2-mavzu. Jag‘li va konusli maydalagichlar reja
Jag‘li maydalagichni hisoblash asoslari. Jag‘li maydalagichning qamrash burchagini aniqlash
Download 1.72 Mb.
|
Jag‘li maydalagichni hisoblash asoslari. Jag‘li maydalagichning qamrash burchagini aniqlash
Materiallarni jag‘li maydalagichda imkon boricha maydalash, qachonki jag‘lar orasida burchak muayyan kattalikdan oshib ketmaganda mumkin bo‘ladi. Burchak kattaligi shu chegaradan o‘tib ketganda, maydalanadigan materialni ishg‘ol qilib bo‘lmaydi va u yuqoriga qarab itarib yuboradi. Boshqa tomondan, shubhasiz kichik qiymatdagi burchakda materialning maydalanish darajasi juda kichik bo‘ladi. Bu esa ish unumdorligini kamayishiga olib keladi. Jag‘lar orasidagi burchak kattaligi nolga teng bo‘lganda maydalanish darajasi birga teng bo‘ladi, ya’ni maydalanish bo‘lmaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, jag‘lar orasidagi burchak kattaligi optimal (eng qulay) bo‘lganda, maydalanish darajasi kichikroq va shubhasiz ish unumdorligi (agarki materiallar bo‘lagi dastlabki bo‘lsa) yuqori bo‘ladi. Lekin ish unumdorligini ko‘tarish, oxirgi tayyor mahsulot bo‘lagining kattaligi hisobiga amalga oshadi. Oxirgi burchak qiymatini aniqlash uchun harakatdagi jag‘li maydalagichning kuchini ko‘rib chiqamiz.
Harakatlanuvchi jag‘lar chapga harakatlanganda (1-rasm, a chizma) material bo‘lagining massasiga M, tortishish kuchiga G, material bo‘lagiga jag‘larning bosish kuchiga R, material bo‘lagining harakatdagi plitaga ishqalanish kuchiga T, jag‘larning harakatsizligi ta’sirlanishiga R1 va material bo‘lagining harakatsiz jag‘lar plitaga ishqalanish kuchiga T1 ta’sir etadi. Tortishish kuchini G e’tiborga olmaymiz, negaki boshqa kuchlar bilan taqqoslanganda u kichikdir.
bu yerda: f – jag‘larda materialning ishqalanish koeffitsienti. Ikki jag‘lar orasidagi bo‘lakning x va u o‘qlariga nisbatan muvozanat sharoitini tuzamiz:
tenglamadan R1 ni topamiz va aniqlangan qiymatni (3) tenglamaga qo‘yamiz:
Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling