Sirdaryo GRES (3000 MVt), Yangi Angren GRES (1800 MVt), Toshkent GRES (1860 MVt), Navoiy GRES (1250 MVt), Angren GRES (484 MVt), Taxiatosh GRES (430 MVt), Talimarjon GRES (loyiha quvvati 3200 MVt) (Nuristan). I. e. s. avtomatlashtirilgan korxona. Qozon agregatlarida yoqilgʻi yonish jarayonlari, qozonni suv bilan taʼminlash, tok kuchlanishi va chastotasini rostlash toʻla avtomatlashtirilgan. I. e. s. agregatlari markaziy boshqarish pultidan boshqariladi. Atom elektr stansiyasi, geotermik elektr stansiyalar, gelioenergetika elektr stansiyalari ham I. e. s. hisoblanadi. Inson faoliyatini ta’minlash uchun energiya kerak. Bu energiya yoqilg‘i yoqilishi natijasida, shuningdek, shamol, suv, quyosh energiyasi va atomdan olinadi. Quyosh energiyasi, suv va shamol noan’anaviy energiya manbalariga kiradi. Quyosh energiyasi issiqlik energiyasiga, shamol energiyasi shamol qurilmalarida mexanik energiyaga, keyin elektr energiyaga, daryo va dengiz quyilishlarida esa energiya awal IESda mexanik energiyaga, so‘ngra elektr energiyaga aylanadi. Bu noan’anaviy energiya manbalarini qo'llash aholi uchun sarflanadigan yoqilg'i resurslarini 50% gacha kam aytirish imkoniyatlarini beradi va shu asosda atrof-muhit musaffoligini saqlash muammolarini yengillashtirishga yordam beradi. Organik yoqilg'ilarning energiyasi IES (issiqlik elektr stansiyalari)da awal issiqlik energiyasiga, so‘ngra mexanik energiyaga va elektr energiyaga aylanadi. Hozirgi vaqtda dunyo b o ‘yicha tabiiy gaz zahirasi 175 mlr.t.sh.yo., (shartli yoqilgM) neft zahirasi 90 mlr.t.sh.yo. va ko‘mir zahirasi 10000 mlr.t.sh.yo. ni tashkil etadi. O'zbekistonda umumiy organik yoqilg'i zahiralari 2,2-5,1 mlr.t.n.e., jumladan neft 82-245 mln.t.n.e., tabiiy gaz 1476-1979 mln.t.n.e. va ko‘mir 639-2851 mln.t.n.e. ga teng deb baholanadi. O'zbekiston Respublikasida asosiy birlamchi energiya tabiiy gaz hisoblanadi va u energiya ishlab chiqarish umumiy hajmining 85% ni tashkil etadi. Neft va gazli kondensatning ulushi 13% ga va boshqa qismi IES va ko‘mirda olinadigan elektr energiyaga to lgbri keladi. Asosiy tarkibiy qismi uglerodli birikmalardan iborat bo ‘lgan yonuvchi moddalarga yoqilg‘i deyiladi. Uning yonishi natijasida ko‘p miqdorda issiqlik ajralib chiqqanligi sababali sanoatda xom ashyo sifatida ishlatiladi.. Yoqilg‘ilar agregat holatiga ko'ra 3 xil bo‘ladi: 1) qattiq yoqilg‘i (ko‘mir, torf, o ‘tin, antratsit, yonuvchi slanetslar va boshqalar); 2) suyuq yoqilg‘i (neft va uning mahsulotlari); 3) gazsimon yoqilg‘i (tabiiy gaz va sun’iy gaz). Yoqilg‘ining asosiy ifodalovchilariga yonish issiqligi, uchuvchi moddalarning ajralishi va koks xususiyatlari kiradi. Nazorat savollari Yoqilg'i deb nimaga aytiladi? Yoqilg‘ining tarkibini ayting? Yonish issiqligi deb nimaga aytiladi? Shartli yoqilg‘i nima uchun kiritiladi? Havoning ortikchalik koeffitsienti nima ? Download 16.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling